Mavzu :
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019-yilning 29-
aprel kuni "O‟zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‟g‟risida"gi Farmonni imzoladi. Farmon
bilan Xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga
oshirish uchun yo‟l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta‟lim tizimini
rivojlantirishning quyidagi yo‟nalishlarini belgilab berdi:
O‟zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for
International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‟quvchilarni baholash
dasturi reytingi bo‟yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‟or mamlakati qatoriga
kirishiga erishish;
uzluksiz ta‟lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek
professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o‟qitish
metodikasini
takomillashtirish,
ta‟lim-tarbiya
jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq ta‟limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq ta‟limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va
byudjetdan mablag‟ bilan ta‟minlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta‟minlashda maktabdan tashqari
ta‟limning zamonaviy usullari va yo‟nalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta‟lim tizimida
raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar ta‟lim-tarbiyasi uchun qo‟shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlarni o‟z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq
etish;
xalq ta‟limi tizimida faoliyat ko‟rsatishning jozibadorligini oshirish
maqsadida umumiy o‟rta ta‟lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‟lash,
moddiy rag‟batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich
oshirib borish.
Farmonga ko‟ra, konsepsiya tegishli davrga mo‟ljallangan maqsadli
parametrlar va yo‟nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‟l
xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
E‟tiborlisi, kontseptsiya xalq ta‟limi sohasidagi mavjud muammolarni
aniqlaydi. Umumiy o‟rta ta‟limni boshqarishda qator muammolar mavjud.
Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta‟minlash va moliyalashda
davlat tashkilotlari tomonidan qo‟llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta‟minlash
borasida ham kamchiliklardan holi emas.
Konsepsiya ta‟lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlarini belgilaydi.
Xususan, umumiy o‟rta ta‟lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, xorijiy tillar,
kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar
bo‟yicha yangi o‟quv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi.
O‟quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash
hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi.
Hujjatda ta‟kidlanganidek, fan olimpiadalarini o‟tkazish mezonlari xalqaro
olimpiada va musobaqalarning baholash tajribasi bo‟yicha qayta ko‟rib chiqiladi.
Iqtidorli o‟quvchilarni aniqlashda shaffoflik ta‟minlanadi. Ota-onalar ham
farzandlarini o‟qitish va tarbiyalash jarayoniga jalb etiladi.
Imkoniyati cheklangan o‟quvchilarning ta‟lim olishiga e‟tibor kuchaytirilib,
ta‟lim muassasalari tajribali o‟qituvchi-defektolog hamda psixologlar bilan
ta‟minlanadi.
Ushbu konsepsiya doirasida o‟qituvchi va rahbarlar ish faoliyati
samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‟lga
qo‟yiladi. Masofaviy ta‟lim sifatini yaxshilash bo‟yicha chora-tadbirlar amalga
oshiriladi.
Shu bilan birga konsepsiyaga ko‟ra o‟sib kelayotgan yosh avlodni ma‟naviy-
axloqiy va intellektual rivojlantirish yangi darajaga ko‟tariladi. O‟quv-tarbiya
jarayoniga ta‟limning innovatsion shakllari va usullari joriy etiladi. Uzluksiz ta‟lim
tizimi mazmuni sifat jihatdan yangilanib, kadrlar malakasi oshiriladi. O‟qitish
metodikasi takomillashtirilib, ta‟lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish
tamoyillari tatbiq etiladi. Xalq ta‟limi muassasalarining moddiy-texnika bazasi
mustahkamlanib, byudjetdan mablag‟ bilan ta‟minlash samaradorligi oshiriladi.
Umumiy o‟rta ta‟lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‟lash, moddiy
rag‟batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasi bosqichma-bosqich oshiriladi.
Xususan, maqsadli ko‟rsatkichlar asosida ta‟lim mazmuni samaradorligi
oshirilib, kadrlarning sifat tarkibini yaxshilanadi. Jamiyatda o‟qituvchilar maqomi
oshiriladi. Yoshlar ta‟lim-tarbiyasi uchun qo‟shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‟z ichiga olgan beshta tashabbus
amaliyotga tatbiq etiladi. O‟quvchilarni madaniyat va san‟at muassasalariga
jismoniy tarbiya, sportga keng jalb etiladi. Yoshlar o‟rtasida kompyuter
texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yo‟lga qo‟yiladi. O‟g‟il-qizlar
ma‟naviyati yuksaltirilib, ular o‟rtasida kitobxonlik keng targ‟ib qilinadi.
O‟quvchi-qizlarning kasbiy ko‟nikmalari rivojlantiriladi.
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
Do'stlaringiz bilan baham: |