16.3. Ishlab chiqarish resurslari talabini prognozlashtirish
Tarmoqning uzoq muddatli (perspiktiv) talabi, hajmi va ishlab chiqarish strukturasini belgilashda ular uchun kerakli bо‘lgan xom ashyo, mexnat va moliyaviy resurslarni prognoz qilish kerak.
Ushbu talab hisobining asosini tarmoq maxsulot biriligi, resurs xajmi, mexnat xajmi va jamgarma xajmi kabi kо‘rsatkichlar (koeffitsiyent) tashkil etadi. Xisobotlar natural xamda qiymat shaklida kо‘rsatiladi.
Tarmoqning xom-ashyo resurslariga talabi maxsulot ishlab chiqarilishi uchun kerakli moddiy resurslarning qiymat shaklidagi xarajatlarini о‘z ichiga oladi.
n aij x j Bj j1
Prognozlash davri ichida Lt tarmogida maxsulot birligi uchun mexnat xarajatining kamaytirilganligi xisoblanishi:
Lt=L0E
L0- maxsulotning bazaviy mexnat xajmi (sanoatdagi mexnat resurslarining о‘sish sharoitida PT ning oshib ketishi muammosi muxim axamiyat kasb eta boshlaydi)
16.1-Rasm. Mehnatga layoqatli aholi soni2 Bu holda ishchi kadrlarga bо‘lgan talab
TtqLtXt Xt- prognoz qilinayotgan maxsulotning ishlab chiqarish xajmi.
16.4. Tarmoqning prognozlashtirish tarkibi
Tarmoq haqida tо‘liq ma’lumotga ega bо‘lish uchun prognozlashtiriladigan obyektning barcha tashkil etuvchilari faoliyati haqida tо‘liq ma’lumotga ega bо‘lishi kerak, masalan, ilmiy texnik va konstruktorlik tajribalar holati; ishlab chiqarish texnik bazasining rivojlanishi; ishlab chiqarishning tashkiliy texnik darajasi; mahsulotning iste’mol darajasi va uning qondirilishi darajasi; tashkilotning xо‘jalik boshqaruvi rivojlanishi va ishlab chiqarishning ijtimoiy sharoiti va boshqalar. Prognozlashtirishning barcha turlari bir-biri bilan bog‘liq bо‘lib, ular tarmoq prognozlashtirish strukturasini shakllantiradi. Iqtisodiy prognoz obyektilariga qо‘yiladigan talab bu prognoz srukturasi va tashkil etuvchilarini tuzish. Har bir iqtisodiy prognoz о‘zida: qisqa prognoz yо‘nalishi tahlili; uning zamonaviy holati; kelajakda rivojlanish yо‘nalishi; prognozlash davrida sodir bо‘ladigan muammolar va ularning yechimlari natijalarini amaliyotga tadbiq etish; olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tajriba izlanishlar va ularni prognozlash davrida va undan tashqarisida kutilayotgan natijalar; fundamental tadqiqotlarni baholash; berilgan vaqt oralig‘ida prognoz natijalari, takliflarini kо‘rib chiqish, ushbu natijalarni ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini baholash.
Prognoz qilingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish uchun har bir prognozga quyidagilar zarurdir: berilgan davr mobaynida sodir bо‘layotgan asosiy voqealarni aniqlab, prognoz natijalariga ta’sirini aniqlash; prognoz natijalarini eng yaqin va eng uzoq amalga oshish davrini va ushbu vaqt о‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; prognoz jarayonini ishlatilish sohasini yoki umumiy sohasini prognozlatirilayotgan obyektga boshqa obyektlar tomonidan ichki va tashqi ta’sirini sifat va miqdor jihatdan aniqlash; prognoz natijalarini amalga oshirish uchun kerak bо‘ladigan xom-ashyo, energiya, mehnat va moliyaviy resurslar hajmini aniqlash; prognozlash natijalarini texnik iqtisodiy va boshqa kо‘rsatgichlar bо‘yicha baholash.
1 http://www.review.uz/index.php/infographics
2 Иқтисодий тадқиқотлар ва БМТТД ҳисоб-китоблари, www.cer.uz