Ruhoniy nuqtayi nazarning eng keng tarqalgan va ommalashgan ko'rinishi diniy qarashlardir.
Materialistik qarashlardan keng ommalashgani ateistik mafkura edi. Bu ateistik mafkura 1920-80-yillarda sobiq SSSRda din darajasida mutlaqlas'htirildi. Barcha dinlar hukmronligi davrida - teokratik tuzumlarda bo’lganidek, SSSRda ham ateistik mafkurani kuchli inkvizitsiyasi qo'riqlar va zo'rlab tatb'iq etilishi tadqiqotlarda izchillik bilan o'tkazilishini qattiq nazorat qilar edi.
Idealistik qarasn ham, materialistik qarash ham o'z ichida o'nlab yo'nalish, maktablarga bo'linadi va bular falsafa kursidah, shu masalalar tahliliga bag'ishlangan tadqiqotlardan bizga tanish.
Idealistik dunyoqarash.
Idealistik qarashlardan eng ashaddiysi mutaassib (mustabit) diniy dunyoqarash bo'lib, xoh nasroniy yoki buddaviy, xoh islomiy yoki ibroniy kabi dunyo dinlarida bo'lsin, ilm-u fan taraqqiyotiga yo'l qo'ymaydi – din jamiyatda ijtimoiy hayotni boshqarar ekanmi, bu jamiyat tanazzul va kasodga mahkumdir, zeroki jamiyat taraqqiyotini ilm-u amal (ya'ni texnika) belgilaydi, din esa bunga yo'l bermaydi. Chunki:
Birinchidan, din mutlaq taqdir tushunchasini kiritib, barcha narsa yaratuvchining irodasiga bog'liqligi, barcha narsaning o'tmishi va kelajagi yaratuvchi irodasi, xohishi biIan bog'liqligini uqtirib, ilmiy izlanishlarga, taraqqiyotga, jamiyat hayotini inson iroda va xohishi asosida yangilashga qattiq to'sqiniik qiladi.
Jahonda o'z vaqtida ilg'or davlatlarda (chunonchi, Yunoniston va Rim, O'rta Osiyo, Kichik Osiyo, Yaqin Sharq davlatlari va h.) diniy teokratik tuzum mutlaqlashgach, (Yevropada V-VI asrlardan keyin, Sharqda XIV asrdan keyin) bu davlatlarda taraqqiyot inkviziitsya tomonidan bo’g'ildi, rivojlanish to'xtab qoldi.
IX-XIII asrlarda Sharqda, jumladan, bizning Vatanimizda ochilgan ilmiy qonuniyatlardan (jumladan, bug'lanish, suv ostidan issiq suv va olov chiqishi, mineralogiya bo'yicha kashfiyotlar, davolashtish qonunlari, o'simliklarning shifobaxsh xususiyatlari va ulardan dori-darmon tayyorlash texnologiyalari, tillarni o'zaro qiyoslash va tillarning tipologiyasi hamda qarindoshligi bo'yicha qonuniyatlar, qarindosh tillarda tovush mos kelishi qonuniyatlari, til va nutqning farqlanishi, lisoniy pаradigmalar va ularning nutqiy voqelanish v.h.) amaliy foydalanishga diniy mutaassiblik (G'arbda inkvizatsya, Sharqda shariat va muftiylar) yo'l bermadi, har qanday yangilik yaratuvchiga shakkoklik, uning ishiga aralashish sifatida qoralanadi va ta'qib etildi.
XVIII asrgacha, ya'ni G'arb inkvizitsiya siqig'idan qutulgan davrgacha - jahon diniy uyquda bo'ldi. Shunday ekan, fan taraqqiyoti ham to'xtab qoldi, jumladan, filologiya ilmi ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |