Dishan qal’a
Dishan qal’a-Tashqi qal’a Xiva shahrining rabot qismi hisoblanadi. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, devorining qalinligi esa 5-6 metr bo’lgan devor bilan o’ratgan.
Ichan qal’ada 4 darvoza bo’lsa, Dishan qal’a 10 darvozali bo’lgan. Dishan qal’aning ko’chalari Ichan qal’aning ko’chalari davomi tarzida qurilgan. Shahaning tim va savdo rastalari Dishan qal’ ada joylashtirilgan.
Hunarmandchilik.
18-asr ikkinchi va 19-asr birinchi yarmida ham avvalgi asrlarda mavjud
bo’lgan hunarmandchilikning har xil turlari yanada rivojlandi.
Me’morchilikning yuksalishi kulolchilikda ham o’z ifodasini topdi. Kulollar faqat alohida-alohida buyumlar tayyorlabgina qolmasdan, bir necha yuzlab lagan, tovoq va kosalardan iborat butun bir to’y marosimini o’tkazishga yetadigan to’y majmualarini ham tayyorlaganlar. Alohida tantanalar uchun maxsus to’y va podshoyi tovoqlar ham tayyorlangan.
19-asrning 30-40-yillariga oid manbalarda Xivada zargarlik yetakchi hunarlar qatorida tilga olingan. Xivaning bosh taqinchogl-jig’ a Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalariga ham keng tarqalgan. Isirg’alar feruza va maijonlar, bilaguzuklar esa toshlar bilan bezatilgan. Bilaguzuklarning og’irligi 300 g gacha bolgan. Xiva shahrida hunarmandchilikning yog’och o’ymakorligi, badiiy to’qimachilik, gilamchilik, kashtachilik, naqqoslilik kabi o’nlab turlari ham mavjud bo’lgan. 19-asrda Xiva yog’och o’ymakorligi maktabi xonlikda oldingi o’rinda turardi. U o’z badiiy yuksakligi bilan ajralib turardi. Bu o’rinda Olloqulixon saroyidagi Toshhovli ayvon ustunlari majmuyi o’zining ko’rkamligi bilan ajralib turadi.
19-asr o’rtalarida o’ymakori esliik va ustunlar ustasi Polvon Abdusattor o’g’lining nomi ayniqsa shulirat qozondi. Xiva shahri, ayni paytda, 20-asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to’qish markazi bo’lib qoldi. Hozirgi davrda ham gilam ustida ishlayotgan rassomlar 19-asrning birinchi yarmida yuksak darajada bo’lgan Xorazm amaliy bezagi va san’ati an’analariga tayanadilar. 19-asrda Xivada matoga gul bosish san’ati o’zining kulrang uyg’unligi va may da gullari bilan Markaziy Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilib turadi. Ichan qal’a ansambli me’moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan muzeyga aylantirilgan. 1990-yilda esa Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan. 1997-yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan katta ta’mirlash ishlari olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |