Krzysztof Warlikowski - Polshalik rejissor
Teatrning haqiqiy ustalari ko’pincha sahnadan yiroqdir. Shunday ekan an’anani davom ettirib, odatiy so’zlarni takrorlagan bir sistemadangina iborat bo’lgan teatr bilan hech qanday aloqasi yo’qdir. Ular hayot zavqlari bilan band. Zallarda qamalib qolgan harakatlar, taqlidiy hayotlar va zamonaviy tendentsiyalarning etagiga yopishib olganlar. Bizning fikrimizcha tomoshabinning e’tiborini jalb etgan va haligacha suv yuzasiga chiqmagan his-tuyg’ularimizga ta’sir qilgan dunyoni yaratish o’rniga mavjud bo’lganlarni ko’chirmoqdamiz. Aslida, teatrdan boshqa hech narsa, ichimizga berkinib olgan ehtiroslarimizni tashqariga chiqara olmaydi.
Bunday holatlarda mening rahbarim adabiyotdir. Kunduzim tunimga ulanadi. O’zimcha o’tirib 100 yil avval, madaniyatimizni, oydinlatilishi kerak bo’lgan bir qorong’ulikga mahkum qilgan bir davrni, yani Yevropa tangrilarining cho’kishini astagina his qildirgan yozuvchilarni oylayabman. Esimda qolganlar Franz Kafka, Thomas Mann va Marcel Proust.. Bugungi kundagi adabiyotchilardan John Maxwell Coetzeeni ham ushbu bashorat qiluvchilar orasiga qo’sha olamiz.
Atalgan yozuvchilarning bir inson munosabatlari o’rnagi olaroq dunyoning qochib qutilmaz oxiriga, ijtimoiy sinf va isyonlarga qarshi aqlli qadamlari, bugun bu yerda hammamiz uchun rahbardek. Qo’l urilgan dahshatli jinoyatlarga, tayyor kutib turgan media ham yetisholmagan, kundan kunga yangi joylarga chayqalib tarqagan to’qnashuvlarga qaramay kim o’zini tutib olsa oshagina tirik qo’ladi. Bir olov yonganidan keyin hamon ochib qolishi mumkin va hech qaysi gazeta, jurnallarda takror o’rin olmasdan tarixga aylanishi mumkin. Biz takror o’zimizni chorasiz, qo’rqoq va qopqonga tushgandek his qilishimiz mumkin. Bugungi kunda fil suyagi kabi minoralar insho etolmayabmiz; qat’iylik bilan urgan devorlarimiz esa bizni qo’riqlashdan ojiz! Aksincha ximoyamizga muqtoj va energiyamizning ko’pchilik qismini o’g’irlab o’zlarini ximoya qilmoqdalar. Devorlarning, darvozalarning ortida nimalar bor? Moralab qarashga toqatimiz qolmadi. Sizningcha teatr nima uchun haligacha mavjud. Borligining kuchini kimdan olmoqda? Albatta xavfli suvlarda suzish uchun!
Kafka Prometey afsonasi haqida so’z qilar ekan “Mif tushunarsiz bo’lgan narsalarni kuzatib boradi. Haqiqat ko’rsatilganidan ham sirli holda yakunlanishi kerak” deydi. Teatrni ham huddi mana shundek tarif etishimiz mumkindek. Barcha teatr san’ati xodimlariga, aktyorlarga va tomoshabinlarga tog’rini ko’rsatgan va izoh etilmaydigan darajada yakunlangan teatr asari bolishi mumkin emasmi? Buni chin dilimdan tilayman.
Teatr degani hayotni kuzguga tutish deganidir. Yozuvchining aqlida albatta qahramon duch keladigan to’siqlar mavjuddir. Qahramon to’siqlarga duch kelganida tanlovlari, yechimlari uchun har doim ko’chadagi inson harakatlaridan ta’sirlangan akslar bordir. Buni qay darajada muvaffaqiyatli shaklda yozsa teatrga shunchalik ijobiy ta’sir qiladi. Rejissyor va teatr aktyorlari qo’lidagi asarni qanchalik muvaffaqiyatli ijro etsa tomoshabinga cheksiz hayajon bahsh etgan boladi. Yorug’lik, ovoz efektlari va musiqaning aktyor va rejissyor qo’lida baholanishi tomosahbin jihatidan nur ustiga nur bo’ladi.
Yil davomida dunyoning to’rt burchagida Shakespeare yonida yashagan davrdan buyon asarlari eng ko’p tilga tarjima qilingan dramaturgdir. Teatr deganimizda ilk aqlimizga kelgan nomlardandir. Asarlari, mamlakatimizda bir necha bor sahnaga olib chiqilganligiga qaramay yangilari tetar tomoshabinlari tomonidan qiziqish bilan tomosha qilinmoqda. Romeo Julettodan, Othellosidan Kral Learidan bugungi kun uchun judayam ko’p ma’lumot olishimiz mumkin.
27-martni Xalqaro teatr kuni sifatida nishonlamoqdalar. Bugun ularning hursandchiligiga biz ham qo’shilib, ularni nafaqat bugun har doim yaxshi ko’rishimizni baralla aytmoqchimiz.
Xalqaro teatr kuningiz qutlug’ bo’lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |