-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’simliklar karantini davlat inspektsiyasining o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
111-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’simliklar karantini davlat inspektsiyasining o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’simliklar karantini davlat inspektsiyasi:
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
o’simliklarning tashqi va ichki karantini bo’yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshiradi;
o’simlik dunyosida karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o’simlik dunyosida karantindagi zararli organizmlar tarqalishining oldini olish maqsadida kuzatuvlarni amalga oshiradi;
o’simliklar karantini ob’ektlariga qarshi kurashishning samarali va ilg’or usullari amalga oshirilishini o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatli organlar bilan birgalikda ta’minlaydi, ularning qo’llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlariga katta zarar yetkazishi mumkin bo’lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarning, o’simliklar kasalliklarining va begona o’tlarning xorijiy mamlakatlardan kirib kelishidan O’zbekiston Respublikasi hududini muhofaza qiladi;
kelib chiqishi o’simlikka mansub bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va o’simliklar karantinini joriy etadi;
o’simliklar karantini ob’ektlariga qarshi kurashish bo’yicha ixtisoslashtirilgan fumigatsiya bo’linmalarini tuzadi, shaxsiy tomorqa, dehqon va fermer xo’jaliklariga, o’rmon xo’jaliklariga, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o’simliklar karantini ob’ektlariga qarshi kurashishda xizmatlar ko’rsatadi;
eksport qilinayotgan va xorijiy mamlakatlardan O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o’simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni va o’simliklar karantini
ob’ektlarini tashuvchilarni karantin tekshiruvidan hamda laboratoriya ekspertizasidan o’tkazadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’simliklar karantini davlat inspektsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(111-moddaO’zbekistonRespublikasining2018yil9yanvardagiO’RQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,10.01.2018y.,03/18/459/0536-son)