Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari


Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya



Download 61,42 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2022
Hajmi61,42 Kb.
#676300
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TRansmilliy bank

1.3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya
munosabatlarining roli va ahamiyati
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolutsiyasi bilan uzviy bog'liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo'jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Jahon xo‘jaligi bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o‘zaro bog‘liq milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. Jahon xo‘jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati muhim o'rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir. Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o‘ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konvensiya) xalqaro iqtisodiy munosabat larni rivojlantirishga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligi tizimida teztez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o‘rganishni taqozo etadi:

  • xalqaro valuta munosabatlari;

  • xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar;

— xalqaro savdo munosabatlari;
—investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati;
—mamlakatlar to‘lov balanslarini boshqarish;
—xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
—xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshqalar.
Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo'jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi milliy iqtisodiyotlar yig‘indisidan iborat bo'lgan global iqtisodiy tizim bo‘lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o‘zgarib boradi. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo‘ladi: Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
— mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;

  • ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish;

  • jahon xo'jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish;

—xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish;
—yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish.
Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi. Xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o‘rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi. Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi. Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o‘rin tutadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi. Mamlakatlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimining tashkil qilinishi. Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko'rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin:
— eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi;

  • import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi;

  • tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi.

Mazkur ko'rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin. Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan o‘zgarishlar xalqaro moliya munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendensiyalarini belgilab berdi:

  • xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko‘p tomonlama munosabatlarga o‘tish;

  • jahon xo‘jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

  • xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko‘rsatish vositasiga aylanib borishi;

  • kapital migratsiyasining globallashuvi;

  • hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va jadallashuvi.

Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapitalning xalqaro harakati, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko‘rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga imkon yaratdi Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini ta’minlash; xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish; milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o‘zgarishlarga moslashtirish; mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida tavsiyalar berish. Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezidentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo‘llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi: birinchidan, turli mamlakat rezidentlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o‘zaro hamkorlikka; ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlariga; uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o'rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi alohida o‘rin tutmoqda. Ushbu holat o‘z navbatida xalqaro valuta munosabatlari va xalqaro hisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


Download 61,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish