Mavzu: 1 ­­– dars. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Darsning maqsadi



Download 2,64 Mb.
bet16/202
Sana24.06.2021
Hajmi2,64 Mb.
#100424
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202
Bog'liq
9-sinf kons

Yangi mavzuni bayoni

Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.

Inson hayoti davomida katta-yu-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga xilma-xil misollar keltirish mumkin.



1 – misol. Choy damlash maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsin. U holda choy damlayotgan kishi hammamizga odatiy hol bo‘lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo‘ladi:

  1. choynak qopqog‘i ochilsin;

  2. choynak qaynoq suv bilan chayilsin;

  3. choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;

  4. choynak to‘lguncha qaynagan suv quyilsin;

  5. choynak qopqog‘i yopilsin;

  6. choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa dam yedirilsin.

Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqacha aytganda, ko‘rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Bunday amallar ketma-ketligi informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so‘zi bilan ifodalanadi.

Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783 yilda tug‘ilgan) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozma nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola “Dixit Algoritmi”, ya’ni “Dediki Alxorazmiy” iborasi bilan boshlanadi.



Algoritm deganda biror maqsadga erishishga qaratilgan ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan ko‘rsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi.
Demak, yuqorida keltirilgan misollardagi ko‘rsatmalar ketma-ketligi algoritm va bu algoritmlarni bajarayotgan inson – ijrochi bo‘lar ekan. Birinchi misoldagi ko‘rsatmalar “Choy damlash algoritmi” deb ataladi. Bundan shunday hulosaga kelamiz: inson hayotida ko‘zlagan maqsadiga erishishi uchun ijrochi sifatida ko‘plab algoritmlarni bajaradi. Ko‘pgina algoritmlar inson uchun odat bo‘lib qoladi. Masalan, taom tayyorlash, ovqatlanish, tartibli kiyinish, honadan chiqish, yozish, bir joydan ikkinchi joyga borish va hokazo.

Ijrochi bajara olishi uchun algoritm unga aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. Algoritm ijrochi tushunadigan tilgagina emas, balki uning bilim va malakasiga ham mos bo‘lishi kerak. Aks holda ijrochi birorta ham ko‘rsatmani bajara olmasligi mumkin.




Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish