Funksiya nomi
|
Argument turi
|
Qiymat turi
|
Izoh
|
Matematik funksiyalar
|
Abs(x)
|
butun/haqiqiy
|
butun/haqiqiy
|
“x” ning absolyut qiymati (moduli) –
|
Sin(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
“x” ning sinusi (radian o‘.b.) –sinx
|
Cos(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
“x” ning kosinusi (radian o‘.b.) –cosx
|
Arctan(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
“x” ning arktangensi – arctgx
|
Sqrt(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
“x” ning kvadrat ildizi –
|
Sqr(x)
|
butun/haqiqiy
|
butun/haqiqiy
|
“x” ning kvadrati – x2
|
Exp(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
ех (e = 2. 718282. . . )
|
Ln(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
“x” ning natural logarifmi (x > 0)
|
Frac(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
“x” ning kasr qismi {x}
|
Int(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
“x” ning butun qismi [x]
|
Random
|
-
|
haqiqiy
|
[0, 1) oraliqdagi tasodifiy son
|
Random(x)
|
Word
|
Word
|
[0, x) oraliqdagi tasodifiy son
|
Matematik protseduralar
|
Inc(x)
|
butun
|
butun
|
“x” ni bittaga orttiradi (x=x+1)
|
Dec(x)
|
butun
|
butun
|
“x” ni bittaga kamaytiradi (x=x–1)
|
O‘zgaruvchilar turini o‘zgartiruvchi protseduralar
|
Str(x,s)
|
x – butun yoki haqiqiy
|
s - satrli
|
“x” sonning raqamlari ketma-ketligidan iborat “s” satr hosil qiladi
|
Val(s,v,cod)
|
s - satrli
|
v – butun yoki haqiqiy
cod - butun
|
“s” satr raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘lsa, undan “v” son hosil qiladi. cod=0 (hatolik kodi)
|
O‘zgaruvchilar turini o‘zgartiruvchi funksiyalar
|
Trunc(x)
|
haqiqiy
|
LongInt
|
“x” ning butun qismi
|
Round(x)
|
haqiqiy
|
LongInt
|
“x” ni yaxlitlaydi
|
Odd(x)
|
butun
|
mantiqiy
|
“x” – toq son bo‘lsa “rost” qiymat oladi
|
Chr(x)
|
Byte
|
Char
|
“x” ASCII kodga mos belgi
|
Ord(c)
|
Char
|
Byte
|
“c” belgining ASCII kodi
|
Matematik formulalarda ko‘p ishlatiladigan π sonini ifodalash uchun Paskalda maxsus Pi o‘zgarmas (konstanta) ajratilgan (Pi=3.1415…).
Paskal dasturlash tilida algebraik ifodalar arifmetik amallar bilan bog‘langan o‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar, funksiyalar yordamida tashkil topadi va bir satrda yoziladi. Satrdan pastga tushirib yoki yuqoriga ko‘tarib yozish mumkin emas.
Masalan, 3ab2 ifoda Paskalda 3*a*sqr(b) kabi yozilsa, ifoda a/sqr(b) kabi yoziladi.
Ifodalarni yozishda amallarni bajarish tartibini ko‘rsatish uchun faqat kichik qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi amallarni bajarish chapdan o‘ngga qarab, matematikada qabul qilingan odatdagi tartib saqlangan holda ketma-ket amalga oshiriladi:
funksiya qiymatlari hisoblanadi;
ko‘raytirish va bo‘lish amallari bajariladi;
qo‘shish va ayirish amallari bajariladi.
Masalan, arifmetik ifodani Paskaldagi yozilishi (a+b)/c kabi bo‘lib, uni hisoblashda dastlab qavs ichidagi amal, ya’ni a+b bajariladi, so‘ngra natija c ga bo‘linadi.
IV.Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Darslikdagi savollarni bahs-munozara shaklida hal etish katta samara beradi.
V.O`quvchilarni baholash: Berilgan savollarga javob bergan o`quvchilarga hamda darslikdagi mashqlarni to`g`ri bajargan o`quvchilarga, kompyuterda dasturning natijasiga erishgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari tarqatilinib, dars so`ngida baholanadilar.
VI.Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 1-, 3-mashqlar.
2*. Darslikdagi 2-mashq.
O’IBDO’ _____________
Informatika
Mavzu: 20 – dars. Takrorlash darsi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: O‘quvchilarni Paskal dasturlash tilining standart funksiyalari bilan, algebraik ifodalarni yozish qoidalari mavzusini takrorlash.
b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni o`zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
|
Dars o`tish metodi
|
Darsning jixozi
|
Darsning texnik jixozi
|
Aralash
|
“Aqliy hujum”
|
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat kartochkalari
|
Kompyuter
|
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash Siyosiy daqiqa. Yurtimizda hamda chet davlatlarda bo’lib o`tayotgan siyosiy yangiliklar, o`zgarishlar haqida suhbatlashiladi.
Rag`bat uchun 3 xil kartochkalar tayyorlaniladi.
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. Qanday funksiyalar standart funksiya deyiladi?
2. Standart funksiyalarning odatdagi va Paskalda yozilishining qanday farqi bor?
Yangi mavzuni bayoni
1 – misol. R va H o‘zgaruvchilarning ma’lum qiymatlarida quyidagi ifodaning qiymati hisoblansin:
Bu ifoda Paskalda Pi*sqr(r)*h/3 kabi yoziladi. Bunda amallar quyidagi tartibda bajariladi:
sqr(r)
Pi*sqr(r)
Pi*sqr(r)*h
Pi*sqr(r)*h/3
2 – misol. algebraik ifodani Paskaldagi ko‘rinishini yozing.
Yechish: Bu ifodani Paskalda bir necha hil usulda tasvirlash mumkin. Shulardan bittasi quyidagicha: (x-y)/(exp(5*ln(x))-sqr(y)*y).
Satrdan pastga tushirib yoki yuqoriga ko‘tarib yozish mumkin emasligi haqida tushuncha beriladi.
IV.Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Darslikdagi savollarni bahs-munozara shaklida hal etish katta samara beradi.
V.O`quvchilarni baholash: Berilgan savollarga javob bergan o`quvchilarga hamda darslikdagi mashqlarni to`g`ri bajargan o`quvchilarga, kompyuterda dasturning natijasiga erishgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari tarqatilinib, dars so`ngida baholanadilar.
VI.Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 1-, 3-mashqlar.
2*. Darslikdagi 4-mashq.
O’IBDO’ _____________
Informatika
Mavzu: 21 – dars. O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: O‘quvchilarni Paskal dasturlash tilidagi o‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari bilan tanishtirish.
b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni o`zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
|
Dars o`tish metodi
|
Darsning jixozi
|
Darsning texnik jixozi
|
Aralash
|
“Aqliy hujum”
|
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat kartochkalari
|
Kompyuter
|
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash Siyosiy daqiqa. Yurtimizda hamda chet davlatlarda bo’lib o`tayotgan siyosiy yangiliklar, o`zgarishlar haqida suhbatlashiladi.
Rag`bat uchun 3 xil kartochkalar tayyorlaniladi.
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1.Ifodada amal ishoralaridan ikkitasi ketma – ket kelishi mumkinmi?
2.sin x – c ko’rinishidagi yozuv Paskalda nima uchun xatolik hisoblanadi?
Yangi mavzuni bayoni
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
O‘zlashtirish operatori. O‘zlashtirish operatori o‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun ishlatiladi. U := belgi bilan ifodalanadi. O‘zlashtirish operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
o‘zgaruvchi := algebraik ifoda;
Bu operator bajarilganda algebraik ifoda hisoblanib, uning qiymati o‘zgaruvchiga beriladi.
1 – misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida a nomli o‘zgaruvchining qiymati 22 soniga teng bo‘ladi.
var a:integer;
begin
a := 22;
end.
|
|
2 – misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida meva nomli satrli o‘zgaruvchining qiymati “olma” so‘ziga teng bo‘ladi.
var
meva : string;
begin
meva := ‘olma‘;
end.
|
4 – misol.
begin
write(‘Paskal ‘)
write(‘dasturlash ‘)
write(‘tili‘)
end.
|
|
Dastur bajarilgach, kompyuter ekranida
Paskal dasturlash tili
yozuvi hosil bo‘ladi.
|
5 – misol.
begin
writeln(‘Paskal‘)
writeln(‘dasturlash‘)
writeln(‘tili‘)
end.
|
|
Dastur bajarilgach, kompyuter ekranida
Paskal
dasturlash
tili
yozuvi hosil bo‘ladi.
|
6 – misol.
program kitritish_chiqarish;
var a,b:integer;
begin
a:=23; b:=a+21;
write(‘b=‘,b);
end.
|
|
Dastur bajarilgach, kompyuter ekranida
b=44
yozuvi hosil bo‘ladi.
|
Ma’lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko‘rsatish mumkin. Chiqarish formati chiqarilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishini (formatini) belgilaydi. Buning uchun chiqarilayotgan o‘zgaruvchidan keyin “:” (ikki nuqta) belgisi qo‘yiladi. Masalan, a - haqiqiy turdagi o‘zgaruvchi bo‘lsa, WriteLn(a:6:2); - a ning qiymatini chiqarish uchun 6 hona ajratadi, shundan ikkita honasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar son butun bo‘lsa, chiqarish formatida bitta son (parametr) – chiqarilayotgan songa ajratilgan honalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(I:6);.
Satrli va belgili o‘zgaruvchilar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarish uchun ajratilgan joy (maydon) uzunligini aniqlaydi.
Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o‘ng chegarasi bo‘yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a:=3.24; bo‘lsa, WriteLn(‘a=‘,a:6:2); operatori ekranga a=__3.24 ko‘rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan keyin ikkita bo‘sh joy (probel) qoladi).
Chiqarish formatida ajratilgan joy o‘zgaruvchi qiymatining “uzunligi”dan kichik bo‘lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o‘zgaruvchining qiymati to‘liqligicha ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilinmaydi. Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko‘rsatilmasa, u ekranga eksponensal ko‘rinishda chiqariladi.
Keltirilgan ikkala misolda ekranga chiqarilgan a va b o‘zgaruvchilarning qiymatlari bir xil, ammo ularning ko‘rinishida katta farq bor. 8-misoldagi ekranga chiqarilgan axborot albatta 7-misoldagiga nisbatan aniq va tushunarli ko‘rinishga ega. Sonning kasr qismidagi (verguldan keyingi) raqamlar sonini aniq bilmagan xollarda ekranga noto‘g‘ri natija chiqarmaslik uchun chiqarish formatidan extiyotkorlik bilan foydalanish zarur.
Shuni unutmangki, ekrandagi natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishalar juftligi bosiladi.
IV.Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va mashqlar yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
V.O`quvchilarni baholash: Berilgan savollarga javob bergan o`quvchilarga hamda darslikdagi mashqlarni to`g`ri bajargan o`quvchilarga, kompyuterda dasturning natijasiga erishgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari tarqatilinib, dars so`ngida baholanadilar.
VI.Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 1-mashq.
2*. Darslikdagi 2-mashq.
O’IBDO’ _____________
Informatika
Mavzu: 22– dars. Takrorlash darsi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: O‘quvchilarni Paskal dasturlash tilidagi o‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlarini takrorlash.
b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni o`zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
|
Dars o`tish metodi
|
Darsning jixozi
|
Darsning texnik jixozi
|
Aralash
|
“Aqliy hujum”
|
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat kartochkalari
|
Kompyuter
|
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash Siyosiy daqiqa. Yurtimizda hamda chet davlatlarda bo’lib o`tayotgan siyosiy yangiliklar, o`zgarishlar haqida suhbatlashiladi.
Rag`bat uchun 3 xil kartochkalar tayyorlaniladi.
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. O’zlashtirish operatori qanday vazifani bajaradi?
2. O 'zlashtirish operatorining umumiy ko 'rinishini misollar bilan izohlang.
III.Yangi mavzuni bayoni
Dars amaliy shaklda olib boriladi.
1-Misol. a=123, b=321 bo’lsa, a va b ning yig’indisini hisoblash dasturini tuzing.
Misol o’quvchilar bilan birgalikda yechiladi:
Var a,b : Integer;
Begin
a:=123; b:=321;
WriteLn(a+b);
End.
Amaliy ish uchun qo’shimcha misollar:
x va y berilgan bo’lsa,
|x+y| - 2x|y|
z = -------------- ni toping.
|x-y|+|xy|+1
Ikkita a va b haqiqiy sonlar berilgan. Bu sonlar kublarining o’rta arifmetik va modullarining o’rta geometrik qiymatlarini toping.
Berilgan r radiusga asosan aylana uzunligini, doira yuzini va shar hajmini toping.
(x1,y1) va (x2,y2) koordinatalarga ega nuqtalar orasidagi masofani toping.
To’g’ri burchakli uchburchakning ikkita kateti qiymatlari bo’yicha uning gipotenuzasini va yuzasini toping.
Uchburchakning a, b, c tomonlariga asosan uning yuzasini Geron formulasi yordamida hisoblang: .
Tovarning narxi N so’m edi. Unga bo’lgan talab oshgandan so’ng uning narxi M % ga ko’tarildi. Tovarning bahosi necha so’m bo’ldi?
Ma’lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko‘rsatish mumkin. Chiqarish formati chiqarilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishini (formatini) belgilaydi. Buning uchun chiqarilayotgan o‘zgaruvchidan keyin “:” (ikki nuqta) belgisi qo‘yiladi. Masalan, a - haqiqiy turdagi o‘zgaruvchi bo‘lsa, WriteLn(a:6:2); - a ning qiymatini chiqarish uchun 6 hona ajratadi, shundan ikkita honasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar son butun bo‘lsa, chiqarish formatida bitta son (parametr) – chiqarilayotgan songa ajratilgan honalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(I:6);.
Satrli va belgili o‘zgaruvchilar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarish uchun ajratilgan joy (maydon) uzunligini aniqlaydi.
Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o‘ng chegarasi bo‘yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a:=3.24; bo‘lsa, WriteLn(‘a=‘,a:6:2); operatori ekranga a=__3.24 ko‘rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan keyin ikkita bo‘sh joy (probel) qoladi).
Chiqarish formatida ajratilgan joy o‘zgaruvchi qiymatining “uzunligi”dan kichik bo‘lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o‘zgaruvchining qiymati to‘liqligicha ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilinmaydi. Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko‘rsatilmasa, u ekranga eksponensal ko‘rinishda chiqariladi.
2 – misol.
var a,b : real;
begin
a:=3.24; b:=5;
writeln(‘a=‘,a);
writeln(‘b=‘,b);
end.
3 – misol.
var a,b : real;
begin
a:=3.24; b:=5;
writeln(‘a=‘,a:4:2);
writeln(‘b=‘,b:1:0);
end.
Keltirilgan ikkala misolda ekranga chiqarilgan a va b o‘zgaruvchilarning qiymatlari bir xil, ammo ularning ko‘rinishida katta farq bor. 8-misoldagi ekranga chiqarilgan axborot albatta 7-misoldagiga nisbatan aniq va tushunarli ko‘rinishga ega. Sonning kasr qismidagi (verguldan keyingi) raqamlar sonini aniq bilmagan xollarda ekranga noto‘g‘ri natija chiqarmaslik uchun chiqarish formatidan extiyotkorlik bilan foydalanish zarur.
Ekrandagi natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishalar juftligi bosiladi.
IV.Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va mashqlar yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
V.O`quvchilarni baholash: Berilgan savollarga javob bergan o`quvchilarga hamda darslikdagi mashqlarni to`g`ri bajargan o`quvchilarga, kompyuterda dasturning natijasiga erishgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari tarqatilinib, dars so`ngida baholanadilar.
VI.Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 1-mashq.
2*. Darslikdagi 2-mashq.
O’IBDO’ _____________
Informatika
Mavzu: 23 – dars. Ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish operatori
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: O‘quvchilarni Paskal dasturlash tilida ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish operatori bilan tanishtirish, ularda muloqotli dasturlar tuzish ko’nikmasini hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni o`zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
|
Dars o`tish metodi
|
Darsning jixozi
|
Darsning texnik jixozi
|
Aralash
|
“Aqliy hujum”
|
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat kartochkalari
|
Kompyuter
|
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash Siyosiy daqiqa. Yurtimizda hamda chet davlatlarda bo’lib o`tayotgan siyosiy yangiliklar, o`zgarishlar haqida suhbatlashiladi.
Rag`bat uchun 3 xil kartochkalar tayyorlaniladi.
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1.Malumotlami chiqarish operatorining vazifasi nima?
2. Ma'lumotlami chiqarish operatorida apostrof ichidagi yozuvlar nima?
Yangi mavzuni bayoni
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
Mavzuni yoritish quyidagicha misolni tahlil etish bilan boshlanadi:
Misol. a=123, b=321 bo’lsa, a va b ning yig’indisini hisoblash dasturini tuzing.
Misol o’quvchilar bilan birgalikda yechiladi:
Var a,b : Integer;
Begin
a:=123; b:=321;
WriteLn(a+b);
End.
O’quvchilarga quyidagicha muammo qo’yiladi: Boshqa ikkita sonning (masalan, 456 va 876) yig’indisini hisoblash talab etilsa, nima qilish kerak? Albatta, bu holda dasturga quyidagicha o’zgartirish kiritiladi:
a:=123; b:=321; o’rniga a:=456; b:=876; yoziladi.
Agar bir nechta sonlar juftliklarining yig’indilarini hisoblash kerak bo’lsa-chi? Har safar dasturni o’zgartirish kerakmi? Bu muammoning sababini aniqlashga harakat qiling. Dasturlashda qanday imkoniyat bo’lsa, bu muammo vujudga kelmaydi?
Muammoning sababi: qo’shiluvchilarning qiymatlari dastur tuzish jarayonida kiritilishida. Agar dastur ishlab turdan vaqtda qo’shiluvchilarga qiymat berish imkoni bo’lganida, yangi qiymatlarni kiritish uchun dasturni o’zgartirish shart bo’lmasdi.
Paskalda o‘zgaruvchilarga qiymat berishning o‘zlashtirish operatoridan tashqari boshqa usullari ham bor. Ulardan biri ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish deyiladi va kiritish operatori yordamida amalga oshiriladi. Kiritish operatoridan o‘zgaruvchilarga dastur bajarilishi davomida kompyuter klaviaturasidan qiymat berish uchun qo‘llaniladi. Mazkur operator quyidagi ikki xil ko‘rinishga ega:
Read(kiritish ro‘yhati)
ReadLn(kiritish ro‘yhati),
bu yerda Read va ReadLn – Paskalning hizmatchi so‘zlari (read (ing.) – o‘qish), kiritish ro‘yhati esa bitta yoki o‘zaro vergul bilan ajratilgan bir nechta o‘zgaruvchidan iborat. Masalan,
Read(a); Read(alfa,betta); ReadLn(_name);.
Kiritish operatori dastur ishlashini to‘xtatadi va ro‘yhatdagi o‘zgaruvchilarga klaviatura orqali qiymat berilishini kutadi. Agar ro‘yhatda bir nechta o‘zgaruvchi bo‘lsa, ularning qiymatlari o‘zaro probel (bo‘sh joy) bilan ajratib kiritiladi. Barcha qiymatlar kiritib bo‘lingach klavishasi bosiladi.
Read va Readln operatorlarining farqi shundaki, Read operatori yordamida ma’lumotlar kiritilgach yurgich ekranning shu satrida qoladi, ya’ni kiritiladiga ma’lumotlar shu satrda (yurgich turgan joyda) kiritiladi. Readln operatorida esa ma’lumotlar kiritilib bo‘lingach yurgich keyingi satr boshiga o‘tadi.
Quyidagilarni yodda saqlang:
Kiritish operatori dastur ishlashini to‘xtatadi.
Kiritish operatori ro‘yhatdagi o‘zgaruvchilarga klaviatura orqali qiymat berilishini kutadi.
Bitta kiritish operatori orqali bir nechta o’zgaruvchiga qiymat berish mumkin.
Kiritish ro‘yhatda bir nechta o‘zgaruvchi bo‘lsa, ular o’zaro vergul bilan ajratiladi.
Agar ro‘yhatda bir nechta o‘zgaruvchi bo‘lsa, ularning qiymatlari o‘zaro probel (bo‘sh joy) bilan ajratib kiritiladi.
Barcha qiymatlar kiritib bo‘lingach klavishasi bosiladi.
IV.Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va mashqlar yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
V.O`quvchilarni baholash: Berilgan savollarga javob bergan o`quvchilarga hamda darslikdagi mashqlarni to`g`ri bajargan o`quvchilarga, kompyuterda dasturning natijasiga erishgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari tarqatilinib, dars so`ngida baholanadilar.
VI.Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 3-, 4- mashqlar.
2*. Darslikdagi 2-, 5-mashqlar.
O’IBDO’ _____________
Informatika
Mavzu: 24 – dars. Takrorlash darsi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: O‘quvchilarni Paskal dasturlash tilida ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish operatori mavzusini takrorlash.
b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni o`zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
|
Dars o`tish metodi
|
Darsning jixozi
|
Darsning texnik jixozi
|
Aralash
|
“Aqliy hujum”
|
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat kartochkalari
|
Kompyuter
|
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash Siyosiy daqiqa. Yurtimizda hamda chet davlatlarda bo’lib o`tayotgan siyosiy yangiliklar, o`zgarishlar haqida suhbatlashiladi.
Rag`bat uchun 3 xil kartochkalar tayyorlaniladi.
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. Read, Write so’zlari qanday ma'no beradi?
2. Ma 'lumotlarni muloqat holida kiritish operatorining vazifasini aytib bering.
3. Ma 'lumotlarni kiritish operatorining necha xil ko 'rinishi bor? Ularning farqi nimada?
4. O’zgaruvchilarga qiymat berishda o’zlashtirish operatorining qulaylik tomonini tushuntiring.
Yangi mavzuni bayoni
Dars amaliy shaklda olib boriladi.
1. Quyidagi dasturda a o’zgaruvchining “ozod”; “obod” qiymatlarini xotiraga qulay usulda kiritib natija oling.
Var a, b, g: string;
Begin
b:= ‘Bizdan ‘; g:= ‘ vatan qolsin!‘; write(b, a, g); readln;
End.
2. Quyidagi dasturdagi so’roq belgisi o’rniga joriy yilni m o’zgaruvchi yordamida kiriting va mustaqilligimiz bilan tabriklovchi natija oling.
Var a, b, g: string; m: word;
Begin
write(‘Joriy yilni kiriting: ‘); ?;
a:= ‘Mustaqillikning ‘; g:= ‘ yilligi bilan ‘; b:=’tabriklaymiz!‘;
writeln(a); writeln(m–1991, g); write(b); readln;
End.
3. Agar jismga ta’sir etayotgan kuch F, olgan tezlanishi a bo’lsa, quyidagi qiymatlarda jismni massasini hisoblash dasturini kiritish operatoridan foydalanib tuzing (yo’llanma m=F/a) va natijalar oling.
a) F=15, a=55; b) F=55, a=15; d) F=10, a=100; e) F=100, a=10;
4. a=19, b=2, d=1950 qiymatlarni xotiraga qulay usulda kiritib quyidagi ifodalarning qiymatini hisoblash dasturini tuzing.
a) ; b) ; d) ; e) .
5. Tomonlari a, b, c bo‘lgan uchburchakning yuzini hisoblash dasturini kiritish operatoridan foydalanib tuzing va natijalar oling.
a) a=5, b=7, c=4; b) a=8, b=6, c=10; d) a=3, b=4, c=5; e) a=10, b=8, c=10;
6. y=23x+1 funksiyaning qiymatini x ning –5, –4, –3, –2, –1, 0, 1, 2, 3, 4, 5 qiymatlarini xotiraga qulay usulda kiritib hisoblash dasturini tuzing va natijalar oling.
7. funksiyaning qiymatini x ning –5, –4, –3, –2, –1, 0, 1, 2, 3, 4, 5 qiymatlarini xotiraga qulay usulda kiritib hisoblash dasturini tuzing va natijalar oling.
Qo’shimcha mashqlar.
Ikkita a va b haqiqiy sonlar berilgan. Bu sonlar kublarining o’rta arifmetik va modullarining o’rta geometrik qiymatlarini toping.
Berilgan r radiusga asosan aylana uzunligini, doira yuzini va shar hajmini toping.
(x1,y1) va (x2,y2) koordinatalarga ega nuqtalar orasidagi masofani toping.
Uchburchakning a, b, c tomonlariga asosan uning yuzasini Geron formulasi yordamida hisoblang: .
IV.Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Qo’shimcha mashqlar yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
V.O`quvchilarni baholash: Berilgan savollarga javob bergan o`quvchilarga hamda darslikdagi mashqlarni to`g`ri bajargan o`quvchilarga, kompyuterda dasturning natijasiga erishgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari tarqatilinib, dars so`ngida baholanadilar.
VI.Uyga vazifa:
Darslikdagi ishlanmay qolgan mashqlar.
O’IBDO’ _____________
Informatika
Mavzu: 25 – dars. Ekran bilan ishlash operatorlari
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: O‘quvchilarga Paskal dasturlash tilida ekran bilan ishlash operatorlari haqida tushuncha berish.
b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni o`zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
|
Dars o`tish metodi
|
Darsning jixozi
|
Darsning texnik jixozi
|
Aralash
|
“Aqliy hujum”
|
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat kartochkalari
|
Kompyuter
|
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash Siyosiy daqiqa. Yurtimizda hamda chet davlatlarda bo’lib o`tayotgan siyosiy yangiliklar, o`zgarishlar haqida suhbatlashiladi.
Rag`bat uchun 3 xil kartochkalar tayyorlaniladi.
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. Read, Write so’zlari qanday ma'no beradi?
2. Ma 'lumotlarni muloqat holida kiritish operatorining vazifasini aytib bering.
Yangi mavzuni bayoni
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
Avvalgi darsdagi ikkita son yig’indisini hisoblash dasturini bir necha bor ishlatiladi. O’quvchilar har safar yangi natija chiqishi bilan birga eski natijalar ham ekranda saqlanib qolishini kuzatadilar. Yangi natijani chiqarishdan oldin ekranni tozalash extiyoji tug’iladi. Paskalda shunday operator mavjud bo’lib, u ClrScr operatoridir. O’quvchilarga mazkur operatorni dasturga kiritish taklif etilib, u Crt moduli tarkibiga kirishi aytiladi. Savol-javob usulida dasturga modul qanday kiritilishi aniqlab olinadi.
Bu darsda birinchi marta dasturda modul ishlatiladi. Shu bois unga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ekranga ma’lumotlarni chiroyli ko’rinishda chiqarish uchun Crt modulida matnga va fonga rang berish (TextColor va TextBackGround), matnni ekranning ko’rsatilgan joyidan chiqarish (GotoXY) imkonini beruvchi operatorlar mavjud. Crt moduli tarkibiga bulardan tashqari yana bir qancha operatorlar kirishini aytish kerak. O’quvchilarda Crt moduli faqatgina yuqorida sanab o’tilgan operatordan iborat degan fikr qolmasligi lozim. Misol sifatida KeyPressed va ReadKey operatorlarini ko’satish mumkin.
Quyidagi jadvalda Paskalda qo‘llaniladigan ranglarning kodlari va ularga mos konstantalar nomlari keltirilgan:
Rang
|
Kodi
|
Konstanta nomi
|
|
Rang
|
Kodi
|
Konstanta nomi
|
Qora
|
0
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |