Mavzu : Qurilish vazirligi
Yangiboyev Mardon IX-80
Reja:
- O`zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi haqida
- O`zbekiston respublikasi qurilish vazirligi
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
— shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalar va yechimlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
— respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;
— shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
— loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;
— shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
— arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish.
Vazirlik hay'ati
1. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, asosiy faoliyat yo‘nalishlariga mutasaddilik qiluvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tarkibida hay’at tashkil etiladi. Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
— Vazirlikning Nizomi bilan belgilangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
— Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarida belgilangan o‘zlariga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rgan holda tizimli asosda tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini eshitishni tashkil etish;
— Vazirlik faoliyati sohasida hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishning borishi natijadorligini har chorakda va tizimli ko‘rib chiqish;
— Joylarda Vazirlik faoliyat sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan ko‘chma majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
— Vazirlik markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
— Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash va Vazirlikning rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
3. Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko’rib chiqish huquqiga ega
4. Hay’at majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshka tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
5. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda huquqiy vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
6. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
7. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
8. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Vazirlik tuzilmasi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 2 apreldagi farmoni bilan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bazasida O‘zbekiston Qurilish vazirligi tashkil etildi.
Farmonda qayd etilishicha, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi sub’ektlarning innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi.
Xususan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligi ta’minlamayapti.
Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
*shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
*respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;
*shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
*loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;
*shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
*arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish.
E`tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |