3 . Tafakkur haqida tushuncha. - 3 . Tafakkur haqida tushuncha.
- Tafakkur – inson aqliy faoliyatinining yuqori shakli, real olamni aks ettirishning umumlashgan va bevosita usuli bo’lib, obektlar orasidagi bog’liqlik, bilish jarayoni, yangi bilimlarni ochish, ijodiy, muammoli masalalarni echishga qaratilgan jarayondir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bilvosita, umumlashgan xolda aks ettiruvchi psixik jarayon bo’lib, u ijtimoiy sababiy ichki bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir.
- Tafakkur - jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.
- Tafakkur jarayonida fikrlash operatsiyalariga: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash va sistemalashtirish kiradi.
Analiz - obyektning u yoki bu tomonlarini, elementlarini, xossalarini, bog’lanishlarini, munosabatlarini ajratib olib, o’rganilayotgan obyektni har xil komponentlarga (tarkibiy qismlarga) bo’lish demakdir. Analizning yordami bilan narsa va hodisalarning xususiyatlarini fikran yoki amaliy tahlil qilinadi. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir. - Analiz - obyektning u yoki bu tomonlarini, elementlarini, xossalarini, bog’lanishlarini, munosabatlarini ajratib olib, o’rganilayotgan obyektni har xil komponentlarga (tarkibiy qismlarga) bo’lish demakdir. Analizning yordami bilan narsa va hodisalarning xususiyatlarini fikran yoki amaliy tahlil qilinadi. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir.
- Sintez - narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun xoliga keltirishdir. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyatdir.
- Analiz va sintez o’zaro bevosita mustaxkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomoni bo’lib, agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun xolda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
- Taqqoslash - predmetlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni fikran bir- biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarni topish. Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |