Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni
takomillashtirish yo’nalishlari
Investitsiya faoliyati har qanday tizimda ham mamlakat iqtisodiyotining
barqaror rivojlanayotganlik darajasini ifoda etadi. Iqtisodiyotni
investitsiyalashga jalb etilayotgan mablag’lar, xususan, chet el
investitsiyalarining salmog’iga qarab ham mamlakatning iqtisodiy qudratiga baho berish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo’lmish sanoat tarmog’ni barqaror rivojlanishini ta’minlash, ulardagi iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan bog’liq muammolarni kompleks hal etish, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish va yanada yuksaltirish maqsadida hukumatimiz tomonidan keng ko’lamli chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakat sanoat korxonalaridagi mavjud ahvolni tubdan o’zgartirish, mulk va xo’jalik yuritish shakllarining teng huquqli sharoitida faoliyat yuritishni ta’minlash orqali tarmoqda islohotlarni jadallashtirishni talab etadi. Bu esa sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish orqali moliyaviy barqarorlikka erishish zarurligini keltirib chiqaradi. Shu sababdan sanoat korxonalarini istiqbolli taraqqiyotini ta’minlash va ularni investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni rivojlantirishning o’ziga xos ahamiyatidan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirish orqali sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish mumkin:
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining rivojlanishini taminlashda
soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini oshirish zarur;
ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalar va kreditlarning sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishda to’g’ridan-to’g’ri ishtirokini taminlash lozim;
sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishini taminlash maqsadida erkin
iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ularni faoliyatini samarali olib borish kerak;
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish uchun sanoati yuksak taraqqiy etgan davlatlar amaliyotini o’rganish va ulardagi ilg’or tajribalarni respublika iqtisodiyotida qo’llash zarur;
mamlakatimiz sanoat korxonalariga ichki va tashki investitsiyalarni jalb etishda mazkur tarmoqning iqtisodiy ahvoli va imkoniyatlari, shuningdek, tarmoqning investitsion jozibadorligi to’g’risida aniq axborot va malumotlar olish imkoniyatini yaratish lozim.
Mahalliy xom-ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, to’qimachilik sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomobil sanoati, neft-gaz tarmog’i, ko’mir sanoati, qurilish materiallari sanoati, paxta tozalash sanoati, kimyo va yog’-moy sanoati, farmatsevtika sohasi hamda boshqa shu kabi soha va tarmoqlardagi korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihozlash jarayonlari kompleks, har tomonlama va izchil tarzda amalga oshirish zarur.
Bunda sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish orqali mamlakatimizdagi xom-ashyo va resurslarga boy manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni taminlaydigan istiqbolli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek: “O’z- o’zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ko’zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so’z yuritish mumkin emas. Bu vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xom-ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo’yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan xam bog’liq, albatta. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”43. Rasmiy statistik malumotlarga ko’ra, 2012-yilda mamlakatimizda yalpi
ichki mahsulotning o’sish surati 8,2 foizni tashkil etdi, 2000- 2012-yillar
mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,2 barobar oshdi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi. 2012-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga barqaror yuqori suratlar bilan o’sdi Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina misolda, yani 2000-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yog’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganida ham yaqqol ko’rish mumkin. Sanoat mahsuloti umumiy o’sishining qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohalar tashkil etdi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), kimyo va neft –kimyo sanoati (9,4 foiz), oziq-ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (11,9 foiz), farmatsevtika va mebelsozlik (18 foiz) 2012- yilda jadal sur`atlar bilan rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |