Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma material, test materiallari



Download 165,41 Kb.
bet41/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma material, test materiallari.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Ta’lim sohasidagi islohatlar.

Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohatlaro’tkazdi. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi.



Ilm-fan.

Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga-ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkunchixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar.

Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, jarroh mavlono Baqo, 1541-yilda ilmi tib va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, natijat-ulatibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy „Muzakkir alahbob“ asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi.

Matematika va astronomiya sohasida yozilgan asarlardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’rninobodiyning „Hisobi amali shabaka“, (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning „Risola dar ilmi hisob“, „Vaziyat bar chahor qism“, Tursun Zominiyning „Tuhfayi amir“, Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning „Ma’rifati samti qibla“ (Qibla tomonni topish ma’rifati), Mahmud ibn Ahmad Foriziyning „Risola dar muaddili qamar“ (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Said Muhammad Tohir ibn Abulqosimning „Ajoyib ut-tabaqot“ (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526-yili „Dastur al-iloj“, „Muqaddimoti dastur al-iloj“ (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan.


Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish