Mavzu-10. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Reja



Download 0,62 Mb.
bet4/5
Sana08.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#644434
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu-10. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini

Qisqacha xulosalar
Iqtisodiyotning investitsiyaga bo‘lgan talabi, investitsiyaga yunaltiriladigan mablag‘larning etishmasligi investitsiya resurslaridan samarali foydalanishni taqazo etadi. CHunki qo‘yilgan kapital mablag‘idan samarali foydalanish natijasida ko‘proq foyda olish mumkindir.
Xalqaro kapital xarakatning iqtisodiy samarasini ko‘rsatish uchun, kapital qo‘yilmalardan olinadigan foyda turli mamlakatlarda turlicha degan tasavvurdan kelib chiqish zarur. Kapitalning xalqaro harakati (tovarlarning xalqaro harakati kabi) ishlab chiqarish omillarini samaralirok qayta taqsimlash va ulardan foydalanish evaziga yalpi umumjahon ishlab chiqarishini o‘sishiga olib keladi. Bunda, kapitalni eksport qiluvchi mamlakatdagi kapital egalarining daromadi o‘sadi va boshqa omillar (ayniqsa mehnat va er) egalari daromadi esa qisqaradi. Kapitalni import qiluvchi mamlakatdagi kapital egalarining daromadlari qisqaradi va ishlab chiqarishning boshqa omillari egalarining daromadlari esa o‘sadi.
Mamlakatlarning xalqaro kapital migratsiyasi (XKM) jarayonlarida qatnashishi bir qator ko‘rsatkichlar orqali namoyon buladi. Bularga kapital eksporti (importi) hajmi, kapital eksporti-importi saldosi, mamlakatdagi xorijiy kapitalli korxonalar soni, ularda band bo‘lganlar soni va boshqalar kiradi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolashda «iqtisodiy samara» va «iqtisodiy samaradorlik» atamalariga e’tibor berish lozimdir.
Iqtisodiy samara - qo‘yilgan kapitalning investitsiyalash natijasida olingan natijasi bo‘lsa, iqtisodiy samaradorlik esa olingan iqtisodiy samara yoki investitsiya natijasida olingan foyda bilan investitsiya miqdori o‘rtasidagi munosabatni bildiradi. Iqtisodiy samaradorlik qo‘yilgan investitsiyadan olingan foyda, daromadni qo‘yilgan kapital summasiga bo‘lish orqali topiladi.
Iqtisodiy samara vaqt funksiyasi hisoblanib, boshlanishida u salbiy ko‘rinishda bo‘ladi, chunki qo‘yilgan kapitaldan hali daromad olinmagan bo‘ladi. Vakt utishi bilan kapital kaytimi bulgan sari daromad orta boradi va bu ijobiy natijaga erishiladi, ya’ni qo‘yilgan kapitaldan olingan daromad vaqt o‘tgan sari qo‘yilgan kapital mikdoridan orta boradi.
Hozir O‘zbekistonda moliya bozori etarlicha rivojlanmaganligi sa­babli, loyihaviy moliyalash ko‘pchilik hollarda bank kreditlashi shaklida amalga oshirilmokda. Bunda jahonda keng yoyilgan boshqa usullar - qimmatli qog‘ozlar chiqarish (o‘z kapitali), investitsiya fondlari, bank konsorsiumlari, nafaqa jamg‘armalari, lizing kompaniyalari va boshqalardan etarlicha foydalanilmayapti. Qator afzalliklarga, shu jumladan, soliq sohasida imtiyozlarga ega bo‘lgan lizing investsiya loyihalarini moliyalashning keng tarqalgan usullaridan biridir, lekin u hali etarlicha rivojlangani yo‘q. O‘zbekistonda loyihaviy moliyalash korxonalarning, ayniqsa, kichik biznes korxonalarining o‘z mablag‘lari etishmasli­gi, shuningdek tijorat banklari beradi­gan kreditning narxi amalda barcha tur­dagi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi uning moliyaviy samarasidan yuqoriroq ekanligi tufayli muammolar paydo bo‘lmoqda.
Har qanday investitsiyani loyihalashtirish ma’lum bir darajadagi bilim va ko‘nikmalarni talab etadi. SHu o‘rinda aytish joizki, har qanday investitsion loyihani samaradorligini aniqlash uchun bu loyihani qanday maqsad asosida tuzilganiga, uning muddatiga, investitsiya miqdoriga va inflyasiyaning darajasiga e’tiborni qaratish lozim. Bu bilan biz investitsiya jarayonida uchraydigan bir qancha muammolarni oldini olgan bo‘lamiz.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish