Italiyada qishloq xo’jaligining rivojlanishi. Sanoatning monopollashuvi. G’oliblar ichida mag’lub mamlakat
Italiyada qishloq xo’jaligining rivojlanishi. Sanoatning monopollashuvi. G’oliblar ichida mag’lub mamlakat
Italiya xalq partiyasining dasturi. “Qizil ikki yillik ” va uninmg yakunlari. Fashizmning tarqalishi va Latera bitimlari. Fashist tuzumining iqtisodiy tuzilishi
Jahon iqtisodiy inqirozining Italiya iqtisodiyotiga ta’siri. Davlatni boshqarish koorparativ tizimining vujudga kelishi va iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi. Mamlakat iqtisodiyotida avtarkik tizimning vujudga kelishiva siyosiy hayotda totalitar diktaturaning o’rnatilishi. Mussolinining tashqi siyosati
Ispaniaya siyosiy hayotida armiya va katolik cherkovining roli. Siyosiy partiyalar va ularning mamlakatdagi o’rni. Harbiy diktaturaning o’rnatilishi
Ispaniyada respublikaning g’alaba qilishi va o’ng partiyalar g’alabasi. Fashistik tashkilotlarning o’sishi va Fashizmning hujumi
Birinchi jahon urushida Antanta tomonida ishtirok etgan Italiyada anchagina o'zgarishlar ro'y berdi. Harbiy buyurtmalar og'ir sanoatning rivojlanishiga, yengil sanoatning bir qadar jonlanishiga sabab bo'ldi. Italiya garchi sanoat taraqqiyoti jihatidan rivojlangan industrial davlatlar darajasiga yetmagan bo'lsada, agrar mamlakatdan industrial-agrar mamlakatga aylandi.

Italiyada mamlakat iqtisodiy hayotida muhim o'rin tutgan, sanoatni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan yirik sanoat monopoliyalari shakllandi. «Fiat», «Breda», «SNIA», «Ilva», «Terni», «Arsa» va «Montekatini» kabi iqtisodiy gigantlar Italiya sanoatining o'zagini tashkil etgan avtomobilsozlik, qora metallurgiya, konchilik va kimyo sanoatida hukmron mavqega erishdilar. Ayni paytda umumiy soni 120 mingga yetgan kichik korxonalar ham mamlakat iqtisodiy hayotida katta o'rin egallardi. Ularda 800 mingdan ortiq ishchi ishlardi.