Kultural xossasi. Fakultativ anaerob. Ular 37°C va pH 7,6—7,8 da rivojlanadi. Qonli va zardobli muhitlarda o‘sadi. Zich oziqa muhitida mayda, yassi, xira kulrang koloniya hosil qilib o‘sadi. Qonli agarda β−gemolitik streptokokklar koloniya atrofida gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi. α-gemolitik streptokokklar esa yashillanuvchi gemoliz zona hosil qiladi. Ayrim streptokokklar gemoliz zona hosil qilmasligi ham mumkin.
Shakarli sho‘rvada streptokokklar probirka tubida, devoriga yopish-gan donador cho‘kma hosil qilib o‘sadi, muhit tiniq qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |