Mavzu: 2-sinfda matematikadan integratsiyalashgan darslar kirish I bob. Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan darslardan foydalanishning nazariy asoslari


-sinf matematikadan integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bo’yicha namunali dars



Download 0,73 Mb.
bet5/6
Sana04.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#634801
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-SINFDA MATEMATIKADAN INTEGRALLASHGAN DARSLAR (2)

2.2. 2-sinf matematikadan integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bo’yicha namunali dars
2-sinf
Fan: Matematika

Mavzu

5 ni ko’paytirish va 5 ga bo’lish jadvali.

Maqsad va vazifalar

O’tilgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.
O’quvchilarga 5 ni ko’paytirsh va 5 ga bo’lish jadvaliga doir misol va masalalarni yechishni o’rgatish. O’quvchilarning DTS talablari bo’yicha bilim ko’nikma va malakalarini tekshirish. Iqtisodiy bilim berish, kompyuter savodhonligini oshirish.

O'quv jarayommng mazmuni.

O’quvchilarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirib borish. Matematika fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish. Jonli tabiatni sevishga ularga g’amxo’r bo’lishga o’rgatish. Tejamkor va tadbirkor bo’lishga o’rgatib borish.
O’quvchilarni bilimli zukko bo’lishga undash, erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: "Klaster"metodi, og'zaki bayon qilish, “aqliy hujum” metodi, o’z o’zini baholash, tushuntirish, erkin fikrlash.
Shakl: Guruhlarda ishlash, kichik sahna ko’rinishi.
Vosita: 2-sinf matematika darsligi, kompyuter, proyektor, slayd magnitli xat taxta, mavzuga oid ko’rgazmalar, issiqxona maketi, sport lotto o’yini uchun raqamli qopcha.
Usul: multmediya asosidagi interfaol metod, “Sirli alifbo” o’yini, tezkor savollar, “sport lotto” o’yini.
Nazorat: Og'zaki nazorat , savol-javob, o'z-o'zini nazorat qilish, yozma ko'zatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi:
O'quvchilarning fanga qiziqishini, faolligini oshiradi, sinfda, jamoada do'stona muhitni shakllantiradi.Past o'zlashtiruvchilarning fikrlash qobiliyatini o'stiradi, misol va masalalarni mustaqil bajarish ko’nikmalarini oshiradi. Nutq boyligini oshiradi. O'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi. Ko’paytirish jadvali orqali o’quvchilar bilan turli xil o’yinlar o’tkaziladi. Barcha o'quvchilarni dars davomida baholaydi.
O'quvchi:
Matematika fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta oladi tejamkor va tadbirkor bo’lishni o’rganadi. Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo'lib ishlashni o'rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslash qobiliyati kuchayadi. O'z ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotlarga ega bo'ladi. Boshqa fanlar bilan bog'lanadi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi:
Yangi pedagogik texnologilarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish va takomillashtirish. O'z ustida ishlash.Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog'lash. Pedagogik mahoratini oshrish.
O'quvchi:
O’quvchilarni kasblarga bo’lgan qiziqishlari ortadi. O'z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.
Keyingi darslarga fikr berish ko'nikmalari hosil bo'lishi.

Darsning rejasi

Tashkiliy qism

2 daqiqa

O’tilgan mavzuni so’rash

10 daqiqa

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

Yangi mavzuni mustahkamlash

20 daqiqa

Rag’batlantirish

1,5 daqiqa

Uyga vazifa

1,5 daqiqa

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
O’qituvchi:
Salom aziz bolalarim
Gulu rayhon lolalarim. Qani tinglang so’zlarim, Jajji o’g’il qizlarim.
Bugun oddiy dars emas, Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan, Bu hammadan yaxshidir.

  • Bolajonlar hozirgi darsimiz nomi?

  • Matematika

  • Shiorimiz

Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh.
O’qituvchi:

  • Matematika fani bizga nimalarni o’rgatadi?

O’quvchi:
Barcha fanlar ichida
Xush ko’rgan fanim mani.
Ongni charxlar kishida,
Matematika fani
O’nta sondan poyi bor, Fanlar ichra joyi bor. Har ishda chiroyi bor, Matematika fani.
Binolarni qurishda,
Go’zallikni ko’rishda. Hissasi bor har ishda, Matematika fani.
O’quvchilar berilgan savollarga javob beradilar.
Navbatchi hisobot topshiradi. Davomat aniqlanadi. Sana aytiladi.
O’qituvchi: Bolajonlar 2014 y il qanday yil deb nomlandi?
O’quvchi: 2014-yil “Sog’lom bola yili” deb nomlandi.
2014-year - heal Hgy child.
2014-год - год здорового ребёнка.
O’qituvchi: Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov 2014 yilni “Sog’lom bola” yili deb e’lon qildilar. Bu yutboshimizning siz nabiralarga bo’lgan cheksiz muhabbat va e’tiborlaridan dalolatdir.
- Xo’sh bunday muhabbat va e’tiborga bizning javobimiz qanday bo’lmog’i lozim.
O’quvchi: Biz o’quvchilar ma’nan sog’lom, jismonan baqquvat bo’lib kamolga yetmog’imiz kerak. Buning uchun biz sport to’garakklariga qatnashishimiz zarur. Zero aytishadi-ku “Sog’ tanda - sog’lom aql”. Biz yurtboshimiz ishonchlarini oqlashga va’da beramiz.
O’qituvchi: Bolajonlar, bahor faslida sayohatga chiqishni yoqtirsangiz kerak? Bugungi darsimizda sehrli o’rmonchada sayohat qilamiz. Sayohat davomida kitobimizdagi misol va masalalarni quyidagi shartlar orqali bajaramiz.
Sehrli o’rmoncha shartlari:

  1. Tezkor savollar.

  2. “Aql charxi” o’yini.

  3. “Sirli alifbo” o’yini.

  4. “Sport lotto” o’yini.

  5. Sardorlar bahsi.

  • Bu shartlarni bajarib borishda darsimizning oltin qoidalariga amal qilishimiz zarur.



  • Endi

bu shartlarimizni bajarishimiz uchun guruhlarga bo’linib olamiz.
1-guruh. Topqirlar.
2-guruh. Zukkolar.
3-guruh. Bilimdonlar
4-gururh. Ziyraklar
Har bir guruhga sardor tayinlanadi. Shartlarni baholab borish uchun qizil, yashil, sariq koptokchalardan foydalaniladi.
5 baho 4 baho 3 baho
II O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’qituvchi: Biz o’tgan darsda qanday mavzu bilan tanishganmiz?
O’quvchi: 5 ni ko’paytirish va 5 ni bo’lishga doir misol va masalalar yechganmiz. Uyga vazifa qilib 6-7 misol va masalalar berilgan.
O’quvchilar uyga berilgan vazifani navbat bilan o’qib tekshirib oladilar. Uyga vazifa daftarlari yig’ib olinadi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tezkor savollar o’tkaziladi.
Har bir o’quvchi tezkor savollarga javob beradilar. Uning natijasi esa o’z o’zini baholash usuli orqali aniqlanadi.
Yangi mavzu slayd orqali va darslikning 181 betida berilgan 1 va 2 misollarni yechish orqali tushuntiriladi. Ekranda 5 ni ko’paytirish va 5 ga bo’lish jadvali ko’rsatiladi va o’quvchilarga ko’rgazmali qurollar orqali tushuntirib beriladi.

2-shart. Aql charxi o’yini.
2-misol.

Har bir guruhdan 1 tadan o’quvchi chiqib tengsizliklarni bajaradilar. Bu tengsizliklar magnit taxtasida bajariladi.
2-shart. Sirli alifbo o’yini.
Bu o’yinda alifbo ekranda ko’rsatiladi. Alifbodagi harflarga tartib bilan raqam yozilgan. Har bir guruhga 1 tadan krossvord beriladi. Ular krossvorddagi raqamlar o’rniga mos kaladigan alifbodagi harflarni yozib chiqadilar.

3-masala. Masala shartini o’quvchi o’qiydi.

Masalaning qisqa sharti:

Dam olish daqiqasi.
4-shart. “Sport lotto” o’yini. Darslikdagi 4-misol “Sport lotto” oyini orqali barajariladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5-masala: Do’konga har birida 10 kg dan 5 yashik shaftoli keltirildi. Tushgacha 40 kg shaftoli sotildi.
Sotiladigan yana necha kg shaftoli qoldi?
Salaydda masala sharti ko’rsatiladi.
Bu masala sahnalashtirilgan qo’g’irchoq teatri orqali mavzu yanada mukammal tushuntiriladi.
Bir bog’bon daraxt soyasida nimalarnidir hisoblab o’tiribdi. Shu chog’ uning oldidan Bilag’on va Bilmasvoy o’tib qolishdi. Ular bog’bondan nimani hisob kitob qilayotganini so’raydilar.

  • Men bog’bonman, bolalarim. Kuni kecha do’konga 10 kg dan 5 yashik shaftoli jo’natdim. Do’kon egasi tushgacha 40 kg shaftoli sotilganini aytdi. “Yana jo’nating” – deydi. O’zi do’konda necha kg shaftoli qolgan ekan-a? Shuni hisoblab o’tiribman.

Bilmasvoy – shu ham muammo bo’ldimi? Do’konda 8 kg shaftoli qolgan.
Bilag’on – yo’q, 10kg shaftoli qolgan.
Bog’bon – hoy bolalarim, meni battar qiyin ahvolga solib qo’ydingiz – ku? Qaysi biringiz ni javobingiz to’g’ri?

  • Qani o’quvchilar, Bilag’onning javobi to’g’rimi yoki Bilmasvoying javobi to’g’rimi? Sizlar a ytinglar – chi? Bir o’quvchi chiqib masalani tushuntirib, yechimizni topib beradi.

O’quvchi: Bilag’onning javobi to’g’ri.
Bog’bon: - Barakalla, o’g’lim. Rahmat senga Bilag’on, sen to’g’ri topibsan.

  • Bilmasvoy, sen esa ustozlar o’gitiga quloq solib ko’proq dars tayyorla, xo’pmi?

Bilmasvoy: (Uyalib) - Xo’p, bobojon.
O’quvchilar masalani qisqa shartini va yechimizni daftarga yozadilar.
Masalaning qisqa sharti.
Keltirildi – 10 kg dan 5 yashik shaftoli.
Sotildi – 40 kg shaftoli.
Qoldi - ? kg
Yechish:1) 10 • 5 = 50
2) 50 – 40 = 10
Javob: Sotiladigan yana 10kg shaftoli qolgan.
O’qituvchi o’quvchilarni baholab boradi.
5-shart. Sardorlar bahsi.
O’quvchilar ingliz tilida 1 dan 10 gacha va 10 dan 1 sonigacha chapga sanaydilar.
“Olg’a qadam o’yini”.
Bu oyinda guruh sardorlari qatnashadi. O’qituvchi 1 dan 9 gacha bo’lgan raqamlarni ingliz tilida aytadi. Har bir guruh sardoriga 5 tadan raqam qo’yiladi. Har bir raqam aytilganda o’quvchilar shu raqamlar ustiga qadam qo’yadilar. Noto’g’ri qadam bosgan guruh sardori o’yinni tark etadi. V. Dars yakuni.
O’qituvchi: - Bugun biz nimalarni o’rgandik? Guruhda ishlash sizga yoqdimi? Jadvalni yod olish bizga nima uchun kerak? Guruh ishida sizga kimlar yordamlashdi?
Kabi savollar orqali o’quvchilar fikri tinglanadi.
G’olib guruh aniqlanadi. Darsda faol qatnashga o’quvchilar rag’batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
Darslikdagi 6-7 misollar uy ishi sifatida beriladi.
Misollar ishlash yo’llari tushuntiriladi.
O’quvchi:
Har bir gap-u so’zimiz, Go’yo oyna ko’zgo’miz. Aytgan harbir so’zimizda, Ko’rinamiz o’zimiz. Qanday yaxshi so’z kalom, Odob boshi Assalom.
Xush yoqadi hamma vaqt,
Rahmat xo’p xo’p marhamat.
So’ngi so’z ham alomat, Xayr, bo’ling salomat!

XULOSA
O‘quvchi shaxsini intellektual rivojlantirish, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o‘qitish, ularning ilmiy tafakkuri va aqliy salohiyatini oshirish bugungi kunning dolzarb muammosidir. O‘quv fanlariaro aloqadorlikning o‘rganilmagan qirralarini aniqlashga intilib, bir qator pedagog olimlarning ushbu muammo bo‘yicha amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari atroflicha o‘rganildi. Maqsadimiz fanlararo aloqadorlikning nazariy jihatdan tan olingan qonuniyatlariga zid kelmaydigan yondashuvlar asosida o‘rganilmagan jihatlarini tadqiq qilishdan iborat edi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qitiladigan fanlarni o‘zaro bog‘lab o‘rgatishda ta’limning amaldagi barcha qonuniyatlariga amal qilgan holda yondashildi. O‘quv predmetlari, o‘qitish va bilim olish hodisalari o‘zaro aloqador va mazmunan uyg‘un faoliyat ekanligi didaktik jihatdan asoslandi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishda o‘quv fanlariaro aloqadorlik mexanizmidan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Matematikani o‘rganish jarayonida hosil qilingan tasavvur va bilimlarni umumlashtirgan holda o‘quvchilarda ijtimoiy-gumanitar turkumdagi o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida muayyan ko‘nikma va malakalar shakllantirildi va quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, o‘quv fanlariaro aloqadorlik hodisasi murakkab va serqirra didaktik jarayondir. Fanlararo aloqadorlikning falsafiy asosi, fanlar va ilmiy tushunchalarning o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi taniqli olimlar tomonidan ochib berilgan. Ular o‘quv fanlariaro aloqadorlik qonuniyatlari metodologik-didaktik tamoyillar ichida yetakchi didaktik hodisa ekanligini

ta’kidlab o‘tganlar.

  1. Fanlararo aloqadorlik – ta’lim jarayoni va uning barcha o‘qitilish shaklida didaktik shart-sharoitlarni takomillashtiruvchi didaktik hodisadir.

  2. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda mazmunan bir-biriga yaqin o‘quv predmetlarining materiallari nihoyatda talabchanlik bilan muvofiqlashtirildi; o‘rganilayotgan materialning ilmiy va amaliy darajasini oshirishga harakat qilindi; o‘zaro aloqador bilimlar didaktik birlik sifatida yaxlitlashtirildi; o‘quvchilar ongida barqaror va tizimlashtirilgan bilimlarni singdirish yo‘llari ko‘rsatildi; umumlashtirilgan bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vositalar belgilab berildi. O‘quv fanlariaro aloqadorlik ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘quv materialining mazmuni, o‘qitish metodlari va texnik vositalar ushbu jarayonga muvofiq holda tanlandi.

Tajriba-sinov ishi davomida boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan darslar quyidagi talablarga javob berishi lozimligini aniqladik:

  • ikki yoki undan ortiq fan elementlari bog‘lanishi lozim;

  • dars to‘liq loyihalashtirilishi kerak;

  • o‘quvchilarda tabiat, jamiyat va hayotiy vaziyatlar haqidagi yaxlit tasavvurni hosil qilishga qaratilmog‘i zarur;

  • o‘quvchilar fanlararo bog‘liqlikni topishga va mustaqil hamda ijodiy mushohada yuritishga yo‘llanishi kerak.

Mazkur vazifalarga hamohang tarzda o‘quv fanlariaro aloqadorlikni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida uning metodologik-didaktik infratuzilmasini vujudga keltirish, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash lozim.

  1. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning samaradorligi asosan o‘quv predmetlari o‘qituvchilarining ijodiy izlanishlari va faoliyatlarining mazmundorligiga ham bog‘liqdir.

  2. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitish asosida quyidagi natijalarga erishish mumkin:


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish