Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat



Download 165,41 Kb.
bet88/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Hunarmandchilik.

Hunarmandchilik amirlik shaharlarining iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega edi. Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to’qimachilik bo’lgan. Buxoro olachasi, bo’zi, bo’zga gul bosish yo’li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi, Samarqandning to’q qizil rangli baxmali mashhur edi. Yigirilgan ipdan ro’rnol, choyshab, salla to’qish ham keng tarqalgan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan yana biri-temirchilik va miskarlik bo’lib, o’roq, pichoq, shuningdek, qurol-yarog’ yasashgan. Temirchilar qilich, xanjar, oybolta, nayza, qalqon, kamon va uning o’qini yasar edilar. To’plar yasash ham yo’lga qo’yilgan. Zargarlik, kulolchilik, yog’ochsozlik ham muhim soha hisoblangan. Yog’ochdan eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq va boshqalar yasalardi. Yog’och o’ymakoriigi alohida ahamiyatga ega edi. Novdalardan savatlar to’qilardi. Uy sharoitida namat, gilam to’qish, oshlangan charmdan egar-jabduqlar, ayillar, pichoq qinlari, hamyonlar tikish ham keng rivojlangan.



Ichki savdo.

Davlat hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo’lmadi. Bu esa, o’z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. Natijada oddiy hunarmandchilik islilab chiqarishi manufaktura ishlab chiqarishi darajasiga ko’tarilmadi. Shuning uchun ham ichki bozorda odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi yetakchi o’rin egallagan. Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-tarozining to’g’riligi qattiq nazorat qilinar edi. Kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi, xususan, bundaylar yarimyalang’och holda aravada, bozor ahliga namoyish qilish uchun sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo’liga kirib, xaridomi aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi. Markaziy Osiyo, xususan, Buxoro bozorlari faqatgina xo’jalik vazifasini o’tab qolmagan. Ular ayni paytda o’ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o’tagan. Xususan, bozorlarda hukmdoning farmonlari o’qib eshittirilar, aybdorlar jazolanar, bayram kunlari esa turli tomoshalar ko’rsatilar edi.



Tashqi savdo.

Mamlakatning tashqi savdo aloqalari to’xtab qolgani yo’q. Buxoro Hindiston, Afg’oniston, Eron, Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borgan. Bu davlatlarga xonlikda ishlab chiqarilgan ip gazlamalar, baxmal, qog’oz, egar-jabduqlar, qurollarning ayrirn turlari, meva va boshqa mahsulotlar ortilgan savdo karvonlari qatnab turardi. Ba’zi savdo karvonlarining tuyalari bir necha yuz boshga yetardi. Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko’plab chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda hatto hind savdogarlari va sudxo’rlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor edi. Ular hind gazlamalari, bo’yoqlari, shifobaxsh va ziravor o’tlar, dori-darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar. Buxoro aholisini chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, tuyalar hamda hunarmandchilik buyumlari bilan ta’minlovchi qozoq cho’llarining aholisi bilan keng savdo olib borilardi. Ular xom teri, shuningdek, qo’y terisini turli ranglarga bo’yab tikkan kamzullari bilan ham mashhur edilar. Bu mahsulotlar Buxoro bozorlarining eng xaridorgir mahsulotlari edi. Qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilar edilar. Turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotardilar.




Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish