Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari



Download 165,41 Kb.
bet21/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Bobur Mirzoning Shayboniyxonga qarshi kurashi

Samarqand aholisi shayxulislom Abulmakarim boshchiligida temuriylar hukmdorligini tiklash chorasini izladilar. Samarqand rahnamolari Farg’ona hokimi Bobur Mirzoga maktub yo’llab, Samarqand taxtini egallashga da’vat etdilar. Sulolasi manfaatlariga sadoqatli bo’lgan Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida-Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi. Aholi tomonidan Samarqandning darvozasi Bobur Mirzoga ochib berildi va uning qo’shini shiddat bilan hujum qilib, Shayboniyxonning bu yerda qoldirib ketgan 600 kishilik askarini qirib tashladi. Shunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi va bo’lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Bobur Mirzo ham qish bo’yi urushga jiddiy tayyorgarlik ko’rdi. 1501-yil aprelida Zarafshon bo’yidagi Saripul qishlog’i yaqinida yuz bergan og’ir urushda Bobur Mirzo yengildi. Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi. G’olib Shayboniyxon Samarqandni qamal qilib, Bobur Mirzoga sulh taklif qildi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda haqoratli bo’lsa-da, unga rozi bo’lmaslikdan boshqa chorasi yo’q edi. Bobur Mirzo Kobulga borib, bu yerda 1504-yilning sentabr oyida hokimiyatni qo’lga kiritdi. Bobur Mirzo el-yurt obodonchiligi va ravnaqi yo’lida odilona ish yuritib, qudratli davlat boshlig’i sifatida katta obro’ qozondi. 1510-yili, Shayboniyxon halok bo’lgach, Bobur Mirzo qalbida shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish umidi paydo bo’ldi. Ana shu niyatda u shoh Ismoil elchisini Kobulda juda ochiq chehra bilan kutib oldi. Elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga birgalikda Samarqandga qo’shin tortishni taklif qilganligini aytadilar. Bobur Mirzo bu taklifni qabul qildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur (16-asrda ishlangan miniatura). Bobur 1511-yil kuzida shoh Ismoil yordamida Samarqandni uchinchi marta qo’lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Shoh Ismoil islomning shia oqimiga e’tiqod qilardi. Shuning uchun ham Samarqand xalqi uni qo’llab-quvvatlamadi. Bu orada Bobur Erondan kelgan qo’shinlarga javob berib yuborgan ham edi. Bunday qulay fursatdan foydalangan Shayboniyxon avlodi Ubaydulla Sulton bilan Muhammad Temur Sulton boshqa mahalliy sultonlarning yordamiga tayanib, Boburga qarshi yurish boshladilar. 1512-yil 28-aprelda cho’li Malikda bo’lgan jangda Bobur yengilib, Hisorga chekindi. Shayboniyxon avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam berish maqsadida o’zining nomdor sarkardalaridan amir Ahmad (laqabi „Najmi Soniy“, ya’ni ikkinchi yulduz) boshchiligida qo’shin yubordi. Ular birlashib, Amudaryodan o’tib G’uzor va Qarshini egallaydi. Biroq 1512-yil 24-noyabrda G’ijduvonda bo’lgan jangda Ubaydulla Sulton g’olib chiqadi. Bu jangda Najmi Soniy oldirildi. Eron qo’shinining ozgina qismi qochib ulgurdi. Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga qadar Kobulni idora qildi. So’ngra Kobulni ikkinchi o’g’li Komron Mirzoga qoldirib, o’zi Hindiston sari yurish boshladi. Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo’lganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlami bitgan edi:


Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish