Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Munosabatlarda Rossiya imperiyasi tazyiqining kuchayishi



Download 165,41 Kb.
bet213/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Munosabatlarda Rossiya imperiyasi tazyiqining kuchayishi

16-asrdan boshlab Rossiya imperiyasining o’zbek xonliklari bilan bo’lgan kuchayishi munosabatlarida tazyiq o’tkazishi ustunlik qila boshladi. Bu Rossiya imperiyasining siyosatida Markaziy Osiyo xonliklarini savdo-sotiqda kamsitish, ularning tabiiy boyliklariga ko’z olaytirish, strategik maqsadlami ro’yobga chiqarish kayfiyatining kuchayganligida yaqqol namoyon bo’la boshladi.

Pyotr I Buxoro va Xiva xonliklarini siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas, deb hisoblab, ularga tazyiq o’tkaza boshladi. Bunga xonliklardagi ichki siyosiy ahvol ham qulay sharoit yaratib bergan edi. Masalan, Xiva xoni Shohniyoz 1700-yilda Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so’ragan. 1709-yili toj-u taxt vorisi Muhammad ham shunday qilgan edi. Pyotr I Xiva xonigajo’natgan yorlig’ida shunday gaplar yozilgan edi: „Shohona muruvvat ko’rsatib, xonning qo’l ostidagi jamiki narsalari bilan birga, abadiy tobeligimizga olamiz“. Biroq bu niyat u davrda amalga oshmay qoldi. Xivada boshlanib ketgan ichki urushlar va Rossiya imperiyasining „Shimoliy urush“ bilan bandligi bunga sabab bo’ldi.

1713-yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas rus ma’murlariga, Sankt-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko’p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Ana shu ma’lumotlar ta’sirida Pyotr I o’zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi. U ikki harbiy ekspeditsiya tashkil etadi. Biriga Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni, ikkinchisiga kapitan Ivan Buxgolsni rahbar etib tayinlaydi.

Bekovich-Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi tarkibida katta harbiy qo’shin bor edi. Ular 1717-yilda Xiva xonligi hududlariga kirib keladi va harbiy to’qnashuvlar boladi. Xiva xoni Sherg’ozixon hiyla ishlatib Bekovich-Cherkasskiyni qabul qiladi va uning qo’shinlarini qirib tashlaydi. Pyotr I uyushtirgan ekspeditsiyaning halokati Xiva-Rossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi.

„Buxgols ekspeditsiyasi“ga kelsak, uning qo’shini 1715-yili Toboldan Irtish bo’ylab Yorkentga yo’l oladi. Bu guruh Yamishchev ko’lida bo’lib, u yerda istehkom quradi. Biroq ular qalmoqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo’ladilar.

1717-yili Buxoro xoni Peterburgga o’z elchisini yuboradi. Elchi Qulibek Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g’alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov maktubini topshiradi. Abulfayzxon o’z maktubida, ayni paytda, Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so’ragan edi. Bunga javoban Rossiya hukumati 1721-yili Florio Benevenini elchi qilib jo’natadi. Rossiya elchisiga Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik yollarini o’rganish; rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko’ndirish; xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; qayerda qancha oltin borligini aniqlash va Ularni xaritaga tushirish; xonlikdagi qal’a va qo’shinlari ahvolini o’rganish hamda xonlikning Eron va Xiva bilan o’zaro munosabatlarini o’rganish vazifalari yuklatilgan edi. F. Beneveni Buxoroga yetib keladi va Abulfayzxon qabulida bo’ladi. F. Beneveni Buxoroda 3,5 yil turdi va o’z oldiga qo’yilgan masalalar bo’yicha qimmatli ma’lumotlar to’plashga muvaffaq bo’ldi. Ularni Sankt-Peterburgga ochiq va shifrlangan xat orqali jo’natib turdi. Hukumatning barcha topshiriqlarini bajargan F. Beneveni 1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi.


Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish