3. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomilashtirish borasida olib
borilgan ishlar.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ko‘plab
xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari vujudga keldi.
Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning mulki hisoblanadi. Shuning bilan
birga 1999-yil 30-oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O‘zbekiston
Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda «Nodavlat yuridik va
jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta’minlaydilar. Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, o‘qish, mukofotlash va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi mumkin emas», deb uqtirilgan. O‘zR MAF to‘g‘risidagi Nizomga binoan nodavlat yuridik, jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari hujjatlarni butlash, saqlash, foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni ta’mirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan 2008-yil 21-avgustda qabul qilingan “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruktsiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi samarasida qisqa muddatda salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, uchta davlat arxivi o‘rtasida yagona axborot tarmog‘i yaratildi. Arxivlarda server va boshqa jihozlarning o‘rnatilishi barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan
ma’lumotlarning yirik yagona bankini yaratish imkonini berdi. Kelajakda
mamlakatimizning barcha arxivlarini yagona tarmoqqa birlashtirish
mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, foydalanuvchilarga kerakli axborotni izlashda
qulaylik yaratish maqsadida markaziy va poytaxtdagi davlat arxivlarida infokiosklar
o‘rnatilgan bo‘lib, ularga eng qimmatli hujjatlarning kataloglari hamda
mamlakatimiz arxiv ishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari kiritilgan.
Bugungi kunda infokiosklarga 11248 tashkilotning ma’lumot bazalari, Toshkent
shahar arxivlarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar hamda idoraviy
arxivlarda saqlanayotgan 2545 tashkilotning hujjatlari hakida axborot jamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi
194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturiga”
ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi.
2009-2013-yillar mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobiga (byudjet
mablag‘lari) 19 ta yangi arxiv binosi qurildi va 5 ta arxiv binosi rekonstruksiya
qilindi. Natijada arxivlar balansda bo‘lgan binolar 2006-yildagi 21 foizdan 2013-
yilda qariyb 95 foizga chiqishi ta’minlangan. Bu 2,7 mln saqlov birligidagi
hujjatlarni saqlash imkoniyatlarini yaratgan. Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan arxiv muassasalari uchun maxsus “Arxiv ma’lumotlarini rasmiylashtirish” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. Ilgari
qo‘lda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning barchasi endi avtomatik ravishda
bajariladi. Bu esa nafaqat vaqtni tejash hujjatlarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan hatolarning oldini olish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson faoliyatining barcha
sohalariga, shu jumladan, arxiv muassalari ishiga ham kirib keldi. Arxiv va
kutubxonalar faoliyatiga yangi aktlarning joriy etilishi hujjatli axborotdan,
jumladan, masofadan turib foydalanish, arxivlar ma’lumotlarini tahlil qilish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu o‘z navbatida arxivshunoslikning yangi
vositalarini taqdim etadi, hujjatlar va ma’lumotlarni eng zamonaviy elektron
shakllarda chop etish imkonini beradi. Arxivlardagi axborot resurslarining jaxon
kibermakoniga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.
Arxiv ishini yanada rivojlantirish va unga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida mamlakatimizda tegishli
me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 21-martida qabul qilingan
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori arxiv hujjatlarini saqlash, xavfsizligini ta’minlash, ulardan foydalanish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 102 ta davlat arxivi faoliyat yuritmoqda. Milliy arxiv fondida saqlanayotgan hujjatlar hajmi esa 8,4 million saqlash birligiga etdi, ularni saqlash va qo‘llash uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori o‘rinbosari D.Ko‘charova. Davlat arxivlari bilan bir qatorda shahar va
tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan 115 shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik
xisobidagi idoralararo arxivlar, shuningdek, 3 millionga yaqin saqlash birligiga ega
17 nodavlat arxiv ham faoliyat ko‘rsatmoqda. “O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi bo‘yicha 2017- yil soha rivojining eng muhim ustuvor vazifalarini bajarilishiga katta ahamiyat berildi. Bu borada arxiv muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, Milliy arxiv fondining saqlovini ta’minlash va hujjatlarni saqlash usullarini yanada takomillashtirish yuzasidan samarali ishlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |