II.2. Masalalar yechishda yozma nutqni rivojlantirish
Masalalar yechish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismidir . Masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham qilib bo’lmaydi . Matematikada masalalar yechilishi nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo’lidir.
Masalalar yechishning boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta’kidlab, dasturda shunday deyiladi : “Natural sonlar arifmetikasi va rolni o’rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi . Bu degan so’z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo’llanishi keladigan u yoki bu masalani yechish bilan bog’lanadi ”.
Arifmetik amallarning mazmunini. Amallar orasidagi bog’lanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarni ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi, yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar sodda masalalar jumlasiga kiradi. Sodda masalalar o’quvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bo’lib hizmat qiladi . Sodda masalalardan ulushlar, qator geometrik tushunchalar va algebraik elementlarini o`rganishda ham foydalaniladi.
Sodda va mantiqiy masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo`lib, odatda, o`z ichiga, ”yashirin informatsiyani” oladi. Bu informatsiyani qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarini taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o`rgatish matematika o’qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Psixalogiya kursidan ma’lumki, tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali aniqlanadi. Chunonchi, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish o’qituvchiga o’quvchilarning mumkin bo`lgan aqliy qobiliyatlari rezervlaridan foydalanish imkonini beradi . Bunday masalarning yana favqulotda muhim funksiyasi kelib chiqadi . Masalalarni yechishda predmetga bo`lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik maqsadga intilishlik rivojlanadi.
Bolalarga zamonaviy tarbiya, berishda ham matnli masalalarning o’quvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni o`z shahrining, qishlog`ining, jamoasining hayoti bilan kishilarning ishlab chiqarishi va qishloq xo`jaliklaridagi mehnatlari bilan tanishtiradilar masalalar ustida ishlanar ekan, sistemali ravishda va rejali asosda o’quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o`ylab ko`rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy mantiqiy masalasi tarkib topadi.
Masalalar yechish orqali o’quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog`i lozim.
1.Masalani tinglashni o`rganish va uni mustaqil o`qiy olish masala ustida ishlash uni mazmunini o`zlashtirishdan boshlanadi. O’quvchilar hali o`qish malakasiga ega bo`lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o’qituvchi o`qib beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o`rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o’zlashtirishi maqsadida, har bir o’quvchi masala matnini tinglabgina qolmay, balki masalani mustaqil o`qib chiqishi zarur: Buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o’qishni, so`ngra esa tovush chiqarib ifodali o`qishni taqlif qilish lozim. Masalani ifodali o`qishda sonli ma’lumotlar va masalani yechish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan elementlari tovush bilan ajratib berilishi zarur.
Masala matni o’qituvchi yoki o’quvchilar tomonidan bir-ikki marta o’qiladi, ammo bunda bolalarni masala matnini o’qishdayoq uning mazmunini tushunib
olishga asta sekin o’rgata borishi kerak. Buning uchun esa bolalar masala matnini diqqat bilan tinglashlari birinchi o’qishdan keyin uning mazmunini tushunib olishlari uchun ular oldiga masala o’qilishidan ilgari u yoki bu bilishga oid maqsadni qo’yishi kerak. O’qituvchi “diqqat bilan tinglang “degan ko’rsatmani berish bilan cheklanib qolmay, balki o’quvchilarga bilishi ahamiyatga ega bo’lgan aniq qo`shimcha topshiriq berishi kerak. Metodik adabiyotga quyidagi tartibda qiyinlashib boradigan topshiriqlar sistemasini berish tavsiya etiladi. Masalan, o’qituvchi bunday deyishi mumkun: “Masala matnini diqqat bilan tinglang va uni takrorlashga tayyor bo’ling” bu eng sodda topshiriq undan ta’limning dastlabki qadamlarida foydalanish mumkin. Shundan keyin topshiriqlar mantiqiylashtiriladi: ”Men sizlarga hozir masalani gapirib beraman deydi o’qituvchi, - sizlar esa unda nima ma’lum va nimani bilish kerakligini aytishga tayyor bo’ling “. Bu holda o’quvchilar matnni tinglash jarayonidayoq faol ishlay boshlaydilar.
M.I. Moroning fikricha , ma’lumni noma’lumdan ajratilib, matnni o’ziga xos
“saralashni” bajaradilar. 10
Murakkabroq, ammo birinchi o’quvchilarining kuchlari yetadigan topshiriq: “ masalani har biri qilganini bildirishi aytishi tayyor bo’ling “ Murakkabrog’-u, ammo favqulodda foydali topshiriqqa yana bir misol : “Masalani tinglang va uni qanday qilib qisqacha tarzda yaxshi yozish mumkinligini ayting ” . Bu holda o’quvchilar masala sharti va savolini eslab qolishgina emas, balki berilganlar bilan izlanayotgan miqdorlar orasidagi mavjud bog’lanishlarni tushinib olishlari kerak .
Masalani daslabki analiz qilish (Ma’lumni noma’lumdan ajrata olish malakasi). Ma’lumni noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ochish – bu eng muhim malakalardan biri, bunday malakaga ega bo’lmay turib masalalarni mustaqil yechishga o’rganib bo’lmaydi .
Masalan qisqa yozish malakasi. Masala matni ustida og’zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik terminlar tiliga o’tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (Rasmlar, chizmalar, sxemalar jadvallar).
Masalan, qisqa yozish malakasiga birinchi sinfdan boshlaboq katta ahamiyat beriladi. Bu ish bolalar uchun ancha qiyinchilikdir, shu sababli birinchi sinfda masalalarni qisqa yozish asosan o’qituvchi rahbarligida bajariladi, ikkinchi sinfdan boshlab bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o’rgatish masalasi qiyinlashadi.
Masala sharti mantiqiy bo’lgan holda, berilganlar orasidagi munosabatlarni tushunib olish qiyin bo’lgan hollarda, shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishda foydalanish muvofiqdir.
Shuni nazarda tutishi kerakki, barcha holllarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining ana shu hali amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatdan ham, masala shartining qisqa yozuvi o’quvchilar xotirasiga tayanch bo’lib son ma’lumotlarini tushirish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima beradigan va nimani izlash kerakligini ayyoni tushuntirish imkonini yaratadi .
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Matematik nuqtni rivojlantirishga oid ilg’or tajriba va usullarni o’rganib kurs ishni bajarish jarayonida quyidagi xulosalar olindi.
1.Matematik nutq o’quvchilarda o’z fikrini sodda, ravon, aniq, bayon qilishni tarbiyalaydi.
2.Matematik nutqni rivojlantirishda matematika darslarida boshqa fanlar bilan aloqani ayniqsa ona tili fani bilan hamkorlikda ishlash yaxshi natija beradi.
Matematik nutqni rivojlanishda matematika darsi asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Matematik nutqni rivojlantirishda turli xilda forma hamda usullardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Ular quyidagilardan iborat
-O’quvchida o’z javobini to’liq tugal ifodalash ko’nishmalarni hosil qildirish uchun undagi og’zaki hisoblash malakasini shakllantirish .
-Matematika darslarda matematik diktantlar o’tkazish.
-Mantiqiy xarakterga ega bo’lgan misol va masalalar tuzish hamda mavjud bo’lganlarni yechish.
-Matematik formulalarni so’zlar orqali ifodali aytish.
-Matematik tushunchalarni o’rgatish va uning ma’nosini ochib berish.
-Rasmlarga qarab misol va masalalar tuzish va uni yechish hamda ularni tekshirish.
-Matematikadan qiziqarli misol va masalalar yechish.
Yuqorida nomlari keltirilgan materiallar o’zining qiziqarliligi, tuzilishi bilan bolalarga yaqindir.Boshqotirmalar geometrik matematik masallar geometrik matematik masalalar o’quvchilarni shunday sharoitga soldiki o’quvchilar aylashga, fikr yuritishga majbur bo’ladilar. Dars jarayonida o’quvchilarda hosil bo’lgan ijobiy his – tuyg’ular ularga aqliy qobiliyatlarni shakllantirishga asosiy shartlardan biri bo’lib hisoblanadi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirishga qaratilgan sistemali ravishda olib borilgan ishning ijobiy natija berishi tafakkurning shakllantirishiga olib keladi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish boshqa har qanday o’quv predmetini o’qitish kabi ta’lim, tarbiya va amaliy vazifalarni hal qilishi kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirishni amalga oshrish muvaffaqiyati tarbiyachi ixtisosiga, uning kasbga oid tayyorgarchiligiga bog’liq.
O’quvchi qiyin masalani zo’r berib yechishga urinadi, lekin, qanday qilib yechishni u hali bilmaydi; o’quvchi masalaning yechimini o’zining tafakkur qilish jarayoni, natijasida topa oladi. Masalaning yechilishini allaqachon bilgan o’qituvchi o’quvchiga yordam bera boshlaydi.
Masalaning butun yechilish yo’lini o’kuvchiga maslahat berib, ishiing asosiy qismini o’quvchining o’zi bajarishi uchun matematik tafakkurini tarkib toptirish va shakllantirish mumkii. Jumladan, matematik tafakkur - voqelikni analiz va sintez qilish, uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir.
Men kurs ishi mavzusida ko’pgina bilim va malakalrga ega bo’ldim.Shuni ikkilanmay ayta olamanki, men kelajakda bundan keyingi ilmiy ishlarimda bu egallagan bilimlarim ast qotadi deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |