1-4 sinf o'quvchilarining tayyorgarlik darjasiga qo'yiladigan zaruriy talablar. O'quvchilar qog'oz ishlab chiqarishning texnik bosqichlari, ularning yaratilish jarayonlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladilar, qog'oz bilan ishlash usullari, qog'oz turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari, qog'oz ishlab chiqarish yo'nalishi bo'yicha kasb egalari haqida umumiy tushunchalarni, qog'oz turlaridan foydalanib, geometrik shakllar asosida qirqish, yelimlash, buklash usullarida turli o'yinchoqlar, hayvon va parrandalar, manzara, kompozitsiya hamda tabriknomalar tayyorlash malakasini egallash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlashda chok turlaridan namunalar, yumshoq o'yinchoqlar tikish hamda turli kiyimlarni ta'mirlash ishlarini bajarish. To'qish va uning turlari, asbob-uskunlardan xafvsizlik texnika qoidalariga rioya qilingan holda foydalanish. Xalq hunarmandchiligi yo'nalishi bo'yicha kashtachilikning eng sodda elementlarini tikish.
O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini texnik modellashtirish orqali rivojlantirish. Sodda turli texnikaviy moslamalarni yasash.
O'quvchilarning loy yoki plastilin bilan ishlash ko'nikmalarini o'stirish. Plastilin va loydan turli o'yinchoqlar, haykalchalar yasash ko'nikmalayini egallashi. Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida o'quvchilarning tasavvuri, ijodiy qobiliyatini o'stirish, chiqindi va badiiy materiallardan turli qirqish, yelimlash, qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas biriktirish usullari orqali hayvonlar, parranda, qushlar, uy-ro'zg'or buyumlari, qiziqarli o'yinchoqlar yasash ko'nikmasini egallash.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy badiiy qurish-yasash san'atining sodda elementlari asosida applikatsiya, mozaika usullaridan foydalanib, manzara, buyumlardan kompozitsiya qurish-yasash malakasini egallash.
1- sinf. Texnologiya ta’limi fanidan o'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak: texnologiya ta’limi fani haqida umumiy ma'lumotni bilish. Qog'ozlar va kartonlar haqida umumiy ma'lumotlarni, qog'ozni buklash usularini, "Qish" manzarasini applikatsiya usulida ishlashni, archaga osiladigan turli o'yinchoqlar, quti, shapka, xo'tikcha, stakan, buzoqcha yasashni, turli bayramlar uchun niqoblar yasashni, maydalangan rangli qog'ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasashni, rangli qog'ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlashni, rangli qog'ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga yelimlashni, bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, meva va sabzavot urug'laridan applikatsiya usulida yo'lsimon naqsh tuzushni, tikuvchilik haqida ma'lumotlarni, tikuvchilikda ishlatiladigan asboblarni saqlash, to'g'ri chok tikishni; loy va plastilin bilan ishlashni, plastilindan turli hayvonlar shaklini yasashni bilish; pazandachilik
asbob-uskunalari haqida ma'lumotlarni; pazandachilik asbob-uskunalari haqida ma'lumotlarni; qishloq xo'jalik mehnati turlari, o'simliklar va gullarni parvarishlashni bilish: tabiiy materiallar haqida umumiy ma'lumotni, maktab yer uchastakasida gullarni parvarishlashni, tabiiy, chiqindi materiallardan o'yinchoqlar hamda turli maketlar qurish-yasashni bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |