4
Kirish
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi iqtisodiy o’sishining bir
qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo etadi. Bu
sohada ro’y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan
izohlanadi.
Mamlakatning
iqtisodiy
o’sishini
qo’llab-quvvatlash
va
jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari o’ynashi kerak.
Faqat investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash hamda shu
asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash evaziga
maxsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Biroq bu hozirgi yuksak
darajada integratsiyalashgan xo’jalik sharoitida davlatning muvofiqlashtiruvchi
roli ob`ektiv ravishda ancha salmoqli bo’lib qolmoqda. SHu munosabat bilan
investitsiya sohasiga davlatning faol aralashuviga yaqin yillar mobaynidagi
makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaramoq darkor.
Bu esa strategik maqsad - iqtisodiy o’sishni ta`minlash uchun amalga
oshirilmog’i, bu raqobatbardoshlik va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi
mezonlariga javob berishi lozim. Strategik maqsadga erishish makroiqtisodiy
rejalashtirish asosida ta`minlanishi mumkinki, investitsiya jarayonlarini davlat
yo’li bilan makroboshqarib turish bunday rejalab turishning eng muhim
bo’g’inlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Bozor munosabatlariga o’tishning O’zbekiston tomonidan tanlab olingan
yo’li o’ziga xos alohida xususiyatlarga ega bo’lib, bunda hal qiluvchi rolni davlat
o’ynaydi. Bunday o’ziga xoslik mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan
ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlarni o’tkazishning beshta tamoyilida aks
etgandir. Mana shu tamoyillardan birida ta`kidlanishicha, ―... murakkab o’tish
davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi zarur. Davlat butun xalqning
manfaatdorligini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi iqtisodiy
taraqqiyotning etakchi yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va
suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga
oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro’yobga chiqarishi kerak‖.
5
Mamlakat xalq xo’jaligi rivojlanishining hozirgi bosqichi iqtisodiy o’sish
yo’liga o’tib olish bilan izohlanadi. Bunday o’sish alohida investitsiya siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadiki, u taraqqiy etgan mamlakatlar
tajribasiga, investitsiya resurslari va chet el investitsiyalarini jalb qilish sifatida
mablag’lardan foydalanishning mavjud imkoniyatlariga tayanishi lozim bo’ladi.
CHet el investitsiyalarini jalb etmay turib, hozirgi zamon talablariga javob
beradigan ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta`minlash mumkin emas.
I.A. Karimov ta`kidlashicha, "Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa,
etakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash,
korxonalarimizni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli
mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas". Investitsiya faoliyatidagi
burilishlarni ta`kidlangan vazifalarni echish; investitsiyalashning davlat
mexanizmini erkinlashtirib borish va bozor mexanizmlari qo’llaniladigan
sohalarni
kengaytirish;
investitsiyalashni
o’z jamg’armalari hisobidan
ta`minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish; loyihaviy,
korporativ moliyalashtirish, sinditsiyalashtirilgan kreditlash, lizing kabi yangi
usullardan foydalanish sohalarini kengaytirish talab qilinadi. Investitsion
qarorlarni qabul qilish va samaradorligini baholashda, ayniqsa moliyalashda
xorijiy manbalarning kengayib borishi munosabati bilan, tashqaridan jalb
etiladigan manbalarning narx va qiymatlarini hisobga olish zarurati paydo
bo’ladi.
Mazkur ma`ruzlar matnida investitsiyalarning mazmuni, mohiyati, baholash
usullari, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, investitsiya qarorlarini qabul qilish
va ularni moliyalashtirishning muqobil usullari, ivestitsiyalarni boshqarish tahlil
etilgan. Investitsiyalash kapitalining manbalari ishonchliligi, ularni bog’lash
ob`ektlari, investitsiyalash maqsadlari va ularga erishish usullari hamda kapital
qiymatini saqlash, uni ko’paytirish risklari o’rtasidagi ichki mavjud aloqalar
aniqlangan va o’zaro bog’lanish chizmalari ishlab chiqilgan. Investitsiyalarni
moliyalashtirish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar mazmuni ochib berilgan.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |