Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Amir Nasrullo istilosidan keyingi siyosiy ahvol



Download 165,41 Kb.
bet182/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Amir Nasrullo istilosidan keyingi siyosiy ahvol

Amir Nasrulloning Qo’qon xonligidagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Chunki amirning Qo’qondagi noibi Ibrohim dodxoh Qo’qon xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo’shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlami ham to’lashga majbur qilgan. Natijada, butun Qo’qon xonligi hududida 1842-yili katta qo’zg’olon ko’tariladi. Uning oqibatida amirning Qo’qondagi noibi va beklari hokimiyati tugatildi. Buxoro amiri hukmronligiga Qarshi qo’zg’olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar Farg’ona vodiysida ko’chib yurgan qipchoqlar madadiga tayangan edilar. Qo’zg’olon natijasida Qo’qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Taxtga Norbo’tabiyning ukasi Hojibekning o’g’li Sherali o’tqizildi. Qo’qon xonligi mustaqilligini tiklashda minglar qabilasiga katta madad bergan qipchoqlar xonlikning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta mavqega ega bo’lib oldilar. Qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi etib tayinlandi. Qo’qondagi mag’lubiyatga chiday olmagan Amir Nasrullo yana Qo’qonga yurish qiladi. U Qo’qon shahrini 40 kun qamalda tutadi. Biroq Amir Nasrulloning qamalni davom ettirishiga Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro amirligiga qilgan hujumi xalaqit berdi. Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo’ldi. Sheralixonning hukmronligi davrida aholidan soliq undirish kuchaydi. Bu hol mehnatkash aholining noroziligini keltirib chiqardi. Bundan tashqari, davlatda muhim lavozimlarni egallab olgan qipchoqlar davlat ishlarida o’z hukmronligini o’tkazishga, o’zbek, qirg’iz va tojiklarning mamlakat hayotidagi ta’sirini kamaytirishga urindilar. Qipchoqlar Qo’qonga ko’plab ko’chib kela boshlagach, mahalliy aholining uy-joyini, mol-mulkini zo’ravonlik bilan ola boshladilar. Bular xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilikni kuchaytirdi. Musulmonqul 1845-yilda soliqlarning haddan tashqari og’irligidan norozi bo’lib qo’zg’olon ko’targan O’sh xalqi qo’zg’olonini bostirish uchun qo’shin bilan yuborildi. Bu paytda Isfara hokimi Samarqandda istiqomat qilib turgan marhum Qo’qon xoni Olimxonning o’g’li Murodxonni olib kelib Qo’qon taxtiga o’tqizadi va Sheralixon oldiriladi. Musulmonqul o’z qo’shini bilan Namanganga keladi. Ishni avval qizini marhum Sheralixonning o’g’li Xudoyorxonga nikohlab berishdan boshlaydi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan hokimi edi. Shundan keyin Musulmonqul Qo’qonga kelib Murodxon va uni qo’llab-quvvatlaganlami fitnachi sifatida ayblab, ularni qatl ettiradi. Kuyovi Xudoyorxonni esa taxtga o’tqizadi.




Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish