Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik bizga boy va betakror o`tmishimizni, tarixiy va madaniy merosimizni xolisona va ilmiy o`rganishga imkoniyat yaratdi. Sobiq sho`ro mafkurasi xalqimiz yurtimiz tarixining ko`pgina zalvorli muammolarini o`z talablari doirasida, tarixiy haqiqatdan chekingan holda, buyuk davlatchilik shovinizmi g`oyalari asosida talqin qilishga majbur qildi. Ana shunday g`ayri ilmiy talqin etilgan masalalardan biri Amir Temur va uning o`zbek davlatchiligida, jaxon tarixida tutgan o`rni va tarixiy xizmatlarining hukumron mafkura izmiga bo`ysundirilgan holda talqin etilishidir. Amir Temur – tarixda eng buyuk shaxslardan biri. Ajablanarlisi shundaki, XIV asrning eng yorqin va mo`tabar zotining buyukligi keyinchalik har turli afsonalaru, uydirmalar girdobida qolib ketdi. Amir Temurning yirik davlat arbobi o`rta asr islohotchisi, jasur adolatpesha, fan va madaniyat homiysi sifatidagi siymosi har turli mafkuraviy
1 Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.T,1998,1-bet.
2 Islom Karimov Adolatli jamiyat sari T,1998, 32-bet
ta`surotlarga, kamsitilgan va adolatsiz baholarga qaramay,asirlar osha yashab keldi.
“Temuriylar davri tarixshunosligi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimni boshlar ekanman, bu mavzu bugun tarix fani va mustaqil O`zbekistonimizning ma`naviy salohiyati uchun naqadar dolzarb ekanligini angladim. Zero, ajdodlarimizdan bizga meros bo`lib kelgan tarixiy manbalar tarix guvohligini o`zida aks etgan o`tmish elchilaridir.
Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda: “Ota – bobolarimizning asrlar davomida to`plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o`zida mujassam etgan bu nodir qo`lyozmalarni jiddiy o`rganish davri keldi. Chunki, o`zingizga ma`lum, sho`rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag`batlantirilmas edi, hukmron mafkura mahfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko`zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. Ahvol shu darajaga brogan ediki, o`z tariximizni o`zimiz yozish huquqidan mahrum bo`lib qoldik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o`qir edik”.1
Mustabid sho`ro tuzumi davrida sohibqironning shaxsiga, faoliyatiga bir yoqlama baho berildi, unga tuhmat – bo`hton toshlari yog`ildi. Bu adolatsizlik yurtboshimiz asarlarida qayta – qayta takidlanadi. Jumladan, I.A.Karimov yozadi “ sobiq mustabid davrida yaratilgan tarixiy asarlarda Amir Temur shaxsi va faoliyati adolatsizlik bilan bir yoqlama baho berildi… Ana shunday noto`g`ri va g`ayri ilmiy qarashlariga tanqidiy baho berib, Amir Temurga nisbatan tarixiy adolatni qaror toptirish bugungi Temurshunoslikning muhim vazifalaridan biridir”. 2
Do'stlaringiz bilan baham: |