2. Lizingning mazmuni, asosiy belgilari va afzalliklari
iqtisodiy-huquqiy munosabatlarning yig’indisi bo’lmish lizingning bu pul va
tovar shaklida ro’yobga chiqadigan moliyaviy, kredit munosabatlariga
asoslanuvchi munosabatlar yig’indisidir. Lizing korxonalarning asosiy kapitaliga
safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirishning noan`anaviy usuli bo’lib,
an`anaviy bank krediti evaziga mablag’ ajratish yoki bevosita investitsiyalarni
moliyalashtirish usullariga nisbatan aniq ravshan ustunliklarga ega.
Lizing munosabatlari quyidagi alohida belgilarga ega : ijara vositasida
kapitalga ega bo’lish; risksiz kapital investitsiyalarni amalga oshirish; o’zga
mulkni samarali yonlash; lizing ob`ektini sotish; mol-mulkka manfaatli tarzda
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; kam mablag’ yoki
mablag’siz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish; lizing mulkidan samarali
113
foydalanish; muayyan zamon va makonda hamda iqtisod sohiblari orasida
resurslarni taqsimlash; raqobatda manevr qilish, faoliyatning kapital sig’imini
pasaytirish; mulkdorlik va lizing mol -mulkidan foydalanuvchi huquqlarini
ajratish.
Lizing quyidagi funktsiyalarni bajaradi: moliyaviy, ishlab chiqarish, ishlab
chiqarish, sitosh, ta`minlash, innovatsiya, investitsiyalash, tadbirkorlik, imtiyoz
yaratish, ijaraga berish va olish, safarbar qilishlik, sug’urtaviy, takror ishlab
chiqarish va boshqalar.O’zbekiston qonunlariga binoan, tadbirkorlik faoliyati
uchun foydalaniladigan, iste`mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu
jumladan, korxonalar, mulk majmualari, binolar, inshootlar, texnikalar, transport
vositalari, ko’char va ko’chmas mulk lizing ob`ektlari bo’lishi mumkin.
Lizingning bir qator afzalliklari mavjud, ularga tezkor lizingning soddaligi va
qulayligi; lizing shartnomasini bekor qilish va lizing mol-mulki barvaqt ma`naviy
eskirish riskini o’tkazish mumkinligi; lizing mol-mulkiga mustaqil xizmat
ko’rsatish imkoniyatini olish; qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirishga
nisbatan chiqimlarning birmuncha pastroq darajasi; lizing ishtirokchilariga soliq
imtiyozlaridan foydalanish.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish vositasi bo’lmish lizing raqobat
natijasida paydo bo’lgan va uning muayyan afzalliklari bo’lgan. Tadbirkorlik faoliyati
uchun investitsiya resurslarini qidirib topish yoki mulkni qo’lga kiritish, unga egalik
qilish hamda undan foydalanish huquqini olishning boshqa usullariga misbatan
lizingning u yoki bu afzalliklari turli huquqiy va iqtisodiy makonlarda turlicha
namoyon bo’ladi. YA`ni lizing mol-mulkidan tadbirkorlik maqsadlarida
foydalanish imkoniyatini olish vositasi sifatida lizingdan ko’riladigan manfaatlar yoki
zararlar, uning afzalliklari yoki kamchiliklari iqgisodiy, shu jumladan, huquqiy,
moliya-kredit munosabatlarining darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro lizing bitimlari
tuzilganida bu bitimlarning kuch-quvvati xalqaro iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning
rivojlanish darajasi bilan, lizing munosabatlarida qatnashuvchi tegishli
mamlakatlarning qonunchiligi bilan belgilanadi. Lizing bitimlari tuzilmog’i uchun
tadbirkor tomonidan mol-mulkni qo’lga kiritish yoki unga egalik qilish va undan
114
foydalanish
huquqini
olish
variantlarini
taqqoslash
yo’li
bilan,
investitsiyalashga oid tegishli qarorlar qabul qilinadi, ko’char yoki ko’chmas mulkni
sotishga oid mustaqil qarorlar ham uning mulkdori (ishlab chiqaruvchisi,
sotuvchisi, ijaraga beruvchisi) tomonidan qabul qilinadi. Moliyaviy kapital egasi
ham, o’z navbatida, resurslarni qo’yish va diversifikatsiya qilish xususida o’z
qarorlarini qabul qiladi. Ayni vaqtda, har bir tomon o’z qarorlarini chamalab
ko’radi, o’zaro manfaatlar mos kelgan takdirdagina va kelgusida manfaat
ko’rishiga ko’zi etgan holatda lizing bitimini tuzishga qaror qiladi. Xullas, lizing
ko’char va ko’chmas mulkni qo’lga kiritish, unga egalik qilish va undan
foydalanish huquqini olishdagi an`anaviy usullarga nisbatan muqobil yoki asosiy
kapitalga resurslarni moliyalashning muqobili ekanligi ravshan bo’ladi.
Keyingi vaqtlarda xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda lizing biznesning alohida turi deb
talqin qilinmoqda. Ba`zi mualliflar lizing biznesi to’g’risida mulohaza yuritib Rim
huquqining mulkning mulkdori va foydalanuvchisi tushunchalarini bir-biridan
farqlash to’g’risidagi klassik tamoyillarga ishora qiladilar. Lizing munosabatlari mol-
mulkning qismlarini ikki eng muhim vakolatga bo’lish imkoniyatiga asoslanadi.
Ularning birinchisi mol-mulkdan foydalanish, ya`ni undan daromad yoki boshqa
manfaat olish maqsadida foydalanish bo’lsa, ikkinchisi shaxsning mulkchilik
ob`ekti ustidan huquqiy hukmronligi tarzidagi mulkchilik huquqinining o’zidir.
Lizingni rivojlantirish va undan foydalanishning ko’p asrlik tajribasiga ko’ra,
boylik pirovard natijada bevosita mulkka egalik qilishdan iborat emas, balki shu
mol-mulkdan samarali foydalanishdan iboratdir.
Ba`zi tarjima nashrlarida lizing ijarani moliyalashtirish deb hisoblanadi
va lizing usulida moliyalashtirish bankning texnika yoki mashinalarni sotib olib,
ularni o’z mijozlariga ijaraga berishini nazarda tutadi deb, ta`kidlanadi. Haqiqatda esa
bank mulkchilik huquqini sotib olmaydi, balki moliyalashtiradi, to’g’rirog’i ijarachining
ijara munosabatlari vositasida va lizing shartnomalarida ko’rsatilgan muddatlarda mol-
mulkni qo’lga kiritish niyatida bo’lg’usi huquqini moliyalashtiradi. Bunga qo’shimcha
ravishda shuni ham ta`kidlash kerakki, lizing texnologiyalar va texnikalar sotib
olish uchun kredit berishning bir shaklidir.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |