O’simlik dunyosini takror ko’paytirish yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar turlarining tabiiy muhitda o’sishi uchun qulay sharoitlar yaratish yoki ularni sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtirish maqsadida amalga oshiriladi.
O’simlik dunyosini takror ko’paytirish o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar tomonidan quyidagilar orqali ta’minlanadi:
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo’yicha biotexnik tadbirlar o’tkazish;
o’simlik dunyosining tabiiy ravishda takror ko’payishi va tiklanishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar o’tkazish;
yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar turlarini sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtirish va ularni ekish.
O’simlik dunyosini takror ko’paytirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yo’llar bilan ham ta’minlanishi mumkin.
modda. O’simlik dunyosi o’sadigan muhitni muhofaza qilish
Yuridik va jismoniy shaxslarning o’simlik dunyosi o’sadigan muhitga ta’sir ko’rsatadigan faoliyati o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Oldingitahrirgaqarang. O’simlik dunyosi o’sadigan muhitga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini o’tkazish, foydali qazilmalarni qazib olish, chorva mollar o’tlatiladigan hamda qishloq xo’jalik hayvonlari haydab o’tiladigan joylarni belgilash tegishincha O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi bilan kelishib olinishi lozim.
(21-moddaningikkinchiqismiO’zbekistonRespublikasining2019yil8yanvardagi O’RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlarimilliybazasi,09.01.2019 y.,03/19/512/2435-son) O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarga javob bermaydigan ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish hamda texnologiyalarni qo’llash taqiqlanadi.
O’simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o’sish stimulyatorlarini, mineral o’g’itlarni va boshqa preparatlarni qo’llash chog’ida o’simlik dunyosi o’sadigan muhitni muhofaza qilishga doir talablar hisobga olinishi kerak. O’simlik dunyosi o’sadigan muhit yomonlashishining oldini olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar mazkur preparatlarni tashish, saqlash va qo’llash qoidalariga rioya etishi shart.
O’simliklarni ular o’sadigan muhitda o’zboshimchalik bilan yo’q qilib yuborish, shu jumladan yoqib yuborish taqiqlanadi.