Мавзу 15
KUYISH, SOVUQ OLDIRISH VA ELEKTRDAN JAROHATLANISH
Kuyish - termik, kimyoviy, elektrik yoki nur ekologiyasining ta'sirida vujudga keladigan shikastlanishdir. Kuyish sabablariga ko'ra: termik kuyish (quyosh nuri, ultrabinafsha nurlari, ochiq yong'in, yonib turgan gaz, olov, issiq suyuqliklar, suyuq metall sochmalari, bug' va boshqalardan); kimyoviy kuyish - bular ba'zi kimyoviy moddalar ta'sirida (kislota, ishqor, og'ir metallar tuzi, fosfor va boshqalardan kuyish); nurlanishdan kuyish ionlantiruvchi radiatsiya ta'sirida kuyish; elektr tokidan kuyish, chaqmoqdan kuyishlarga bo'linadi. Yumshoq to'qimalar qanchalik chuqur jarohatlanganiga qarab, kuyishning quyidagi darajalari farq qilinadi (49-rasm):
I daraja — yuzaki epidermal kuyish. Teri qizaradi va shishadi.
II daraja — teri yuqori qavatining kuyishi. Teri qizaradi va har
xil kattaliklardagi pufakchalar hosil bo'ladi, ularning ichi tiniq yoki
xiraroq suyuqlikka to'la bo'ladi.
III daraja — kuyish - terining butun qavatini va qisman teri osti
yog' to'qimasini egallaydi. Bunda to'qimalardagi oqsillaraing ivib
qolishi natijasida teri po'stloq hosil qilib nekrozlanadi (o'ladi).
IV daraja - chuqur to'qimalarning, ya'ni pay, suyak, mushaklarning kuyishi (to'qimalar nek-rozi, ko'mirga aylanishi). Barcha xildagi kuyish qattiq og'riq bilan kecha-di: ko'p joy qattiq kuy-ganda shok paydo bo'lishi mumkin. Kuyishning og'ir-yengilligi xavfi faqat kuyish darajasiga bog'liq bo'lmasdan, balki kuygan sathining katta-kichikligiga ham bog'-liqdir. Masalan, badan sathining 1/3 qismi (bola-larda esa hatto 1/4-1/8 qismi) kuyishi odam hayoti uchun xavfli bo'lishi, badan sathining 1/3-1/2 qismidan ko'p-rog'ining kuyishi, odatda, o'limga sabab bo'lishi aniqlangan.
Ill darajada agar ba-danning 10% idan ko'p-rog'i kuysa, kuyish kasalligi boshlanadi. Bu kasallik nerv tizimi faoliyatining buzilishi bilan xarakterlidir. Ko'p suyuqlik yo'qotish va kuchli og'riq natijasida shok boshlanadi. Tana harorati 39-40° ga ko'tariladi. Kuygan soha bitishdan to'xtaydi, yiringli jarayon kuchayadi, umumiy ahvol og'irlashadi, ishtaha yo'qoladi, bemor qusadi, oza boshlaydi va organizmning umumiy intoksikatsiyasi boshlanadi.
Kuyganda to'g'ri tibbiy yordam jarayoni ko'rsatish uchun kuygan joyni o'lchash muhim ahamiyatga ega.
Kaft bilan o'lchash — katta yoshli odamda kaftning ichki yuzasi butun badan yuzasining 1-2% ini tashkil etadi. Kuygan joyga sterillangan salfetka yopib o'lchanadi va shu son 1 yoki 1,2 ga ko'paytiriladi.
To'qqizlar qoidasiga muvofiq o'lchash — bosh, bo'yin yuzasi badanning 9% ni, bir qo'l yuzasi 9% ini, tana 36% ini, har bir oyoq yuzasi 18% ini, oraliq va jinsiy organlar 1% ini tashkil etadi. Raqamlardan foydalanib kuygan yuzani taxminan aniqlash mumkin.
3. Kishi tanasining umumiy sathi 16000 sm2 ga tengdir. Uni hisobga olib Postnikov (1949) kuyish joyiga steril sellofan qo'yib, kuygan sathni aniqlash tarhini ishlab chiqqan.
Kuyishda birinchi yordam ko'rsatish umumiy va mahalliy choralardan iborat bo'ladi.
Bu holda asosiy vazifalardan biri zararlanganni yong'indan olib chiqish, yonayotgan joyni o'chirish yoki kuyayotgan kiyimni yechib olishdir. Kiyimni tez o'chirmoq darkor, buning uchun shikastlanganni choyshabga tez o'raladi, yoki bu maqsad uchun qalin matoni ishlatsa ham bo'ladi. Kuygan joydan kiyimlar kesib olinadi, dastlabki 20 daqiqada kuygan sathlar sovuq suv bilan chayiladi, yoki botirib turiladi. Bu yopdam ta'sirida og'riq kamayadi, travmatik shokning oldi olinadi. Keyinchalik kuygan joylar spirt bilan artilishi mumkin. So'ngra kuygan sath toza choyshab yoki uzunasiga qirqilgan, iloji bo'lsa, dazmollangan kiyim-kechak bilan o'raladi. Quruq, imkon boricha sterillangan bog'lam ishlatilgani ma'qul. Keyingi vaqtlarda birinchi yordam sifatida metall bog'lamlar - metall folga yaxshi yordam bermoqda. Shuningdek maxsus ayerozollar (olazol, amprovizol, pantenol, oleol — ko'pik hosil qiluvchi ayerozol + senovokain + dioksidin) va og'riq qoldiruvchi moddalar ishlatiladi.
Oyoq-qo'lning ko'pjoyi kuyganda, transport shinasi qo'yish shart. Badan sathining ko'p joyi kuyganda bemor sterillangan choyshabga o'raladi. Kislota va ishqor ta'sirida kuyganda teriga tushgan kimyoviy moddalarni tezda sovuq suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Shundan keyin kislotalar ta'siri ishqorlar bilan (2% li soda eritmasi, sovunli suv, bo'r kukuni, qizdirilgan magneziya sepmasi), ishqorlar ta'siri esa kislotalar (1-2% li sirka va limon kislota) bilan neytrallanadi. Qizilo'ngach va me'da kimyoviy moddalardan kuygan birinchi soatlarda me'da ehtiyotlik bilan ko'p miqdordagi suvda yuviladi, agar yuvish mumkin bo'lmasa, kuygan bemorga sut yoki paxta yog'i ichiriladi. Birinchi yordam ko'rsatilgandan keyin bemor tibbiyot muassasasiga jo'natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |