modda. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni cheklash va taqiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarning ayrim turlarini muhofaza qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bu o’simlik turlaridan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini inobatga olgan holda cheklovlar yoki taqiqlar belgilashi mumkin.
(46-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2017 y., 37-son, 978- modda)
O’simlik dunyosini muhofaza qilish manfaatlarini ko’zlab, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining, shuningdek o’rmonlardan, suvdan foydalanuvchilarning, suv iste’molchilarining hamda yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanishi va ularning zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklatilishi mumkin.
modda. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish huquqini to’xtatib turish, tugatish va bekor qilish
O’simlik dunyosi muhofaza qilinishini ta’minlash uchun o’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish huquqi to’xtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda to’xtatib turilishi mumkin:
ruxsat berishga doir talablar va shartlar buzilganligi aniqlanganda;
maxsus vakolatli davlat organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to’g’risidagi qarori o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilmaganda.
O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda; foydalanishning belgilangan muddati o’tganda;
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganda;
o’simlik dunyosining yashash faoliyati uchun qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlar va sharoitlarining yomonlashuvi tahdidi yuzaga kelganda, o’simlik dunyosi yo’q qilib yuborilganda yoki unga boshqa zararli ta’sir ko’rsatilganda;
er uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilganda; foydalanish huquqi berilgan jismoniy shaxs vafot etganda yoki faoliyati
tugatilganda yoxud yuridik shaxs tugatilganda.
Qonun hujjatlarida o’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish huquqini to’xtatib turish yoki tugatish uchun boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagilar asosida bekor qilinishi mumkin:
o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to’g’risidagi arizasiga ko’ra;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’xtatib turiladi, tugatiladi yoki bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |