Mavzu. 2
Dorilar o’simliklar haqida tushuncha.
Reja:
1. Dori moddalarning turlari .
2 Dori moddalarning qo’llash usullari .
3. Vena ichiga ineksiya qilish .
4. Mushak orasiga ineksiya qilish .
Ilova 2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati
DORILARNI PARENTERAL YUBORISH.Bu usulda ishlatiladigan dorilar hazm yo'llari orqali emas, balki teri ichiga, teri ostiga, mushaklar orasiga, vena va arteriyaga, qorin va plevra bo'shlig'iga, yurakka, to'sh suyagiga, orqa miya kanaliga, yallig'lanish o'chog'iga ineksiya qilib yuboriladi. Dorilar ineksiya qilinganda (hazm shirasi ta'sirida o'zgarmay va jigarga o'tmay) organizmga birmuncha tez so'riladi. Ineksiya qilish uchun shprits va ignalardan faydalaniladi.
Bir marotaba ishlatiladigan shpritsning ishlatilish muddati, hamda sterillangan holati saqlanganligi aniqlanadi. Qo'lni sovunlab, iliq suvda tozalab yuvib, so'ng spirt bilan artiladi.
Eritmalar shpritsga ampuladan yoki keng og'izli sterillangan stakanchadan olinadi. Suyuqlikni ampulaning keng tomoniga o'tkazish maqsadida ampula silkitiladi va spirt bilan artib, ingichka tomonini egovlab sindiriladi. Ampuladagi moyli eritmalarni shpritsga olishdan oldin bir necha daqiqa issiq suvda isitiladi. Umuman dorilar shpritsga keragidan birmuncha ko'proq olinib, silindrdagi havoni chiqarish vaqtida ana shu ortiqcha dori chiqarib tashlanadi. Buning uchun shpritsning ignali tomonini yuqoriga qilib tik ushlanadi. Silindrdan gazli pufak chiqquncha, ya'ni dori tomchisi tashqarida quriguncha porshen bosiladi. Havo kirmasligi uchun shprits gorizontal holda ushlanadi.
Teri osti yog' qavati kletchatkasi qon tomirlariga juda boy bo'lgani uchun bir necha ml dan 0,51 gacha dori yuborish mumkin. Moyli eritmalar juda sekin so'rilgani sababli faqat 2-3 ml ineksiya qilinadi. Bundan tashqari, oson so'rilishi uchun ular ishlatishdan oldin isitiladi. Teri osti ineksiya si yelka, son, qorin, kurak ostiga orqa tomondan qilinadi. Terida shish yoki oldin qilingan ineksiya oqibatida qattiqlik paydo bo'lsa, o'sha joyga ineksiya qilish mumkin emas. Ineksiya qiladigan joy spirtli paxta bilan ikki marta artiladi. Birinchi marta 10-15 sm joy, ikkinchi marta bevosita ineksiya qilinadigan joy artiladi. Bemorning terisi kir bo'lsa, toza bo'lguncha artib, keyin ineksiya qilinadi. Eritmalarni ineksiya qilish uchun ingichka igna, moyli dorilarni ineksiya qilish uchun yug'onroq igna, teri ostiga dori quyish uchun uzunligi 90 mm, teshigi 1 mm li igna ishlatiladi.
Ineksiya qilish uchun chap qo'l bilan bemorning terisi qat-qat qilib yig'ib ushlanadi va igna bo'yining taxminan 2/3 qismi tezlik bilan kiritiladi. Bunda shpritsning silindri I va III-IV barmoqlar orasida ushlanadi. II barmoq igna muftasining ostida bo'lishi kerak. Igna teriga kiritilgandan keyin I barmoq bilan porshenni bosib, dori yuboriladi. Keyin ineksiya qilingan joyga spirtga botirilgan toza paxtani chap qo'l bilan qo'yib, igna tez tortib olinadi. Dori qaytib chiqmasligi va teri osti yog' qavatida tez tarqalib ketishi uchun ineksiya qilingan joy chap qo'ldagi paxta bilan yengil massaj qilinadi va bu joyga yod surtiladi. Yodga namlangan paxtani ineksiya qilingan joyda uzoq ushlash mumkin emas, aks holda terini kuydirib qo'yadi. Moyli eritmalar infeksiya qilinganda ko'pincha qattiqlik infiltrat hosil bo'ladi. Bundan tashqari, ineksiya qilingan joyga ineksiya kiradigan bo'lsa, yiringli infiltrat ro'y beradi. Teri qizarishi yoki qattiqlik sezilishi bilan darhol isituvchi kompress qilinadi. Agar yiring to'plangan bo'lsa, jarohat kesib tozalanadi. Bemor ko'p suyuqlik yo'qotganda (ko'p qusganda, ichi ketganda), zaharlanganda, operatsiyadan keyin, ba'zan ko'p qon yo'qotganda teri ostiga eritma quyiladi. Ko'pincha izotonik eritma (0,85% li osh tuzi eritmasi bilan 5% li glyukozaning teng miqdordagi aralashmasi) ishlatiladi. Katta odamga ana shunday eritmadan 300-500-1000 ml teri osti yog' qavatiga, son sohasining oldingi tashqi qismiga yuboriladi. Bunda Bobrov apparatidan foydalaniladi. Bobrov apparati darajalarga bo'lingan, hajmi 1-21 li bankadan iborat bo'lib, og'zi rezina po'kak bilan berkitiladi. To'g'ri burchakli qilib qayrilgan kalta va uzun ikkita shisha naycha apparat po'kagi orqali bankaga kirgizilib, uzun rezina naycha orqali igna bilan tutashtirilgan bo'ladi. Apparatdan foydalanayotganda banka og'zidan po'kak chiqib ketmasligi uchun bankaga zanjirli metall mufta kiygiziladi. So'ng bankaga kalta naycha orqali havo yuboriladi. Unda yuqori bosim hosil bo'lib, suyuqlik uzun naycha orqali bankadan ignaga, keyin teri ostiga o'tadi. Yuboriladigan eritma harorati 40° bo'lib, sovib qolmasligi uchun apparatga paxta o'rab, issiq suv quyilgan tog'oraga solib qo'yiladi. Tog'ora karavot oldidagi o'rindiq yoki skameykada turishi lozim. Ignani badanga sanchishdan oldin havoni chiqarib yuborish maqsadida tog'oraga 25-50 ml eritma chiqariladi. Igna ustini salfetka bilan berkitib muolajani bajarib bo'lguncha ushlab turiladi. Teri ostiga bir xil miqdorda eritma yuborish uchun ahyon-ahyonda bankaga havo yuborib, bosim bir muvozanatda saqlab turiladi. Teri ostiga yuboriladigan suyuqlik miqdori 500 ml dan ortmasligi kerak. Dorini yuborib bo'lgach, rezina naychani qisqich bilan qisib, sterillangan doka bilan terini bosib turib igna sug'urib olinadi. So'ngra yengil massaj qilib, yod surtiladi. Yuborilgan dori tez so'rilib ketishi uchun grelka yoki kompress qilinadi. Bobrov apparatini ishlatishdan oldin u qismlarga ajratilib, dokaga o'rab sterillanadi. Buning uchun avtoklavdan foydalanish yoki haroratr 150-200 darajali quritish shkafida qizdirish mumkin. Shisha va rezina naychalar bir-biridan ajratib olinib, yaxshilab qaynatiladi. So'ngra organizmga yuboriladigan dori bilan chayiladi. Bobrov apparati orqali yuboriladigan dorilar teri ostiga bir tekis tarqalishi uchun ignani badandan sug'urib olmagan holda bir necha marta bir oz sug'urib, terining boshqa tomoniga yo'Uash kerak. Bundan tashqari aseptika qoidalariga rioya qilish zarur.
MUSHAKLAR ORASIGA INEKSIYA QILISH.Mushaklar teriga va teri osti kletchatkasiga qaraganda kam sezuvchan, qon tomirlariga boy bo'lganligi va qisqarishi tufayli dorilar organizmga tez so'riladi. Lekin mushaklar orasiga, ko'pincha teri ostiga ineksiya qilish mumkin bo'lmagan dorilar, masalan, akrixin va magneziy sulfat eritmalari, davo zardoblari yoki sekin so'riladigan dorilar (bioxinol, ekmonovotsillin, bitsillin) yuboriladi. Mushaklar orasiga uzunligi 7-8 sm teshigi keng ignalar bilan, asosan, dumbaga ineksiya qilinadi. Ineksiya qilishdan oldin dumbadan xayolan ikkita perpendikulyar chiziq o'tkaziladi. Chiziqning biri quymich do'ngi orqali vertikal, ikkinchisi son suyagining katta ko'sti orqali gorizontal o'tib dumba 4 ta kvadratga bo'linadi. Dori tashqi ustki kvadratga yuboriladi. Sababi, bu joyda yirik qon tomirlari va nerv tolalari kam bo'ladi. Bemor qorni bilan yotqizilib, ineksiya qiladigan joy spirt va yod bilan artiladi, so'ng dori yuboriladi. Muolaja tugagach, ineksiya qilingan joy spirtga ho'llangan paxta parchasi bilan yengil massaj qilinadi. Ba'zan son mushaklari orasiga ineksiya qilinadi. Bunda suyak pardasi shikastlanmasligi uchun igna birmuncha egri tomonga yuboriladi. Ineksiya noto'g'ri qilinsa, quyidagi asoratlar ro'y berishi mumkin.
1. Igna o'tmas, eski va qisqa bo'lsa, ko'pincha mushaklar orasida sinib qolishi mumkin. Ba'zan bemorlarga aytmay turib ineksiya qilinganda ham ignaning sinishiga sabab bo'ladi. Igna sinib mushak orasida qolsa, darhol olib tashlash kerak (rentgen qilib, operatsiya yo'li bilan olib tashlanadi).
Nerv ustunlari va nerv tolalarini zararlantirish oqibatida oyoq-qo'lning harakati va sezuv qobiliyati buziladi (falaj yoki shol bo'lib qoladi).
Ko'pincha moyli aralashmalar ineksiya qilinganda arteriya va venaga tushib qolib, dori emboliyasiga olib keladi. Bunday hollar shishgan joyga ikkinchi marta ineksiya qilinganida ro'y berishi mumkin. Emboliya yuz berganda o'pka, yurak, miya qon tomirlari teshigini to'sib qo'yishi natijasida odam o'lib qolishi mumkin.
Shpritslar, ignalar yaxshi sterillanmasa, qo'lni tozalashda va ampulalarni sindirganda aseptika qoidalariga rioya qilinmasa yiringli, gazli infeksiya , qoqshol va zardob gepatiti kasalliklari kelib chiqadi. Igna va shpritslarni 30 daqiqa qaynatish bilan zardob gepatiti viruslari o'lmaydi. Shuning uchun faqat avtoklavda sterillash kerak. O'tmas igna bilan ineksiya qilish natijasida to'qimalarda qon to'plami yiring boylashi mumkin.
Kalta ignalar bilan ineksiya qilinganda yoki ineksiya qilinadigan joy noto'g'ri tanlanganda aseptik abssess hosil bo'ladi. Bunda mushaklar orasiga yuboriladigan dori teri osti yog' qavatiga tushib qoladi va ineksiyadan keyin uzoq vaqt o'tgan bo'lsa ham yallig'lanish jarayoni ro'y berishi mumkin.
Mushaklar orasiga ko'pincha antibiotiklar yuboriladi. Penitsillin dozasi birliklar bilan o'lchanib, bir martalik miqdori 50000 birlik, bu miqdori shifokor ko'rsatmasi bilan oshirib boriladi. Penitsillinni ishlatishdan oldin 0,25 yoki 0,5% li novokain eritmasida eritiladi. Ba'zan piramidonning 1% li eritmasiga yoki osh tuzining fiziologik eritmasiga aralashtirib ishlatish mumkin. Penitsillinli flakonning metall qopqog'ini spirt bilan artgach, unga igna sanchib shpritsdagi eritma yuboriladi. Igna qopqoqda qoldiriladi. Flakondagi penitsillin erigach, eritma shpritsga qayta tortib olinadi. Ineksiya yangi sterillangan igna bilan qilinadi. Penitsillinning organizmga yuboriladigan miqdori qo'yidagi usul bilan belgilanadi. Flakonda 500000 birlik penitsillin poroshogi bor deb faraz qilsak, flakonga 5 ml suyuqlik solinsa, uning har bir ml da 100000 birlik penitsillin erigan bo'ladi. Bemorga 200000 birlik penitsillin yuborish zarur bo'lsa, flakondan 2 ml, 300000 birlik penitsillin yuborish kerak bo'lsa, 3 ml eritma olinadi va hokazo. Streptomitsin eritmasi ham yuqorida aytilgan usulda tayyorlanadi va ineksiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |