Ostki qopqoqli taqilmasi bor kuylakda taqilma ostki qopqog'i old bo'lak o'ng tomoni kesimining qirqimiga 0,5 sm chok bilan ulanadi. Bunda qopqoq o'ngi old bo'lak teskarisiga qaratib tikiladi. Chok kesim tomonga yotqizib qo'yiladi. Taqilma qopqog'ini kuylakning o'ngi tomonga qayirib turib, uning yon cheti 0,5 sm bukilib, buklangan ziyidan 0,1 sm narida bostirib tikish bilan ayni vaqtda pastki uchi bukib tikiladi.
Kuylak old bo'lagi chap tomonining o'ngiga qo'shimcha qatlamning o'ngi qaratib qo'yiladi va ularning qirqimlari 0,5 sm ag'darma chok bilan tikiladi. Chok to'rg'irlanadi, qo'shimcha qatlam teskarisiga qayiriladi, asosiy detal 0,1-0,2 sm narida universal mashinada bostirib tikiladi. Old bo'lak chap tomonining ishlov haqqi kuylak teskarisiga bukib dazmollanadi. Old bo'lak chap tomoni o'ng bo'lak ustiga qo'yiladi va taqilma kesimi tugaydigan joy darajasida ko'ndalangiga to'g'ri to'rrtburchakli hosil qilib bostirib tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |