Mavzu №10. Patogen grammanfiy (meningokokk va gonokokklar) va grammmusbat kokklar



Download 35,19 Kb.
bet10/10
Sana12.01.2022
Hajmi35,19 Kb.
#353713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu Patogen kokklar

Kultural xossasi. Gonokokklar—aerobdir. Oziqa muhitiga talabchan. Qon, zardob qo‘shilgan oziqa muhitida 37°C haroratda va pH 7,2—7,4 muhitida yaxshi o‘sadi. Muhit yangi tayyorlangan va nam bo‘lishi kerak. Zardobli agarda gonokokklar mayda 1—2 mm, tiniq, yaltiroq, chetlari tekis, shudring tomchisiga o‘xshash koloniya hosil qilib o‘sadi. Qonli muhitda gemoliz zonasini hosil qilmaydi. Zardobli sho‘rvada biroz loyqalanadi va parda hosil qilib o‘sadi, parda keyinchalik probirka tubiga cho‘kib qoladi.

MIKROBIOLOGIK TASHXIS

TEKSHIRISH MATERIALI

  1. Erkaklarning uretra shilliq qavati ajratmasi.

  2. Ayollarning uretra shilliq qavati va bachadon bo‘yni ajrat-masi.

  3. Ko‘zning yiringli ajratmasi.

  4. Qon.

Tekshirish materialini yig‘ish

Ayollar va erkaklarning uretra shillig‘idan ajratma paxtali tam-pon, qovuzloq yoki qoshiqcha yordamida olinadi. Ko‘zdan yiringli ajratma olish uchun steril tampon fiziologik eritmada namlab olinadi va yiringdan sinama olinadi. Qon bilak venasidan 5—6 ml olinadi.



E s l a t m a : Bakteriologik va bakterioskopik tekshirish uchun tekshirish materiali:



  1. antibiotik bilan davolanishdan avval olinishi kerak;

  2. davolanish tugagach, 10 kun o‘tgandan keyin olinishi kerak;

  3. siydik ajratgandan so‘ng 2 soat o‘tgach, olinishi kerak;

  4. purkagich bilan purkalgandan so‘ng 2 soat o‘tgach, olinishi kerak.

Asosiy tekshirish usullari



  1. Mikroskopik (o‘tkir shakllarida).

  2. Mikrobiologik.

  3. Serologik.

Tekshirishning birinchi kuni. O‘tkir shakli. Uretra shilliq qavatidan olingan material ikkita yog‘sizlantirilgan buyum oynachasining yarmigacha surtib preparat tayyorlanadi, quritiladi, fiksatsiya qilinadi va metilen ko‘ki yoki eozin bilan bo‘yaladi. Bu bo‘yoqlar bilan kasal-likka taxminiy tashxis qo‘yish maqsadida bo‘yaladi. Ikkinchi preparatni to‘liq tashxis qo‘yish uchun Gram usulida bo‘yaladi. Buning uchun fiksatsiya qilingan preparat ustiga filtr qog‘ozi qo‘yilib, 1 % li kristall binafshaning suvdagi eritmasi bilan 1 daqiqa davomida bo‘yaladi. Vaqt o‘tgach qog‘oz olib tashlanadi, suv bilan yuviladi va Lyugol eritmasi bilan preparat qorayguncha ushlanadi, so‘ngra yana suv bilan yuviladi va spirtda oqish kulrang bo‘lguncha ushlanadi. Undan so‘ng qog‘oz yana suv bilan yuviladi va 1 % li neytral qizil eritmasi bilan 3 daqiqa bo‘yalib, suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskopda tekshiriladi. Natija musbat bo‘lsa, hujayra elementlari, yadro binafsha rangda, leykotsitlar ichida yoki ulardan tashqarida to‘plangan gonokokklar to‘q sariq rangda ko‘rinadi.

Surunkali shakli. Agarda gonokokklarni aniqlashning iloji bo‘lmaganda, ko‘pincha surunkali shakllarda, tekshirish materiali assitsiz muhitda ekiladi. Ekilgan muhit 37°C li eksikatorga 10 % li karbonat kislotali sharoitda qoldiriladi.

Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Shubhali koloniyalarni belgilab o‘rganiladi. Undan surtma preparat tayyorlanadi va Gram usulida bo‘yab, mikroskopda tekshiriladi. Agar Grammanfiy diðlokokklar ko‘rinsa, tekshirish ishlari davom ettiriladi. Sof kulturani ajratib olish uchun shubhali koloniyaning yarmidan olib, zardobli qiyshiq agarga ekiladi. Oksidaza sinamasi o‘tkaziladi, ya’ni shubhali koloniyaning ustiga dimetilparafenilendiamin eritmasi tomiziladi. Koloniyaning rangi to‘q jigarrangdan qora ranggacha o‘zgarishi mumkin. Qiyshiq agarni termostatga 37°C li haroratda 24 soatga qoldiriladi.

Tekshirishning uchinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Sof kulturani aniqlash uchun surtma preparat tayyorlab, Gram usulida bo‘yaladi va mikroskopda tekshiriladi. Agar gonokokklar ko‘rinsa bu sof kulturaligidan dalolat beradi. Saxarolitik xossasini o‘rganish uchun 30 % li zardob qo‘shilgan Giss muhitlariga (laktoza, saxaroza, glukoza, mannit va maltoza) ekiladi. Termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.

Tekshirishning to‘rtinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Agar o‘sish ro‘y bermagan bo‘lsa, yana termostatda 1—2 kunga qoldiriladi. Agar o‘sish bo‘lsa, natija o‘qiladi.

5.

Bakterioskopik usul—tekshirish materialidan surtma preparat tayyorlanadi. Bo‘yab mikroskop ostida o‘rganiladi.



Bakteriologik usul— tekshirish materiali oziqa muhitlariga ekiladi. Kultural va biokimyoviy xossasi o‘rganiladi (eng ishonchli usul hisoblanadi).

Buni biz sil qo’zg’atuvchisi misolida o’rganamiz:

Bakterioskopik usul. Bemordan olingan balg‘am Petri kosachasiga qo‘yiladi va maxsus igna yordamida uning yiringli qismidan olib, ikkita buyum oynachasi orasida eziladi. Surtma havoda quritiladi, spirtovka alangasida fiksatsiya qilinadi. Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi va mikroskopning immersion sistemasida tekshiriladi. Bunda sil qo‘zg‘atuvchisi alohida-alohida yoki to‘p-to‘p bo‘lib qizil rangda ko‘rinadi. Agar qo‘zg‘atuvchi ko‘rinmasa, ularni bir yerga to‘plash uchun flotatsiya usulidan foydalaniladi.

Flotatsiya usuli. 10—15 ml balg‘am 250 ml hajmli kolbaga solinadi va ustiga 0,5 % NaOH eritmasidan 10—15 ml solinadi. Qopqoq bilan yopilib 5—10 daqiqa chayqatiladi. Bunda balg‘am gomogenlashadi. Gomogenlashgan balg‘am ustiga 100 ml distillangan suv va 0,5 ml ksilol, benzol yoki toluol solib 5—10 daqiqa chayqatiladi, so‘ngra ustiga kolba to‘lguncha, distillangan suv quyiladi. 30 daqiqadan so‘ng ksilol, benzol, toluol suvdan yengil bo‘lganligi uchun sil bakteriyalari bilan birga suv yuzasiga qalqib chiqadi. Hosil bo‘lgan qaymoqsimon pardani Paster piðetkasida tortib olinadi, undan surtma tayyorlab Sil-Nilsen usulida bo‘yab, yana tekshiriladi.

Bakteriologik usul. Qo‘shimcha mikrofloradan ozod bo‘lish uchun tekshirish materiali qayta ishlanadi. Òekshirish materiali ustiga teng hajmda 10 % natriy fosfati qo‘shiladi va 37°C haroratda 24 soatga termostatda qoldiriladi. Vaqt o‘tgach sentrifugalanadi, cho‘kma usti-dagi suyuqlik dezinfeksiyalovchi eritmaga to‘kiladi. Cho‘kma ustiga 1 ml natriy xlorid eritmasidan qo‘shiladi.

Qayta ishlangan tekshirish materialidan olib, Levenshteyn—Iyensen va Finna II muhitlariga ekiladi. Ekilgan muhit termostatda 37°C haroratda 2 oyga qoldiriladi va har 7—10 kunda tekshirib turiladi. 7—10 kunda oziqa muhit qurib qolmasligi uchun sham eritib quyiladi. Bu oziqa muhitida sil qo‘zg‘atuvchisi R shaklli so‘galga yoki gulli karamga o‘xshash koloniya hosil qilib o‘sadi.

Òezlashtirilgan Prays usuli. Yog‘sizlantirilgan buyum oynachasida qalin tomchi surtmasi tayyorlanadi, quritiladi, 2—6 % sulfat kislotasi bilan qayta ishlanadi, steril fiziologik eritma bilan yuviladi. So‘ng 1:4–1:8 nisbatgacha suyultirilgan va gemolizlangan sitratli qonga solib termostatda qoldiriladi. Bir necha kundan (3—7—14) keyin olib, fiksatsiya qilinadi va Sil-Nilsen usulida bo‘yab mikroskop ostida tekshiriladi. Bunda tulki dumiga yoki o‘rilgan sochga o‘xshash qo‘zg‘atuvchilar ko‘rinsa, sil qo‘zg‘atuvchisi borligidan dalolat beradi.

6.

Patologik material ekilgan agarli mikrob kulturasidan preparat tayyorlashda Leptosvira mikroorganizmi misol bo’la oladi

Patogen spiroxetalar Spirochaetaceae oilasiga, Leptospira avlodiga kiradi. Leptospiralarni 1915-yili yapon olimlari Inado va Ido aniq-lagan.

Leptospira avlodiga odam va hayvon organizmida kasallik keltirib chiqaradigan ko‘pgina guruh mikroorganizmlari kiradi.

Morfologiyasi. Leptospiralar spiralsimon, 6—20x0,1—0,25 mkm uzunlikda, 12—18 ta buramadan iborat bo‘lib, buramalari mayda, bir-biriga zich joylashgan va ularning uchi ilmoqqa o‘xshashdir. Leptospiralar juda harakatchan, spiroxetalarga xos barcha harakatlanish usullarida harakatlanadi.

Ular anilin bo‘yoqlarida yaxshi bo‘yalmaydi. Shuning uchun patologik materiallarda va kulturalarda ularni aniqlash maqsadida qorong‘ilashgan maydon yoki kumush bilan qoplash usulida o‘rganiladi. Bunday usullarda ular jigarrang bo‘lib ko‘rinadi.

Mikroskopik usul. Kasallikning 5—7-kunlari qon olinadi. Bemor qonidan 1—2 ml olib natriy sitrati bilan aralashtiriladi va 1 soat davomida tindiriladi. Aralashmaning yuza qismidan Paster piðetkasida 1 tomchi olib yog‘sizlantirilgan buyum oynachasiga tomiziladi va uning usti oynacha bilan yopilib, mikroskopning qorong‘ilashtirilgan maydonida tekshiriladi. Siydik, orqa miya suyuqligi sentrifuga qilinadi, cho‘kmasidan surtma tayyorlab, mikroskop ostida tekshiriladi.



Bakteriologik usul. Òekshirish materiallari Ulengut oziqa muhiti quyilgan 3—5 ta probirkaga ekiladi. Probirkalarni 18—30°C haroratda 3 oyga termostatda qoldiriladi. Leptospiralar oziqa muhitda o‘sgan bo‘lsa ham muhit tiniq qoladi. Shuning uchun har 5—6 kunda oziqa muhitidan olib ezilgan tomchi preparati tayyorlab, qorong‘ilashgan maydonda tekshirib turiladi. Har bir probirkadan 3 tadan preparat tayyorlash lozim.
Download 35,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish