Mavzu 1: To’garak haqida qisqacha tushuncha. Videomontaj haqida.
Reja:
To’garak haqida.
Videomontaj haqida.
To’garak “Yosh videomontajchi” deb nomlanib, o’quvchilarni kompyuterda montaj va dizayn ishlaridan xabardor qilish va ularda zamonaviy tarzda ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi.Hozirgi kunda zamonamizda bu sohaga nisbatan talab kundan kunga rivojlanib bormoqda.
Bunda har bir o’quvchi o’z dizaynidan va dunyoqarashidan kelib chiqib o’zining tayyor videofayllarini yaratishi mumkin.
Bunda videoni tahrirlash va unga ishlov berish, umuman aytganda video montaj uchun foydalanadigan dasturlar to’g’risida suhbatlashamiz. Video montaj programmasi bilan ishlab ko’rmagan va video tahrirlashga urinib ko’rmaganlar uchun, bu biroz keraksiz ko’rinishi mumkin, lekin foydali. Odatga ko’ra oddiy so’zlar bilan buni izohlashga harakat qilamiz... Men shuni tushunamanki, har bir kishi turli xil sabablarga ko’ra video montaj qiladigan programmadan foydalanadi, kimdir Youtube uchun professional videolar tayyorlash va undan pul ishlash maqsadida va boshqalar esa shunchaki rasmlar bilan kichik video roliklar qilish maqsadida foydalanadi. Shuning uchun ham bunda video tahrirlash va unga ishlov berish uchun ishlatiladigan barcha turdagi dasturlarni analiz qilamiz. Qaysi bir yaxshi ekanligini va sizga mos kelishini ko’rib chiqing. Bepul programmalar qaysi va qayerdan yuklab olish kerakligini bilib olasiz. Contents Qaysi programmadan foydalanganman va nima uchun? Adobe Premiere Pro Vegas Pro Edius Pro Final Cut Pro X Movavi video editor Avid Media Composer Video Editing Pinnacle Studio Corel VideoStudio Pro Camtasia Studio Magix Video VideoPad Video Editor Movie Studio Windows Movie Maker Avidemux Womble Mpeg Video Wizard Lightworks VSDC Free Video Editor VirtualDub ZS4 video editor Onlayn video montaj xizmatlar. Android videolarni tahrirlash ilovalari IPhone ilovalari (iOS).
Xulosa:
Qaysi programmadan foydalanganman va nima uchun?
Yaxshi dasturni qanday tanlash kerak?
Internetga pul ishlash uchun kelganimda, menga video kurs yozish uchun oddiy dastur kerak edi. Java dasturlash tili to’g’risida o’rganganlarimni yozib bormoqchi edim o’shanda. Kompyuterimda bu ishni ya’ni kompyuter ekranini videoga oladigan Bandicam programmasi o’rnatilgan edi. Bu programmadan biroz vaqt foydalanib turdim, lekin keyinchalik bu dasturni shuni ishini qiladigan boshqa programmaga almashtirishga qaror qildim. Buni asosiy sababi kuchaytirilgan xususiyatlar va funksiyalar edi. Darhol, sen video tahrirlashni, unga ishlov berishni professional darajada o’rganishing kerak deb o’ylanib qoldim. Do’stlarim va yaqinlarim bergan maslahatlarga ko’ra Camtasia Studio yaxshi programma edi va man uni topib, kompyuterimga o’rnatib, undan foydalanishni boshladim. Ayni paytda bu dastur video tahrirlash bilan bog’liq barcha ehtiyojlarimni qondira oladi, ancha vaqtdan buyon foydalanib kelaman, faqat bir narsa, kompyuter kuchliroq bo’lishi kerak, meniki bazan pant berib qoladi. Agar siz boshlang’ich bo’lsangiz, lekin har doim videoga ishlov berish bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, eng boshidan professional programma tanlashni maslahat beraman. Barcha programmalarni ishlash prinsipi deyarli bir xil, interfeys va funksiyalar o’xshash. Ular bilan ishlashda, internetda cheki yo’q ma’lumotlar bor, shuning uchun har bir kishi tez va oson o’rganib ketishiga ishonaman. O’rganishning eng oson yo’li muammoga yechim qidirishdir. Bu nima degani? Siz videoga ishlov berishni boshlaysiz va bir muammo chiqib qoladi yoki qandaydir effektlar bera olmaysiz, shu zahoti Google yoki yandexga kirasiz, albatta o’sha muammo bilan (((. Bu yerda eng qiyin ish to’g’ri savolni so’rash. Shaxsan men o’qidim va barcha savollarimga javob oldim ya’ni bosqichma-bosqich kurslarni o’rganib chiqmadim. Bitta savol so’radim va bitta javob oldim, shunaqa. Lekin, barcha yaxshi dasturlar bepul bo’lavermaydi, va men bu muhim narsani yaxshi tushunaman, ayniqsa boshlang’ichlar uchun to’lov masalasi juda qiyin, chunki keyinchalik shu dasturdan foydalanishda davom etadimi yo’qmi ishonchi komil emas. Albatta, men programmaning buzuq versiyalarni izlashni va torrent orqali yuklab olishni maslahat bermayman. Lekin boshida ko’pchilik shunday qilishi va keyinchalik sotib olishim bor gap (((. Quyida foydalanishingiz mumkin bo’lgan mavjud programmalar ro’yxatini tuzdim.
Adobe Premiere Pro Adobe Premiere Pro – dunyodagi video tahrirlash va unga ishlov berish bo’yicha dasturlar ichidan liderlarning biridir. Buni yordamida, chigal videolarni tahrir qilishingiz, turli xil effektlar, animatsiyalar, musiqa, matn va boshqa narsalar qo’shishingiz mumkin. Barcha turdagi video formatlarni qo’llab quvvatlaydi. Tugatilgan videoni har qanday formatta ko’rsatadi, jumladan Blu-ray, SWF, va boshqalar.
Vegas Pro Vegas Pro – Qisqa video va filmlar avtorlari va yaratuvchilari o’rtasida keng miqyosda ishlatiladigan video tahrirlovchi dastur. 2016-yil martigacha SONY brendi tomonidan rivojlantirib kelinayotgandi, hozir mahsulotlarning qismlari MAGIX kompaniyasi tomonidan ega chiqilgan, bu kompaniya hozirda video tahrirlash yo’lini rivojlantirib kelmoqda.
Edius Pro Edius Pro – tahrir qilish, tez ishlov berish va roliklarni ma’lum holatha tushurish uchun professional programma. Programmada birga jipslashtirilishi mumkin bo’lgan barcha video fayllarni qo’llab-quvvatlaydi. Ko’pincha musiqa videolar, TV shovlar, va qisqa filmlar yaratuvchilari o’rtasida ishlatiladi.
MacBook (OS X) uchun. Final Cut Pro X Final Cut Pro X – Apple-ning OS X operatsion sistemasi uchun ajoyib programma. U faqat OS-ning kontroli ostida ishlaydi. Juda qulay va ishlatish uchun oson, qulay interfeysga ega. Kuchli kompyuterlar bilan hayratlanarli darajada tez ishlaydi. Apple texnalogiyasining ko’plab egalari shu programmadan foydalanishni ma’qul ko’radilar.
Movavi video editor Movavi video editor – TOP o’rinlarni da’vo qiladigan juda ajoyib video tahrirlovchi programma. Microsoft windows XP/Vista/7/8/10 da ishlaydi. Mashhur formatlarning barchasini qo’llaydi: AVI, MOV, MP4, MP3, WMA va boshqalar. Turli effektlar va filterlarni o’z ichiga oladi.
Avid Media Composer Avid Media Composer – Transformerlar, Temir odam, Avatar kabi mashhur ilmiy fantastik filmlarni jamlash uchun ishlatiladigan yana bir professional tahrirlovchi programma. Ularni yaratish uchun ko’p miqdordagi maxsus effektlar va uskunalar mavjud. Tahrirlash ishlarini osonroq qilish uchun yaxshi tanlov.
Video Editing Video montaj – Videoni tez montaj qilish uchun oson va qulay programma. Oddiy interfeysga ega. Professional funksiyalari yo’q, montaj qilish beshta bosqishdan iborat: video fayllarni yuklash, ramkalarni joylash, o’zgarishlarni va effektlarni bajarish, ovoz qo’shish va tayyor videoni chiqarish.
Pinnacle Studio Pinnacle studio – professional darajadagi video montajchi, u aslahaxonasida ko’p miqdordagi effektlarga ega. Foydalanish uchun oddiy va oson. Funksiyalari boshqalarnikidan yomonmas. Video va audio uchun 2 mingdan ortiq o’zgarishlar va effektlar. Barcha turdagi mashhur formatlarni qo’llab-quvvatlaydi.
Corel VideoStudio Pro Corel VideoStudio Pro – Corel kompaniyasiga tegishli juda yaxshi montajchi. Siz ma’lumotlarni kiritish, montaj qilish, HD-sifatidagi materiyallarni yaratishingiz mumkin yoki uni darhol YouTube, Vimeo yoki Facebookda chop qilishingiz mumkin. Boshlang’ichlar uchun, interfeys chigal ko’rinishi mumkin, lekin, 6 hafta davomida bepul o’rgatish darslariga kirishingiz mumkin.
Camtasia Studio Camtasia Studio – Video darslar yozish va montaj qilish uchun oddiy dastur. O’zim bu programmaning foydalanuvchisi sifatida shuni aytishim mumkinki, tushunish va ishlash uchun qiyin emas. Deyarli barcha formatlarni qo’llab-quvvatlaydi.
Magix Video Magix Video – Yuqorida aytilganidek, Magix Vegas dasturini SONY-dan sotib oldi, lekin Magixni o’zi ham videoga ishlov beruvchi dasturlarga ega. Oddiy va juda yaxshi video tahrirchi Magix ko’pincha rekording, xiraliklarni yo’qotish sifatini oshirish uchun ishlatiladi.
VideoPad Video Editor VideoPad Video Editor – bepul programma, lekin ko’plab tahrirlovchi xususiyatlari bor. U barcha mashhur formatlarni qo’llaydi va ajoyib effektlarga ega. Interfeysi boshlang’ichlar uchun butunlay oddiy va qulay.
Movie Studio Windows Movie Maker Movie Studio Windows Movie Maker – Microsoft-dan standart ilova, windows 8 dan oldin qo’llangan, keyinchalik esa yangilanishdan to’xtagan, biroq siz o’zining rasmiy saytidan bepul yuklab olishingiz mumkin. Har bir kishi osongina o’rnatib olishi mumkin. Avidemux Avidemux – yozib olingan videolardan videolar yaratish uchun boshqa bir bepul top bepul programma. Video montajni kesib olishlar, masshtab qilish, o’zgarishlar, filterlar va effektlar qo’shish bilan mukammal darajada ado etadi. Mashhur formatlarni qo’llaydi. Foydalanuvchini tez ish bilan ta’minlaydi.
manzil: http://uzinfobiz.ru/video-montaj-qiladigan-programma.html
Mavzu 2: Videomontajda ishlatiladigan asosiy qurilmalar.
Reja:
Videomontajda ishlatiladigan qurilmalar.
Qurilmalar konfiguratsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |