Soliq va maiburivatlar
Dehqonlardan salg’ut (yer) solig’i, chorvadorlardan zakot solig’i aholidan ruhoniylar uchun ushur solig’i olinardi. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Yer solig’i butun qabila yoki urug’ga bir yo’la solinardi. Oqibatda soliqning ko’p qismi kambag’allar bo’yniga tushardi. Bunday tartibdan boy tabaqalar foydalanar edi. Biy va amaldorlar ham go’yo o’z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo’shimcha soliqlar undirardilar. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan „qozon“ (xo’jalik) solig’i undirilar edi, yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilardi. Soliqlardan tashqari, kambag’allar kanal va ariqlar qazish, sug’orish inshootlarini tozalash ishlariga majburiy safarbar etilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |