Ikkinchi Ko‘rsatgich. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining
Oktyabr inqilobi va sotsialistik qurulish bo‘limidagi fondlarini o’ ichiga oladi.
Mazkur fondlarini shu davr uchun nashr qilingan ko‘rsatgich bo‘yicha ko‘rib va
tanishib chiqamiz. Ko‘rsatgichning birinchi bo‘limi “Turkiston territortyasida Muvaqqat hukumatning tuzilishi va ishchi-soldat deputatlari Soveti (oktyabrgacha) deb nomlangan, bunda Vaqtli hukumatning Turkiston Komiteti haqidagi hujjat 1760- fondda va Turkiston o‘lka soldat va ishchi deputatlar Soveti (1-chaqirig‘i) haqidagi hujjatlar esa 1613-fondda saqlanmoqda. “Davlatning oliy organlari va davlat boshqarmalari” deb nomlangan ikkinchi bo‘lim ham o‘z navbatida 5 bobdan iboratdir. Birinchi bob – Turkiston ASSRning davlat organlari va davlat boshqarmalari deb atalgan hujjatlar 17, 13, 16, 25, 20, 18, 111, 39, 621, 38, 35, 606, 34, 208, 33, 37, 337, 29, 182, 184, 215,41 va 21-fondlarda; ikkinchi bob – “Buxoro Sovet Xalq Respublikasi davlat organlari” deb nomlangan hujjatlar 46, 47, 48, 49, 50, 1616, 56, 57, 61, 63, 58, 62, 51, 52, 53, 68-fondlarda saqlanmoqda; uchinchi bob – “Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat hokimiyati organlari va boshqarmalari”ga doir hujjatlar 71, 72, 73, 74 va 75-fondlarda; to‘rtinchi va beshinchi boblar – “O‘zbekiston SSR Davlat organlari va davlat
boshqarmalari faoliyati”ga doir hujjatlar – 87, 86, 225, 837, 1807, 85, 95, 81, 2027,
1, 9, 11-fondlarda saqlanmoqda. Uchinchi bo‘lim “Adliya va sud organlari” deb nomlangan bo‘lib, bu hujjatlar 904, 344, 343, 354, 345, 1713 va 1714-fondlardan o’rin olgan. “Xalq xo‘jaligi tashkilotlari, muassasalari va korxonalarining faoliyati”ga doir to‘rtinchi bo‘limning o‘zi ham 7 bobga bo‘linadi. Birinchi bob – “Planlashtirish va statistika” deb ataladi va u 88, 10-va boshqa fondlarda; “Moliya” deb nomlangan ikkinchi bobdagi hujjatlar 93, 1680, 335, 634, 2086, 430, 333, 332, 436-fondlarda; “Sanoat” degan uchinchi bobdagi hujjatlar 89, 2, 83, 103, 1977, 2117, 109, 2113, 87, 132, 1867, 1023, 2097, 2105, 2106 va 2038-fondlarda; “Qishloq xo‘jaligi” deb nomlangan to‘rtinchi bobdagi ma’lumotlar 90, 611, 223, 226, 674, 218,756, 473, 301-fondlarda saqlanmoqda; “Savdo, ta’minot va tayyorlov tashkilotlari” deb atalgan beshinchi bobdagi materiallar 91, 274, 320, 701, 141, 272, 1753, 293 va 1943-fondlarda; “Transport va aloqa” bobi 233, 608, 2, 235, 244, 2085 va 5- fondlarda va nihoyat ettinchi – “Loyihalash va qurilish” bobidagi hujjatlar 169, 170, 610, 114, 2061, 2048, 2092 va 1956-fondlarda joy olgan. Beshinchi bo‘lim “Madaniy va maishiy tashkilotlar” deb ataladi va bunga oid hujjatlar ham 4 bobdan iboratdir. Birinchi bob – “Xalq maorifi va fan” bundagi
materiallar 94, 368, 375, 374, 371, 633, 414, 364, 632, 631, 630, 361, 2091, 2082,
743, 394, 396, 412, 1876-fondlarda va “Matbuot” deb nomlangan boblar esa 402,
431, 155, 405, 404, 403, 408, 409-fondlarda saqlanadi. “Sanoat” bobidagi hujjatlar
2087, 2062, 2088, 2089 va 417-fondlarda; “Sog‘liqni saqlash” sohasidagi to‘rtinchi bobga doir hujjatlar 131, 350 va 2096-fondlarda joylashgan.
“Mehnat va ijtimoiy ta’minot tashkilotlari” deb nomlangan oltinchi bo‘limdagi hujjatlar arxivning 97, 328, 96, 419 va 421-fondlarda saqlanadi. Ettinchi
bo‘lim “Kasaba soyuzlar va jamoat tashkilotlari” deb nomlanib, bu uch bobdan
iborat. Birinchi bob – “Kasaba soyuzlar” haqidagi hujjatlar arxivning 735, 805, 20,
747, 792-fondlarda saqlanadi. “Jamoat tashkilotlari” nomli bobdagi hujjatlar 44,
245, 126, 406, 840, 423, 239, 348 va 424-fondlarga kiradi. “Sport tashkilotlarining
hujjatlari” 2043, 2053, 2047-fondlarda joylashgan. Sakkizinchi bo‘lim “Shaxsiy fond” deb nomlangan bo‘lib, bular 1726, 1591- fondlarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |