O’IBDO’ _____________
Informatika
Mavzu: 11 – dars. Nazorat ishi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: O O‘quvchilarni bilim, ko’nikma, malakalarini tekshirish.
b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni o`zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
|
Dars o`tish metodi
|
Darsning jixozi
|
Darsning texnik jixozi
|
Nazorat ishi
|
“Aqliy hujum”
|
Nazorat ishi daftari
|
Kompyuter
|
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash Siyosiy daqiqa. Yurtimizda hamda chet davlatlarda bo’lib o`tayotgan siyosiy yangiliklar, o`zgarishlar haqida suhbatlashiladi.
Rag`bat uchun 3 xil kartochkalar tayyorlaniladi.
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. Nishon nima uchun kerak?
2.Tarmoqlanish operatirining umumiy ko`rinishi qanday?
Yangi mavzuni bayoni
I - variant
1. Tezligi V km/soat bo‘lgan mashinaning T soatda bosib o‘tgan yo‘lini hisoblash algoritmini tuzing.
2. Uchta a, b, c sonlar berilgan. Agar shart bajarilsa, bu sonlarning yig‘indisini, aks holda ularni modullari ko‘paytmasini chop etuvchi algoritm tuzing.
II - variant
1. Tomoni A ga teng kubning yon tomoni yuzasini hisoblash algoritmini tuzing.
2. Uchta a, b, c sonlar berilgan. Tomonlari a, b, c bo’lgan uchburchak mavjud yoki mavjud emasligini aniqlovchi algoritm tuzing (javob mavjud yoki mavjud emas).
III - variant
1. Uchburchakning tomonlari a, b, c bo‘lsa, uning perimetri kvadratini hisoblash algoritmini tuzing.
2. funksiya berilgan bo’lsin. x ning qiymati bo’yicha y ni hisoblash algoritmini tuzing.
IV - variant
1. a, b va c sonlar berilgan. a va c ning ayirmasi modulini, b va c ning yig‘indisi yarmini, a va b ning ko‘paytmasini hisoblash algoritmini tuzing.
2. Ikkita x, y sonlar berilgan (x<>y). Ular ichida eng kichik sonni bu ikki son ko‘paytmasi bilan, eng kattasini esa bu sonlarning yig’indisi bilan almashtiruvchi algoritm tuzing.
V - variant
1. a, b va c sonlarning o‘rta arifmetigini hisoblash algoritmini tuzing.
2. x va y sonlar berilgan. Agar x<y bo‘lsa m ni 1 ga, aks holda esa m ni 0 ga tenglovchi algoritm tuzing.
VI - variant
1. Teng yonli uchburchakning yon tomoni a ga, asosiga tushirilgan balandligi h ga teng. Uchburchakning yuzini hisoblash algoritmini tuzing.
2. Ikkita a va b sonlar berilgan. Agar b son a dan kichik bo’lsa, u holda b ni nol bilan almashtiruvchi, aks holda b o’zgarishsiz qoldiruvchi algoritm tuzing.
VII - variant
1. a, b, c sonlar kubinining o‘rta arifmetigi kvadratini hisoblash algoritmini tuzing.
2. Uchta a, b, c sonlar berilgan. Ular ichida manfiy bo’lmagan sonlar kubini hisoblash algoritmini tuzing.
VIII - variant
1. Radiusi R ga teng doira yuzini radiusi R ga teng aylana uzunligiga nisbatini hisoblash algoritmini tuzing.
2. Uchta a, b, c sonlar berilgan. a< b–c shart bajarilsa “Ha”, aks holda “Yo‘q” deb javob chiqaruvchi algoritm tuzing.
IX - variant
1. Radiusi R ga teng doira markazi atrofida 5 marta aylanganda uning biror nuqtasi bosib o‘tgan yo‘lni hisoblash algoritmini tuzing.
2. Uchta a, b, c sonlar berilgan. Agar shart bajarilsa, u holda bu sonlarning har birini ikki marta kattalashtirib yig‘indisini, aks holda ularning ko‘paytmasini hisoblash algoritmini tuzing.
X - variant
1. x, y, z sonlar berilgan. Tomonlari x, y, z bo’lgan uchburchakning yuzini hisoblovchi algoritm tuzing.
2. Ikkita x, y sonlar berilgan (x<>y). Ularning yig‘indisi ko‘paytmasidan katta bo‘lsa, “bajariladi” aks holda “bajarilmaydi” degan xabar chiqaruvchi algoritm tuzing.
XI - variant
1. Tomoni a va b sonlarga teng to‘g‘ri to‘rtburchak berilgan. Shu to‘rtburchakka tomoni birga teng nechta kvadrat sig‘ishini aniqlovchi algoritm tuzing.
2. funksiya berilgan bo’lsin. x ning qiymati bo’yicha y ni topish algoritmini tuzing.
XII - variant
1. Radiusi R ga teng doiraning diametriga teng tomonli kvadratni perimetri va yuzini hisoblash algoritmini tuzing.
2. a va b sonlar berilgan. Agar ularning ko‘paytmasi musbat bo‘lsa, kvadrat ildizini, aks holda ularning ko‘paytmasiga 100 ni qo‘shib chiqaruvchi algoritm tuzing.
O`quvchilarni baholash: Berilgan savollarga javob bergan o`quvchilarga hamda darslikdagi mashqlarni to`g`ri bajargan o`quvchilarga, kompyuterda dasturning natijasiga erishgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari tarqatilinib, dars so`ngida baholanadilar.
Uyga vazifa:
Mavzularni takrorlash.
O’IBDO’ _____________
Informatika
Do'stlaringiz bilan baham: |