II bob. Undosh tovushlarni o’rgatishda o’qituvchi tomonidan amaliy ishlar ko’rinishlari
2.1. Undosh tovushlarni o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida)
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о‘rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо‘ydi. Ravonlikning asosiy kо‘rsatkichi sifatida sо‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni о‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni о‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо‘lishi kerak, xususan: ona tilini о‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо‘shilishi, о‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- о‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
-nutqni о‘qitish bolalarning tilni о‘rganish bо‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо‘lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
“ANTONIM SO‘ZLAR” O‘YINI
Bu o‘yin katta va tayyorlov guruhlarda o‘tkazilishi mumkin. O‘yin mashg‘ulot bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlanishiga samarali yordam beradi degan umiddamiz. O‘yin induvidual, guruh bilan hamo‘tkazilsa ham bo‘ladi.
O‘yin sharti qo‘yidagicha:
Tarbiyachi bolaga bir so‘zni aytadi, bola esa shu so‘zning qarama-qarshi ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, uzoq-yaqin va xokazolar.
Odatda bollar o‘yin boshida biroz qiynaladilar, aytilgan so‘zga javoban, antonim emas sinonim so‘zlar bilan javob beradilar. Ammo o‘yinning mohiyatini ushunib olganlaridan so‘ng abstrakt tushunchalarni ham osonlik bilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar. masalan:chaqqoon-yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz va xokazolar.
“AVVAL NIMA BO‘LGAN EDI”O‘YINI
Bu o‘yin shartiga ko‘ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo‘lganini aytishlari kerak. Masalan: jo‘ja-tuxum, ot – toychoq, kapalak – qurt kabilar. Bundan tashqari bitta dan ko‘p ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un – bug‘doy, uy – g‘isht – loy, stol – yog‘och – daraxt – urug‘, ko‘ylak – mato – ip – paxta – chigit tarzida o‘yin davom etaveradi. Yo`qoridagi tavsiya etilgan o‘yinlr orqali bolalarni mantiqiy fikrlash va tafakkurini rivojlantirish hamda ravon nutqga o‘rgatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |