1. Tabiiy resurslarning katta qismi qazib olish, qayta ishlash korxonalariga tashish va tayyor mahsulot chiqarish jarayonlarida isrof bo’ladi, yo’qoladi, to’kiladi va boshqalar. Ochiq usulda qazib olinayotgan ko’mirning yo’qolishi 3-8% dan 10-12% gacha, shaxta usulida qazib olingan ko’mirning yo’qolishi o’rtacha 20-40%, qora va rangli metallar rudasining yo’qolishi 15-25%, tog’-kimyo xom ashyosiniki esa 20-60% ga boradi. Ushbu boyliklarning narxi aniqlangan holda iqtisodiy hisob-kitob qilinsa, katta iqtisodiy zarar ko’rilayotgani o’z-o’zidan ma’lum bo’ladi. - Tabiiy resurslar mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Lekin buning uchun ular to’liq baholangan, ya’ni qiymatga ega bo’lishi kerak. O’zbekistonda faqat mineral xom ashyo boyliklari hisob-kitob qilingan bo’lib, ularning potensiali 3,3 trln. AQSh dollaridan ortiqroq baholanmoqda. Shundan 1 trln. dollari neft va gazga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |