modda. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o’simlik dunyosi ob’ektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish ularga biriktirilgan ov qilish va (yoki) baliq ovlash joylarida o’simlik dunyosi ob’ektlarini ular o’sadigan muhitdan ajratib olmagan, o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
modda. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarni yig’ish va tayyorlash
Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy iste’mol uchun yig’ish va tayyorlashga umumiy foydalanish tartibida yo’l qo’yiladi.
Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarni o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar tomonidan yig’ish va tayyorlashga o’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar asosida yo’l qo’yiladi.
Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarni yig’ish va tayyorlash tartibi, bunday foydalanish uchun taqiqlangan yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar turlarining, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o’suvchi
o’simliklar turlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat o’rmon fondi yerlaridagi daraxtlar va butalarni kesish o’rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalariga muvofiq, o’rmonlarning qo’riqlanish toifalari hisobga olingan holda berilgan o’rmon biletlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o’rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat sanitariya maqsadlarida kesish hamda binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish bilan bog’liq holda kesish tartibida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko’ra yo’l qo’yiladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2017 y., 37-son, 978- modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy omillar yoki o’simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sog’lig’i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar va butalarni kesish mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko’ra haq to’lamasdan amalga oshiriladi.
(37-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2017 y., 37-son, 978- modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |