askar
bola
ikkita bola
Masalani soddalashtirish uchun 59 ta askarni unutib masalani faqat bitta askar uchun yechamiz. Yana esda tutish kerakki, bolalar qayiqni qaytarib olishlari shart! Bu ish ham vijdonan ham zaruriydir, chunki keyingi askar ham daryodan o’tib olishi kerak. Yechim quyidagicha:
ikkita bola
bola
askar
bola
To’g’riligiga ishonch hosil qilmoqchimisiz? Yaxshi, avvalgi bobdagi kabi yordamchi jadval tuzamiz:
Ko’rsatma
|
Chap qirg’oq
|
O’ng qirg’oq
|
|
ikkita bola, askar, qayiq
|
|
ikkita bola
|
askar
|
ikkita bola, qayiq
|
bola
|
bola, askar, qayiq
|
bola
|
askar
|
bola
|
bola, askar, qayiq
|
bola
|
ikkita bola, qayiq
|
askar
|
Endi bitta askar uchun yechim topilgach bizni asosiy masalamiz uchun yechim topish qiyin emas – huddi shu ko’rsatmalar ketma-ketligini yana 59 marta takrorlash kifoya. Yozishni hozirdan boshlayverishingiz mumkin, bir soat balki ishni tugatishingiz uchun yetib qolar. Ishni tugatib bo’lganingizdan so’ng (agar daftaringizda bo’sh joy qolgan bo’lsa), shu masala yechimini 600 ta askar uchun yozing. Albatta, bu hazil!
Do'stlaringiz bilan baham: |