modda. G’ayriqonuniy ravishda yig’ilgan va tayyorlangan o’simlik
dunyosi ob’ektlarini olib qo’yish
O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda yig’ilgan hamda tayyorlangan yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar va ularning yashash faoliyati mahsulotlari, shuningdek yaratilgan hamda to’ldirilgan botanika kollektsiyalari olib qo’yilishi lozim, ularni olib qo’yish imkoni bo’lmagan taqdirda esa ularning qiymati aybdor shaxslardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda undiriladi.
Mavzu 21-22. O’zbekiston davlat qo’riqxonalari va bioxilmaxilligi
Reja
O’zbekiston qo’riqxonalari
O’simliklar bioxilmaxilligi
Tayanch iboralar:Efir moyli o’simliklar, biologiya, ekologik omil, madaniy dorivor o’simlik.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni qo’riqlash tizimini tashkil qilish Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar mintaqada, qolaversa er yuzida ekologik
muvozanatni boshqarib turadi, chunki busiz tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, har qanday xo’jalik faoliyat oqibatini oldindan ko’raolmaslik, tabiiy muhitni saqlashni ham iloji bo’lmay qoladi.
O’simliklarni davlat tizimidagi hududlarini muhofaza qilishni quyidagi shakllari mavjud.
Qo’riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterlitabiiy landshaftlari bo’lgan ma’lum bir maydon bo’lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo’riqxonalar muhim rol o’ynaydi.
Qo’riqxonalarning asosiy vazifasi va maqsadlari nimalardan iborat? qo’riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarning jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. qo’riqxonalarning xududlaridagi majmualar tabiiy holda saqlanadi. ular inson tomonidan o’vlashtirilgan va o’zlashtirilayotgan qo’shni hududlar uchun namuna bo’lib xizmat qiladi.
Qo’riqxona hududdaridan xo’jalikda foydalanish, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo’ziqorin terish umuman taqiqlanadi. qo’riqxonalar atrofi xam, foydalanib muhofaza kilinadigan zona bo’lishi kerak.
Qo’riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda o’rganishdir. ular landshaft tarkibiy qismlari o’rtasidagi uzviy bog’lanishlarni bilib olib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqish uchun zarur. inson tomonidan o’zlashtirilgan landshaftlarga moslasholmagan hayvonlarni faqat qo’riqxonalarda saqlash mumkin bo’lmoqda.
SHuningdek, bir qancha o’simlik turlari faqat qo’riqxonalarda saqlanmoqda. qo’riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko’paytirishda ham katta rol o’ynaydi. shunday qilib, qo’riqxona hududlari turli xil hayvon va o’simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning mikdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. mamlakatimizda hamma qo’riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. qo’riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy majmualarni va ularning ayrim tarkibiy qismlarini tekshiradilar.
Keyingi yillarda inson tomonidan dengiz va okeanlar boyliklari o’zlashtirilishining tobora kuchayib borishi bilan bog’liq holda atrof-muhitning ifloslanishiga, ekologik tuzumlarning buzilishiga, ayrim hayvon va o’simlik turlarining yo’q bo’lib ketishiga olib keluvchi antropogen ta’sirlar kuchayib
bormokda. shuning uchun dunyo akvatoriyalarida ham qo’riqxonalar tashkil etilib, ularning soni 170dan ortib ketdi. ular avstraliya, daniya, isroil, yaponiya, flipppin, janubiy afrika va boshqa davlatlarda joylashgan.
O’zbekistonda birinchi qo’riqxona 1926 yilda zomin rayonining jizzax o’rmon xo’jaligiga qarashli kulsoy va g’uralashsoy havzalarida „g’uralash" tog’ archa qo’riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan edi. u keyinchalik zomin tog’- o’rmon qo’riqxonasi nomi bilan qayta taklangan.
O’zbekistonda umumiy maydoni 460ming gektarni tashkil qiluvchi 14ta qo’riqxona mavjud. qo’yida ularga to’xtalib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |