Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari


Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya



Download 52,85 Kb.
bet5/9
Sana17.07.2022
Hajmi52,85 Kb.
#814774
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Xalqaro Kapital bozori moliyaviy bozor va uning rivojl.docx888888888888888888888 9 8899686935

1.2. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya
munosabatlarining tutgan o‘rni
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bogiiqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi. Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi boigan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga tegishli boigan xorijiy valutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir. 1970-yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlar sodir boidi va mazkur o‘zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi o‘zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan transmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular tomonidan butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko‘p sonli xorijiy filiallarga ega bo‘lgan transmilliy banklar muhim rol o‘ynadi. Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o‘zgarishi bilan bog'liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo‘nalishi nafaqat xalqaro ayirboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham bo‘ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to‘lov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi. Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat yevrokreditlarning o‘sishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir bo‘ldi. Yaponiya milliy valutasi «iena» hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi yevrovaluta bozorida keng qo'llanila boshlandi. 1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda yirik valuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo‘yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, yevroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan boshqa muhim o‘zgarishlar ham xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko'rsatdi. Ushbu o'zgarishlar jumlasiga jahon va hududiy valuta tizimlaridagi o‘zgarishlar, valuta tizimi tamoyillarining o‘zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro‘y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.
Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy muhitida birlashadi. Jahon moliyaviy muhiti investorlar va korporatsiyalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta'sir ko‘rsatadi hamda jahon moliya bozori o‘sishi sharoitini aniqlaydi. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
—valutalar ayirboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining birxillashuvi;

  • valuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valuta cheklovlarini tartibga solish;

— xalqaro valuta likvidligini tartibga solish;

  • kredit, sug‘urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish;

  • mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish.

Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o'rtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin. Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko'rsatuvchi asosiy subyekt hisoblanadi. Markaziy banklar — bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari bo‘lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valuta kursini tartibga solish, valuta zaxiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan. Xalqaro tashkilotlar — ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo‘lib, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlarga ega bo‘lgan holda jahon xo‘jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi. Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari — jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar. Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o‘ynaydi.

Download 52,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish