Qo’shilma
deb
, tuproq paydo bo’lish jarayonlari bilan bog’lik bo’lmagan, lekin
keyinchalik tashqaridan aralashib qo’shilib qolgan organik va mineral moddalarga
aytiladi. Hayvonlarning suyagi, turli chig’anoqlar, o’simlik qoldiqlari
biologik
qo’shilma
bo’lib, tosh, shag’al va boshqa jism bo’laklari
mineral qo’shilma
hisoblanadi. Bulardan tashqari ko’mir bo’lakchalari, uy hayvonlari suyaklari, uy-
ro’zg’or buyumlari siniqlari (sopol va chinni idish bo’laklari) va insonlarning suyaklari
kabi narsalar arxeologik qo’shilmalardir. Bu qo’shilmalarni o’rganish natijasida
tuproqning yoshi va insonlarning tuproqqa ta’siri tarixini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |