modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini o’z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish to’g’risida qaror qabul qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingitahrirgaqarang.
modda. O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasining o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
(10-moddaningnomiO’zbekistonRespublikasining2017yil14sentyabrdagiO’RQ-446-sonliQonunitahririda —O’RQHT,2017y.,37-son,978-modda) Oldingitahrirgaqarang. O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish:
(10-moddaningbirinchiqismibirinchihatboshisiO’zbekistonRespublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahririda —O’RQHT,2017y.,37-son,978-modda) o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi;
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
o’simlik dunyosi ob’ektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar yetishtiriladigan pitomniklar va plantatsiyalarning davlat hisobini yuritadi;
o’simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrini yuritadi;
O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini ta’minlaydi;
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini o’tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarga o’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish uchun ushbu Qonunga muvofiq ruxsatnoma beradi;
biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo’yicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Oldingitahrirgaqarang. O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2017 y., 37-son, 978-modda) Oldingitahrirgaqarang.