Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi



Download 194,77 Kb.
bet149/223
Sana30.12.2021
Hajmi194,77 Kb.
#196033
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix

Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi

Qoraqalpoq davlatchiligi no’g’ay (mantag’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida 14-asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. 1419-yilda Idigu o’ldirilgach, taxt uchun kurash kuchayib, xonlik kuchsizlanadi. 16-asrning ikkinchi yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga-Olti ul o’rdasi Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan. 17-asrning boshlarida no’g’aylar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylariga bostirib kelgan jung’orlar (qalmoqlar) tomonidan tormor etiladi. No’g’aylar Qrimga ko’chib ketishga majbur bo’lganlar. Ularning Olti ul o’rdasi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo’ylariga kelib o’rnashadilar. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig’i) muhim o’rin tutgan. Biylar qoraqalpoq umg’lariga boshchilik qilganlar, shuningdek, qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. 16-17-asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga, yo qozoq xonlariga tobe bo’lgan.18-asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qora-qalpoqlar birlashish jarayonida Sig’noq va Jonkent singari qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. Qoraqalpoqlarning birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G’oyib sultonlar muhim ro’l o’ynaganlar. Buning natijasida 1714-yilda Sirdaryobo’yi qoraqalpoqlari o’z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida davlatga-qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo’ylari jung’orlari, Boshqird ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi. 1723-yilda jung’orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o’rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko’chishga majbur bo’ladi. Ko’chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo’linib ketdi, bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi-Toshkent tomonga, ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar”, „quyi qoraqalpoqlar“ga bo’linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o’rtasidagi bo’sh yotgan yerlarga ham o’rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug’ullandilar.




Download 194,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish