Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning bir qator xalqaro konferentsiyalarda hamda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishiga doir o’tkazilgan yig’ilishlarda O’zbekiston-AQSH munosabatlari borasida qilgan ma’ruzalari va bildirgan fikr - mulohazalari tadqiqot ishini amalga oshirishda uslubiy asos vazifasini o’tadi.
Tadqiqot ishiga “Yangi Ipak yo’li” hamda F.Starning “Katta Markaziy Osiyo”, Z.Bjezinskiyning “Katta O’yin” kontseptsiyasi nazariy asos qilib olindi.
Tadqiqot ishida tizimli yondashuv asosida retrospektiv, qiyosiy hamda omilli tahlil metodlaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |