Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Tenglamalarni grafik usulida yechish ketma-ketligini tushuntirib bering.
2. Inson yashagan kunni hisoblovchi jadval yarating.
3. Kvadrat tenglamani yeching.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
1. Sinf o‘quvchilarini “Informatika va axborot texnologiyalari”
fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini diagramma ko‘rinishida
tasvirlang.
2. Bir yillik xarajatlaringizni hisoblovchi jadval yarating.
O’IBDO’: _________________________
SamDU Amaliy matematika va informatika fakulteti 4-kurs talabasi Abduqaxarova Sarvinoz Oqdaryo tumani 29-umumta`lim maktabi 10-“A” sinfda “MS Excel yordamida ba’zi masalalarni yechish” mavzusida olib borgan mashg`uloti muhokamasining
BAYONNOMASI
Oqdaryo tumani
06.11.2020-yil
Darsga qatnashganlar: Metodist, fan o`qituvchisi, talabalar va boshqalar.
O`qituvchi: Talaba darsni tashkiliy qismdan boshladi. O`tilgan mavzuni qisqa takrorlab o`tdi va mavzuga doir savollar berdi. Bu esa o`quvchilarning o`tgan mavzudagi tushunchalarni mustahkamlashga va yangi mavzuni tushuntirish uchun yordam berdi. Yangi mavzu “MS Excel yordamida ba`zi masalalarni yechish” bo`lgani tufayli uni o`tgan mavzudagi barcha tushunchalarga bog`lab tushuntirdi. Masalalar yechib namunalar ko`rsatdi. O`quvchilarni baholash uchun ularni doskaga chiqarib savol-javob asosida baholadi. Bu darsda talaba boshqa o`quvchilarni ham nazardan chetda qoldirmadi, ularni uyga vazifa bajarganligini tekshirdi.
Talaba mavzuni tabiat bilan bog`lab tushuntirdi. Talaba yangi mavzuni butun sinf bilan birgalikda muhokama qildi, bunda o`quvchilar yangi mavzu bo`yicha fikr mulohaza aytishdi va bu mavzu o`quvchilar uchun tushunarli bo`ldi. Darsda ko`rgazmali o`quv qurollaridan foydalandi. Talaba dars oxirida mavzuga oid xulosa berdi.
Metodist: Bugun biz Abduqaxarova Sarvinozning 10-“A” sinfga “MS Excel yordamida ba`zi masalalarni yechish” mavzusida o`tgan sinov darsini muhokama qilamiz. Talaba darsni mazmunli tashkillashtira oldi, bu uning matematika fanidan yetarlicha bilim, ko`nikma va malakaga ega ekanligini bildiradi. Dastlab, u o`tilgan mavzuni tushuntirishda, o`quvchilarga an`anaviy usullardan foydalanib dars o`tdi. Dars davomida o`quvchilar ham faol ishtirok etishdi. Darsda ko`rgazmali o`quv qurollaridan foydalandi. Dars oxirida esa uyga vazifalar berib darsni yakunladi.
Amaliyotchi: Bugungi darsim “MS Excel yordamida ba`zi masalalarni yechish” mavzusida edi. Darsni tashkiliy qismdan boshladim, davomatni tekshirdim. O`quvchilarni uyga vazifalari bajarilganini va darsga nechog`lik tayyor ekanligini ko`zdan kechirdim. O`tgan mavzuga oid savollar berdim. Yangi mavzuni tushuntirishda avval, nazariy qismini yoritib berdim va keyin namunaviy misollar ko`rsatdim.
Opponent: Talaba darsga kirdi, darsni boshladi, deyarli o`quvchilarni barchasini darsga qiziqtira oldi, uyga vazifalarni vaqtida berdi va darsni yaxshi o`tdi.
Amaliyotchi o`qituvchi Abduqaxarova Sarvinozning ushbu darsi uchun ____ ball qo`yildi.
Metodist: Abduraxmonov M
O`qituvchi: Bektemirov O`
Opponent: Maqsudov J
Amaliyotchi: Abduqaxarova S
Do'stlaringiz bilan baham: |