Mavzu : Qadimgi yunon va rim yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi. Reja



Download 21,97 Kb.
Sana01.04.2021
Hajmi21,97 Kb.
#62456
Bog'liq
1-топшириқ Марказий Осиё йозма


Mavzu : Qadimgi yunon va rim yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi.

Reja :

  1. Qadimgi yunon manbalarida Markaziy Osiyo hududlarining yoritilishi.

  2. Qadimgi rim manbalarida Markaziy Osiyo hududlarining yoritilishi.

  3. Qadimgi yunon va rim yozma manbalari asosida Markaziy Osiyo tarixini o’rganishning o’ziga xos ahamiyati.

  4. Qadimgi yunon va rim yozma manbalarining ilmiy ahamiyati.

Ko’hna tariximizni o’rganishda antik, ya’ni yunon va rim manbalari muhim
va nodir hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, antik mualliflarning birontasi Markaziy Osiyo tarixiga oid alohida, maxsus asar yozmagan. Qolaversa, o’sha zamonda «Markaziy Osiyo» degan jug’rofiy tushunchaning o’zi ham yo’q edi. Ammo, yunon va rim tarixchilari o’zlarining boshqa mavzularga bag’ishlangan asarlarida yo’l-yo’lakay qadimgi Markaziy Osiyoga doir jug’rofiy, tarixiy va etnografik ma’lumotlar yozib qoldirganlar1.
Ellada va Rim mualliflari ma’lumotlarining to’g’rilik darajasi turlichadir. Bu
ma’lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o’tgandan keyin yozilgan manbalardan olingan. Shu sababdan antik davr mualliflari axborotlarida ko’p noaniqliklar, shubhali va munozarali ma’lumotlar mavjud. Ayrim hollarda biron-bir voqea turli variantlarda bayon etiladi. Antik mualliflar asarlarida nomlari tilga olingan ayrim jug’rofiy atamalar - daryolar, tog’lar, shahar va qishloqlarning qayerda shaharlashganligini aniqlash
ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Ularning ayrimlari turli tortishuvlarga sabab
bo’lib, hozirgacha aniqlanmagan. Antik mualliflar asarlarida real voqeliklar ba’zan afsonaviy yoki yarim afsonaviy to’qimalar bilan qorishib ketadi. Ellada va rim tarixchilarining Markaziy Osiyo haqidagi ma’lumotlari uzun-yuluq bo’lib, ko’p hollarda bu ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan. Shu sababdan ular asosida qadimgi zamonlarda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan xalqlar tarixining to’la va yaxlit manzarasini tasavvur qilish amri maholdir. Shunday bo’lsa-da, antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil etish hamda arxeologik va epigrafik manbalarni jalb etish asosida qadimgi tariximizni mumkin qadar teranroq o’rganishimiz kerak.

Qadimgi Ellada va Rim tarixchilarining sharqqa qiziqishi asosan 2 ta voqea
bilan, aniqrog’i, Ellada-fors urushlari va Iskandar Makedonskiyning Ahamoniyla davlatiga qarshi hujumi bilan bog’liqdir1.
O’zbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi
Ellada va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba
bo’lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma’lumotlarni keltiramiz.
Gerodot (mil. avv. 490-480 yillar o’rtasi – 425 y.) – yirik qomusiy olim,
tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shaharidan, 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan2.
Gerodot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon,
Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to mil. avv. 479 - yilgacha bo’lgan
ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuhrat topgan3. Bu asar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Gerodot, Sitseronnning (mil. avv. 106-43) so’zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si hisoblanadi4.
Gerodot garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza
yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi.
Gerodotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar,
issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari
hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uch
ratamiz. Vatanimiz tarixini yoritgan ilk tarixiy asar - bu Gerodotning “Tarix” asaridir. Bu asar yunon - fors urushlari tarixiga bag’ishlangan. Lekin, muallif mazkur urushlargacha bo’lgan davrdagi Ellada, Lidiya, Midiya va Ahamoniylar davlati tarixiga oid batafsil ma’lumotlar keltiradi. “Tarix” keng qamrovli, serqirra va ayni paytda, yaxlit asar ekanligi tufayli uning muallifi Gerodot haqli ravishda “Tarixning otasi” degan faxrli nomga sazovor bo’ldi1.
Gerodot o’z asarini yozishda xilma-xil manbalardan foydalanadi, jumladan,
Eron, Skifiya, Misr va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati chog’ida yiqqan
ma’lumotlarini keltiradi. U Markaziy Osiyoda bo’lmagan edi, lekin Kaspiy
Ortidagi mamlakatlar tarixi bilan qiziqadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Gerodot
Eronda bo’lgan chog’ida Ahamoniylar davlati zodagonlari bilan suhbatlar qurib, Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi ma’lumotlarni yozib olgan. Natijada uning ajdodlarimiz o’tmishi haqidagi ma’lumotlari to’liq bo’lmay qolgan va ayrim hollarda o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Gerodot Eron Shohi Kir II ning massagetlar diyoriga qilgan hujumi, massagetlar malikasi To’maris tomonidan tormor etilishi va halok bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, baqtriyaliklar, xorazmiylar, issedonlar, saklar haqida, ularning turmushi, urfodatlari, harbiy kiyimlari va qurollari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. Gerodot bu xalqlarning ijtimoiy hayotida ayollarning teng huquqligigi va baland maqomi haqida yozadi. Bu ma’lumotlardan kelibchiqib, o’sha davrda Markaziy Osiyo xalqlari hayotida matriarxat sarqitlari saqlanib qolganligini taxmin etish mumkin. Gerodot bu xalqlarda kannibalizm xollari uchrashi haqida ma’lumot beradi, urug’dagi sog’lom va nuroniy qari odamni so’yib, uning go’shtini
hayvonlar go’shti bilan qo’shib pishirishlari va tanovvul qilishlarini qayd etadi.
Gerodot qadimgi ajdodlarimiz chorvachilik, baliq ovi va dehqonchilik bilan
shug’ullanishlarini ta’kidlaydi. Doro I davrida Markaziy Osiyo xalqlari Eronga
tobe bo’lganliklari va forslarga o’lpon to’lab turganliklarini aytib, Gerodot
Behustun yozuvidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

Qadimgi tariximiz haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan tarixchilardan biri
Ktesiy (mil. avv. V-IV asrlar) hisoblanadi. Ktesiy Eron shahanshohi Artakserks II ning shaxsiy tabibi bo’lgan. Afsuski, Ktesiy asarlarining asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning asarlaridan olingan ayrim parchlar keyingi avlod tarixchilarining kitoblarida saqlanib qolgan. Gerodotdan farqli o’laroq, Ktesiy faqat o’zi ko’rgan yoki eshitgan axborotlarnigina emas, balki ba’zi uydirma ma’lumotlarni ham o’z asariga kiritgan. Shu sababdan uning asarlaridan foydalanishda o’ta ehtiyotkorlik zarurdir. Ktesiyning Ossuriya podshosi Ninning Markaziy Osiyoga qilgan harbiy hujumlari haqidagi ma’lumotlari ishonchli emas. Ktesiy o’z asarlarida birinchi marta Zoroastr (Zardusht) nomini tilga oladi. U sehrgar va Baqtriya podshosi bo’lganligi ta’kidlanadi. Zardusht podsho bo’lgan emas, albatta. Lekin uning nomi tilga olinganligi va bu nom Baqtriya bilan bog’langanligi zardushtiylik dini bu mamlakatda, ya’ni Baqtriyada vujudga kelganligi to’g’risidagi taxminlarni quvvatlovchi dalillardan biridir. Ktesiy Baqtriyaliklarning Eron shohi qo’shini tarkibida Ossuriyani tor-mor etishda qatnashganligini ma’lum qiladi

Arrian Flaviy (95-175) – yirik Ellada yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi,
Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar
haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning hujumlari” nomli kitoblar
muallifidir. O’zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning
“Iskandarning hujumlari” nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O’zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik hujumlari tarixi batafsil bayon qilingan. Arrian o’z asarini yaratishda juda ko’p tarixiy manbalardan foydalangan. Jumladan, Iskandarning saroy kundaliklaridan, Iskandar hujumlarining guvohi va ishtirokchisi bo’lgan sarkardalar Ptolemey Lag va Aristobulning esdaliklaridan keng foydalangan. Asar panegrizm - maddohlik ruhida yozilgan – muallif Iskandar
Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. U ko’pgina
qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib, mavzu bo’yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.
Arrian mo’tabar manbalardan foydalanganliga, ularga tanqidiy
yondashganligi asarning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi.

Kvint Kurtsiy Ruf (mil. avv. I asrning oxiri – milodiy I asrning birinchi
yarmi) – mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy hujumlari haqida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar yozib qoldirgan2. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan. Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Rufning asari lotin tilida yozilgan bo’lib, 10 kitobdan iborat, lekin uning dastlabki ikki kitobi bizgacha etib kelmagan. Mutaxassislar Kvint Kurtsiy Rufning manbalarga tanqidiy yondashmasligini, Iskandar hayoti bilan bog’liq voqealarni badiiylashtirganligani ta’kidlaydilar. Kurtsiy ayrim hollarda fantastik syujetlarni to’qibchiqaradi, o’z qahramoni Iskandarning ruhiy holatlarini ochib berishga intiladi. Muallif tasvirlanayotgan voqealarni aniq sanasini keltirmaydi. Shu bilan birga u Iskandarning real siymosini yaratishga harakat qiladi. Kvint Kurtsiy Rufning talqinida Iskandar taqdir erkatoyi, o’ziga bino qo’ygan, bosqinchilik qonida bo’lgan, Shafqatsiz, qasoskor, mard, tanti va bag’rikeng shaxs sifatida gavdalanadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kamchiliklardan qat’iy nazar, Kurtsiyning asari Markaziy Osiyo xalqlarining Iskandar Maqduniy davridagi tarixiga oid boy ma’lumotlar beradi. Asardagi Baqtriya va So’g’diyonaning tabiati va iqlim sharoitlari, Spitamen qo’zg’olonining tafsiloti va boshqa ma’lumotlar diqqatga sazovordir.

Yuqorida nomlari tilga olingan tarixchilardan tashqari boshqa antik davr
mualliflari ham qadimgi ajdodlarimiz hayoti haqida ma’lumotlar yozib
qoldirishgan. Jug’rofiya fanining “otasi” Strabon o’zining 17 kitobdan iborat
“Geografiya” asarida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning tabiiy
sharoitlari, shaharlari, ularga olib boradigan yo’llar, bu yerdagi daryolar, bu
diyorda istiqomat qilgan xalqlar, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va e’tiqodlari to’g’risida e’tiborga loyiq ma’lumotlar keltiradi.
Mazkur asarlarda keltirilgan ma’lumotlar o’z xarakteriga ko’ra xilma-xildir.
Ularning ayrimlari uydirma ma’lumotlarga asoslangan bo’lsa, boshqalari ishonarli manbalarga tayanadi. Shu sababli ulardan foydalangan paytda keltirilgan ma’lumotlarni chuqur tanqidiy tahlil etish zarur.
Download 21,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish