Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotda qimmatli qog'ozlar bozorining tutgan rolini aniqlash va funktsiyalarini bajarishini tahlilini amalga oshirishdan iborat bo'lib hisoblanadi.
Mazkur maqsadga erishishi uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:
- qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyalarini o'rganish;
- qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi o'rni va roliga tavsif berish;
- qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyasi va roliga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq qilish;
- ta'sir etuvchi omillar sharoitida qimmatli qog'ozlar bozorining milliy iqtisodiyotdagi roli va funktsiyasi taxlilini amalga oshirish;
- qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyasi va rolining istiqbollarini o'rganish;
- O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori funktsiyasi samaradorligini oshirish masalalarini ko'rib o'tish;
- O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori roli samaradorligini oshirish masalalariga baxo berish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Ishda asoslangan takliflar, xulosa va takliflar yaxlit samara keltirishga qaratilgan bo'lib, ularni fond bozori amaliyotida qo'llash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanish, investorlarni jalb etishda ularning risklarini kamaytirish, ularning iqtisodiyotga samaradorligini oshirish, qimmatli qog'ozlar bozorida axborot oshkoraligini ta'minlash, fond bozorida nazorat qiluvchi institular faoliyat yuritishini takomillashtirish shu jumladan, o'zini-o'zi muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar rolini oshirish, xorijiy investorlar uchun sharoitlarni yaratishda barcha tomonlarga inobatga olish, ularni respublika iqtisodiyoti uchun samaradorligini oshirish xisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi, Kirish, asosiy qism 2 bobdan iborat . 1-bobda qimmatbaho qog‘ozlar bozori nazariy asoslari haqida ya‘ni qimmatli qog‘ozlar qiymati tushunchasi , ularni turlar , qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar amalga oshirish hamda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari faoliyatining nazariy va huquqiy asoslari haqida yoritilgan . 2-bobda O‘zbekiston hamda jahon qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlanish tendensiyalari . Bunda qimmatli qog‘ozlar va korparativ oblegatsiyalar bozor , O‘zbekistonda tijorat banklarining korparativ qimmatli qog‘ozlar bozoridagi amalyoti va jahon moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari haqida tanishamiz . Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda tayanch iboralardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |